Don-dukkakli ekinlar va soyaning etishtirish texnologiyasi Reja: Don-dukkakli o'simliklarni umumiy tavsifi. Soyaning etishtirish texnologiyasi Don-dukkakli o'simliklarni urug'ini tarkibida oqsil moddasi ko'p bo'ladi.(29-41%).Poyasining tarkibida xam donli o'simliklarga nisbatan oqsil moddasi ko'p bo'ladi. Donli o'simliklardan yana farqi shundan iboratki,bu o'simliklarni ildiz sistemasi o'q ildiz bo'lib 1- chuqurlikka ketadi.Ildizida to'ganak bakteriyalar rivojlanib ular sof azotni tuproqqa yig'adi.Bargining tuzilishi bo'yicha bu o'simliklar 3 guruhga bo'linadi.lekin xammasida murakkab barg. 1.Patsimon bargga ega bo'lgan o'simliklar.Bular juft yoki toq patsimon barg bo'ladi.Bular yasmiq,burchoq,.no'xat va boshqalar. 2.Uch bo'lakli bargga ega bo'lgan o'simliklar -soya,loviya. 3.Panjasimon bargli o'simliklar-lyupin. Yer yuzida don-dukkakli o'simliklar 135ml gektar yerga ekiladi.Ko'proq soya, yasmiq, ko'k no'xat,no'xat ekiladi.O'zbekistonni sug'oriladigan erlarida loviya,soya mosh,lalmi erlarda no'xat qadimdan ekib kelinmoqda.Bular takroriy ekin sifatida ko'p ekiladi. Dukkakli ekinlar nam sevar, urug'ini bo'rtishi uchun 100-120% suv sarflaydi. O'suv davrida suvga bo'lgan talabi sxonalash, gullash davrlarida oshadi.Yorug'likga bo'lgan talabi bo'yicha bu ekinlar ikki guruhga bo'linib qisqa va uzun kunli o'simliklarga bo'linadi.Donli ekinlarga nisbatan oziqaga talabchan. Dukkakli-don ekinlarning tashqi muhitga talabiga asoslanib etishtirish texnologiyasi to'g'ri qo'llaniladi. Soyaning etishtirish texnologiyasi Soya o'simligi oziq-ovqat, em-xashak,texnika va agrotexnika ahamiyatiga ega. Soyadan juda ko'p mahsulotlar olinadi, U konditer sanoatida, qandolat ishlab chiqarishda xam ishlatiladi. Soyaning bunday ishlatilishi uning urug'ini tarkibida 30-52% oqsil, 17-27% yog' bo'lishidir. Soyaning vatani janubiy sharqiy Osiyo. Xitoyda eramizdan 4 ming yil oldin malum bo'lgan. Qadimdan soya Hindiston, Yaponiya,. Koreya, Vetnam, va Indoneziyada ekilib kelingan. Yer yuzida uning ekin maydoni 73,55 mln gektarni tashkil qiladi. O'zbekistonni soyaga oxirgi yillari etibori oshdi. Chunki u xam bahorda xam takroriy ekin sifatida ekiladi. U O'zbekistonda 25-30 tsentner gacha hosil beradi. Soya g'o'za, kanop, sholi, makkajo'xori, jo'xori va boshqa ekinlardan keyin va kuzgi donli ekinlardan keyin takroriy ekin sifatida ekiladi. Yer boshqa don-dukkakli ekinlarga o'xshash tayyorlanadi.Soya ekish uchun yer kuzda 22- chuqurlikda xaydaladi. Bahorda borona qilinadi, ekish oldidan kultivatsiya o'tkaziladi, keyin borona yurgiziladi va talab qilinsa mola bosiladi. O'g'itlash me'yori: 10-15 t.organik o'g'it, fosfor, kaliy. Ekishdan oldin 20- azot, ekish bilan birga 10- NPK colinadi va o'suv davrida 30- fosfor ishlatiladi.Soya aprel va iyun oylarida keng qatorlab, qator orasi 60-70 sm qilib ekiladi, bir gektar yerda 350-550 ming dona urug' ekiladi yoki 60-.ga ekiladi. Ekish uchun saralangan, Davlat andozalariga javob beradigan urug' ekiladi.O'zbekiston tuproqlarida soya o'simdigiga moslashgan rizobium bakteriyalari kam uchraydi, shuning uchun soya urug'i ekishdan oldin rizotorfin yoki boshqa turdagi nitragin o'g'iti bilan qoplanadi.O'sish davrida qator oralari 2-3 marta kultivatsiya qilinadi. Begona o'tlarga qarshi ekishdan oldin treflan qo'llaniladi.(1- ga).Maysalanish davrida 1,5- bazagran qo'llaniladi.Soya ekini desikatsiya qilinadi, bunda xlorat ...

Joylangan
18 Sep 2023 | 08:40:13
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
16.36 KB
Ko'rishlar soni
138 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:10
Arxiv ichida: docx
Joylangan
18 Sep 2023 [ 08:40 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
16.36 KB
Ko'rishlar soni
138 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:10 ]
Arxiv ichida: docx