Donli ekinlar Reja. 1. Donli o'simliklarning morfologik belgilari. 2. Donli ekinlarning o'sish va rivojlanish fazalari. 3. G'alla ekinlari donining kimyoviy tarkibi. Donli ekinlar butun Yer sharidagi insonlarning asosiy oziq-ovqat manbayi hisoblanadi. Ulardan non va turli tuman taomlar, qishloq xo'jalik hayvonlari uchun to'yimli yem-xashak tayyorlanadi. Donli ekinlaridan sanoatda ham ko'p foydalaniladi. Ularning donidan piva tayyorlanadi, kraxmal, spirt va boshqa mahsulotlar olinadi. Don va uni qayta ishlashdan oziq-ovqat mahsulotlari olinadi hamda, qog'oz ishlab chiqarish sanoatida va boshqa tarmoqlar uchun xom-ashyo bo'lib xizmat qiladi. Donli ekinlar qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishning asosini tashkil etadi. Ekin maydoni bo'yicha don ekinlari yer yuzida birinchi o'rinda turadi. Dunyo bo'yicha qishloq xo'jaligi ekinlari ekiladigan maydon bir milliard gektar bo'lib, shundan 700 mln. gadan ortiq maydonga don ekinlari ekiladi. O'zbekistonda ham don ekinlarining ekin maydoni kengayib hozirgi kunda sug'oriladigan yerlarda boshoqli ekinlar 1 mln. ga, sholi 137 ming. ga, lalmi yerlarda 300 ming.ga yerga don ekinlari ekilmoqda. Donli ekinlar morfologik va biologik belgilariga qarab 3 ta biologik guruhlarga bo'linadi. 1. Birinchi guruhga haqiqiy don ekinlari-qo'ng'irboshlilar (Roaseaye) oilasiga mansub bo'lgan bahorgi (bug'doy, arpa, javdar, suli va tretikale) va kuzgi (bug'doy, arpa, javdar, suli) don ekinlari kiradi. Bu guruhning asosiy belgilari : -donida uzunasiga ketgan egatcha bo'ladi -bir nechta (3-8) boshlang'ich mo'rtak ildizcha chiqarib unadi -boshig'ining pastki gullari juda kuchli rivojlangan -gul to'plami boshoq yoki ro'vakdan iborat -issiqlikka talabchan emas -uzun kunli o'simliklari -namga o'ta talabchan -dastlabki fazalarida tez rivojlanadi -kuzgi va bahorgi shakllari bor Ikkinchi guruhga-tariqsimon ekinlar kiradi. Roaseaye oilasiga kiradigan ekinlardan makkajo'xori, jo'xori (oq jo'xori), tariq, sholi va Rolygonaceae (marjumakdoshlar) oilasiga mansub marjumak(grechixa) kiradi. Bu guruhning asosiy belgilari: -donida uzunasiga ketgan egatcha bo'lmaydi, -doni bittadan boshlang'ich mo'rtak ildiz chiqaradi -gul to'plami ro'vak yoki so'tadan iborat -boshog'ining yuqorigi gullari yaxshiroq rivojlangan -faqat bahorgi navlari bo'ladi -issiqqa talabchan -qurg'oqchilikka chidamli (sholidan tashqari). -qisqa kun o'simligi -dastlabki fazalarida sekinroq rivojlanadi 3. Uchinchi guruh-dukkakli-don ekinlari. Bu guruh vakillari dukkaklilar (Fabaceae) oilasiga mansubdir. Bularga-loviya, soya, no'xat, ko'k no'xat, yasmiq, burchoq, mosh, soya ekinlari kiradi. Bu ekinlarning hammasi o'q ildizli, bargi murakkab, mevasi dukkak, urug'ida oqsil modda ko'p bo'ladi. Biologik jihatidan dukkakli ekinlar xilma-xil bo'ladi. Donli o'simliklarning morfologik belgilari Donli ekinlar morfologik belgilari jihatidan bir-biriga juda o'xshash bo'lib, bir yillik o'tsimon o'simlik hisoblanadi. Ildiz tizimi. Ildizi popuksimon bo'lib, asosiy qismi yerning haydalma qatlamida joylashib, yerga 100-120 sm va undan ham chuqurroq kirib boradi. Biroq ildizning asosiy qismi yerning haydalma qatlamida joylashgan. Ildiz ikki xil; mo'rtak yoki birlamchi ildizlardan iborat. Mo'rtak ildizi urug' unib chiqish davrida ...

Joylangan
18 Sep 2023 | 08:40:13
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
17.34 KB
Ko'rishlar soni
115 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:10
Arxiv ichida: doc
Joylangan
18 Sep 2023 [ 08:40 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
17.34 KB
Ko'rishlar soni
115 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:10 ]
Arxiv ichida: doc