Dala ekinlarini qo'shib ekishning biologik va xo'jalik asoslari

Dala ekinlarini qo'shib ekishning biologik va xo'jalik asoslari

O'quvchilarga / Botanika
Dala ekinlarini qo'shib ekishning biologik va xo'jalik asoslari - rasmi

Material tavsifi

Dala ekinlarini qo'shib ekishning biologik va xo'jalik asoslari. Reja: Ekinning biologik xususiyati suvga va oziqaga bo'lgan talabi. Aralash va qo'shib ekilgan ekinzorlar. Dala ekinlarini qo'shib ekishning biologik asoslari. Inson faoliyati natijasida o'zgartirilmagan tabiiy fitotsenozlar hamisha ko'p turdagi o'simliklardan iborat. Fitotsenozda turlar tarkibining shakllanishida hal qiluvchi omillarni turlar o'rtasidagi raqobat, bir turning boshqa turga bog'liqligi, komplementar turlarning mavjudligi tashkil qiladi. Tabiiy, barqaror o'simliklar jamoasi - bu turlarning «to'yingan» kombinatsiyasi bo'lib, ular bir-biri va muhit bilan ekologik muvozanatda bo'ladi. Raqobat - jamoadagi o'sayotgan o'simliklarning bir-biriga yorug'lik, oziqa moddalar, namlik va boshqa omillar uchun kurashida biri boshqasining o'sishi, rivojlanishiga to'sqinlik qilishidir. SHuning uchun alohida o'sgan o'simlik yaxshi rivojlanadi, mahsuldorligi yuqori bo'ladi. O'simliklar fiziologiyasi bo'yicha avstriyalik olim Gans Molish o'simliklar vegetasiya davomida tuproqqa, havoga alohida kimyoviy moddalar ajratishini va bu moddalarning juda oz miqdori ham qo'shni o'simliklarga salbiy ta'sir qilishiga e'tibor berdi. O'simliklarning bir-biriga bunday biokimyoviy ta'sirini G. Molish allelopatiya deb nomladi (yunoncha «allelo» - o'zaro va «pati» - ta'sir.) O'simlikshunoslikda madaniy o'simliklar jamoasida allelopatiyaning sodir bo'lishi ekinlarni o'stirish texnologiyasini ishlab chiqishda muhim ahamiyatga ega. O'simliklarda allelopatiyaning sodir bo'lishi bir necha yo'nalishlarda kuzatiladi va o'rganiladi. Tuproqning charchash allelopatiyasida o'simliklar ajratgan biologik faol moddalarning boshqa o'simliklarga salbiy ta'siri natijasida hosilning pasayishi kuzatiladi. Turli o'simliklarda bu hol turlicha sodir bo'ladi. Ko'pgina hollarda allelopatiya bir ekin surunkasiga bir maydonga ekilganda kuzatiladi. Bug'doy muttasil bir maydonga ekilganda o'zi ajratgan fenol birikmalardan, ko'p yil beda ekilganda saponinlarning to'planishi natijasida o'simlik o'sishi, rivojlanishi sekinlashishi va hosilni kamaytirishi kuzatiladi. Allelopatik ta'sir o'simlik ajratadigan harakatchan, o'simlikka oson kiradigan kimyoviy birikmalarning hosil bo'lishi natijasda yuzaga keladi. ekinlarda allelopatik faollik ayrim begona o'tlarning rivojlanishiga salbiy ta'sir ko'rsatadi va bu xususiyat ma'lum ma'noda foydali. Boshqa tomondan alleopatik faol o'simliklar yonma-yon ekilganda, bir-biriga salbiy ta'sir ko'rsatadi, ekinzor siyraklashadi. Arpa garmin alkoloidini ajratib begona o'tlarni o'sishini tormozlaydi. SHunday xususiyat javdar, marjumak, nasha o'simliklarida ham kuzatiladi va ular ham begona o'tlarning o'sishini sekinlashtiradi. Tuproq charchashi makkajo'xori, sholi, kartoshka, tamaki, uzumda deyarli kuzatilmaydi. Suv, o'g'itlar bilan yaxshi ta'minlanib, kasalliklar, zararkunandalar, begona o'tlarga qarshi kurash o'z vaqtida o'tkazilsa bu ekinlarni bir maydonda ko'p yil o'stirib yuqori hosil olish mumkin. Qand lavlagi, ko'k no'xat, sebarga, zig'ir, beda, bug'doy bir maydonda ko'p yil o'stirilsa tuproq charchashi kuzatiladi. SHuning uchun almashlab ekishda bu ekinlar 36 yildan keyin shu paykalga qaytarilishi mumkin. Begona o'tlarning allelopatik ta'siri. Begona o'tlarning zarar keltirishi ular tomonidan ajratilgan biologik faol moddalarning madaniy o'simliklarga salbiy ta'siri bilan bog'liq. O'rmalab o'suvchi bug'doyiq, oq sho'ra singari begona o'tlarning makkajo'xoriga allelopatik tajovuzkorligi aniqlangan. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 32.49 KB
Ko'rishlar soni 192 marta
Ko'chirishlar soni 20 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:10 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 32.49 KB
Ko'rishlar soni 192 marta
Ko'chirishlar soni 20 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga