04.05.2017 Daraxtlarni butash tartiblari 28.01.2017 Butash - daraxt va butalarning ortiqcha shox va novdalarini qisman yoki butunlay olib tashlashdan iborat. Butash ko'chatlarga, daraxtlarga shakl berish, shuningdek, daraxtning kasallangan, keksaygan, singan va ortiqcha novdalarini olib tashlash, qarigan daraxtlarni yoshartirish maqsadida o'tkaziladi. Manzarali daraxtlar va butalar yaxshi, chiroyli ko'rinishi uchun butab va shox-shabbasi uchlari qaychilab turiladi. Butash meva daraxtlariga ta'sir ko'rsatishning eng faol agrotexnik usullaridan biri bo'lib, meva daraxtlari hosildorligini uch baravarga oshiradi, mevalarni 20 foizgacha yiriklashtiradi, mevasi rangdor va shirador bo'lib, tami yaxshilanadi, daraxt uzoq muddat yashaydi. Mevali daraxtlarni butashda shoxlarni siyraklatish, qisqartirish va novdalarni chilpish usullari qo'llaniladi. Siyraklatishda birinchi navbatda qurigan, chalkash, kasallangan va zararlangan, nimjon, qalinlashtiruvchi shoxlar kesib tashlanadi. Siyraklatish natijasida yangi meva shoxlari hosil bo'ladi, daraxt issiqlik va yorug'likdan yaxshiroq foydalanadi, uning bo'yiga va eniga o'sishi yaxshilanadi. Novdashoxlarni qisqartirishda uzun novdalarning o'sish kuchiga qarab 12 yoki 13 qismi olib tashlanadi. Daraxtlar ko'chirib o'tqazilayotganda ham shoxnovdalar qisqartiriladi. Meva daraxtlarida o'suv davrida novdalarni chilpish o'sish kuchi va biologik xususiyatiga qarab may-iyun oylarida bajariladi (bunday butash yashil butash deyiladi), natijada novda bo'yiga o'sishdan to'xtaydi, novdada qo'ltiq kurtaklar shakllanadi va yangi novdalar paydo bo'ladi. Daraxtlar, asosan, kuz-qishda va qish-bahorda, manzarali buta, daraxtlar yoz davomida butaladi. Daraxt butashda shox butoq) kesadigan qaychi, bog' pichog'i, tok qaychi, yoysimon arra va bog' dastarrasi kabi maxsus asboblardan foydalaniladi. 11 ...

Joylangan
18 Sep 2023 | 08:40:13
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → pdf
Fayl hajmi
99.24 KB
Ko'rishlar soni
121 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:10
Arxiv ichida: pdf
Joylangan
18 Sep 2023 [ 08:40 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → pdf
Fayl hajmi
99.24 KB
Ko'rishlar soni
121 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:10 ]
Arxiv ichida: pdf