Don dukkakli ekinlarning umumiy biologiyasi

Don dukkakli ekinlarning umumiy biologiyasi

O'quvchilarga / Botanika
Don dukkakli ekinlarning umumiy biologiyasi - rasmi

Material tavsifi

Don dukkakli ekinlarning umumiy biologiyasi. Reja Don-dukkakli ekinlar ahamiyati. Ekinlarning kelib chiqishi. Don-dukkakli o'simliklarning biologiyasi. Dukkakli don ekinlariga ko'k no'xat, no'xat, soya, mosh, loviya, yasmiq, burchoq, hashaki dukkak, vigna, lyupin, vika kiradi. Ularni hammasi dukkaklilar - oilasiga mansub. Biologiyasi, o'stirish texnologiyasi, olingan mahsulot sifati bo'yicha bu ekinlar o'xshash. Dukkakli don ekinlarini etishtirish qishloq xo'jaligidagi uchta asosiy muammoni hal qilishga imkon beradi: 1) Don etishtirishni ko'paytirish; 2) O'simlik oqsili muammosini hal etish; 3) Tuproq unumdorligini oshirish. Bu ekinlar foydalanishiga ko'ra oziq-ovqat (ko'k no'xat, no'xat, mosh, loviya, soya), em-xashak (vika, xashaki no'xat, lyupin, xashaki dukkak va boshq.) universal (yasmiq, burchoq), ko'k o'g'it (alkoloidsiz lyupin) uchun ekiladigan guruhlarga bo'linadi. Ularning donida oqsilning miqdori 25 - 50 % bo'ladi. Sifatli tayyorlangan dukkakli don ekinlarining somonida 8-14 % oqsil bor, don ekinlarinikida esa 3-4 %. Ammo ularning somoni hozirga qadar oziqa sifatida ishlatilmaydi. ma'lumotlarga ko'ra 1 kg hayvon oqsili olish uchun 5-7 kg, ba'zan 8-9 kg o'simlik oqsili sarflanadi. Oziqa moddalarni yo'qolishi ularni tayyorlash davrida 20-30 % tashkil qiladi. Bu oqsil tanqisligini yana kuchaytiradi. Zootexnik me'yorlariga ko'ra bir energetik oziqa birligi (EOB)da 110-115 g hazmlanadigan oqsil bo'lishi kerak. Hozirda chorvachilikda foydalaniladigan bir oziqa birligida 85 g hazmlanadigan oqsil bor. Oziqalardan foydalanishni tahlillarini ko'rsatishicha oziqa birligida oqsil tanqisligi kovush qaytaradigan mollarda oziqa sarfini 1,3-1,5 cho'chqalarda 2 barobar oshirishga olib keladi. Dukkakli don ekinlarining urug'larida oqsil, yog', energiya, oqsil to'la qimmatligini saqlanishi (Posipanov bo'yicha, 1993) AQSH, Kanada, Argentina va boshqa rivojlangan mamlakatlarda oqsil tanqisligi dukkakli don ekinlari, bedani ko'p ekish hisobiga qoplanadi. O'simlik oqsilini ishlab chiqish arzon. Dukkakli don ekinlarining urug'ida oqsil ko'p, arpa va sulining 1 o.b.da hazmlanadigan oqsil 70 va 63 g., ko'k no'xat, vika, soyada 160, 186, 300 g. etadi. SHuning uchun dukkakli don ekinlari ajoyib oziqa va oziq-ovqat ekinlari bo'lishi bilan bir qatorda boshqa oziqalarning ham qimmatini oshiradi. Dukkakli don ekinlarining urug'laridagi oqsil miqdori faqatgina nav genotipiga va o'stirish sharoitiga bog'liq bo'lib qolmasdan simbioz yo'li bilan qavo azotini o'zlashtirish sharoitiga- tuproq agrokimyoviy ko'rsatkichlariga hamda o'simlikni nam bilan ta'minlanganligiga bog'liq bo'ladi. Unumdorligi past, nam bilan kam ta'minlangan tuproqlarda simbioz faolligi past bo'lganligi uchun qosil va undagi oqsil miqdori past bo'ladi. Dukkakli don ekinlarining urug'i va yashil massasida oqsil miqdorini simbioz faolligiga bog'liqligi, % AQM qisobida (Posipanov bo'yicha, 1992) Ularning urug'larida vita'minlardan A, B1, B2, PP, B6, e unib chiqayotgan urug'larda S va ma'danli moddalar, mikroyelementlar ko'p. Almashtirilmaydigan aminokislotalar miqdori bo'yicha dukkakli don ekinlari qo'ng'irboshsimon don ekinlariga nisbatan 1,5-3,0 barobar ustinlik qiladi. Masalan, 1kg soya ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 774.65 KB
Ko'rishlar soni 134 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:10 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 774.65 KB
Ko'rishlar soni 134 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga