Donli ekinlarning ahamiyati va don etishtirish holati Reja: 1.Donli ekinlarning ahamiyati. 2.O'zbekistonda va dunyo miqyosida don ishlab chiqarish holati. Donli ekinlar inson uchun eng zarur bo'lgan asosiy oziq-ovqat, un va non mahsulotlarini beradi. Non-inson tarafidan uylab topilgan eng buyuk nematdir. Non-xalqimiz mehnati, ajdodlarimiz mehnati maxsulidir. Dunyoda nondan aziz, nondan bebaho narsaning o'zi yo'q. Non bugunni erta bilan bog'lovchi buyuk bir nematdir. Nonni o'rnini xech narsa bosolmaydi, u har kuni inson uchun zarur. Buyuk rus olimi Ivan Petrovich Pavlov yozganidek Inson hayotidagi hamma ko'rinishlarda bekorga non to'g'risida qayg'urmaydi.(2) Olimning bu gapi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining don etishtirishni rivojlantirish xalq xo'jaligini non mahsuloti bilan ta'minlash to'g'risidagi qarorida isbotlab berildi. Vatanimiz Mustaqilligining birinchi yilidan boshlab donli ekinlarning jumladan bug'doyning ekin maydonlarini ko'paytirish to'g'risida qaror qabo'l qilingan. Bizning davlatimiz hududida bug'doy va boshqa donli ekinlar yaxshi rivojlanishi va yuqori hosil berishga shubxalanmasa ham bo'ladi, chunki dehqonchilik tarixidan malum bo'lishicha bug'doy etishtirish bilan bundan 11 ming yil oldin shug'ullangan. Shuningdek 20ts gacha sig'adigan bir nechta don omborlari, bug'doy doni va arpa, don kirg'ichi va bronzadan tayyorlangan o'roqlar topilgan. Bizning eramizgacha bo'lgan 1 ming yil oldin temir asr davrida-yirik irrigatsiya inshoatlari qurilgan va bug'doy ekin maydonlari kengaytirilgan.(1) 2.Tarixiy sharoitga ko'ra, bu xol o'zgarib boradi. Sovetlar xukum surgan yillarda mehnat ixtisodini taqsimlashda O'zbekiston paxtachilik bilangina shug'ullandi .Mustaqilligimizning birinchi kunlaridan boshlab paxta monopoliyasi to'xtatildi va paxta bilan bir qatorda bug'doy ham etishtirila boshlandi. 1-jadvalda berilgan ma'lumotdan bizning Respublikamizda don etishtirishning kengayganini ko'rish mumkin. O'zbekistonda don etishtirish Qabul qilingan tadbirga ko'ra 1998 yil 3,8 mln t dan ortiq don etishtirib O'zbekiston don mustaqilligiga erishdi, Respublika aholisini oziqlantirish uchun shuning o'zi etarli, lekin bu degani hammasi hal bo'ldi degani emas. Don etishtirishni bundan nari rivojlantirish, shu singari chorvachilikni ham qimmatli em-xashak bilan ta'minlash, yengil sanoatni esa hom-ashyoga bo'lgan talabini qondirish zarur. Bundan tashqari etishtirilayotgan donni sifat ko'rsatkichlari xalqaro standart talablariga javob beradigan bo'lishi uchun harakat qilish kerak. Dunyoda don etishtirish holati FAO 200 yil ma'lumoti bo'yicha(3) Adabiyot: 1.Atabaeva X.,Z.Umarov,X.Bo'riev-O'simlikshunoslik - T. Mehnat, 200, 272b. 2.Baro'kin K-Xleb, kotoro'y mo' edim-M.Izd.politicheskoy literaturo', 1982,s.5-20 3.FAO Bulletin of Statistics Vol. 1№ 2, 200, r. 18-38. ...

Joylangan
18 Sep 2023 | 08:40:13
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
16.38 KB
Ko'rishlar soni
167 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:10
Arxiv ichida: docx
Joylangan
18 Sep 2023 [ 08:40 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
16.38 KB
Ko'rishlar soni
167 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:10 ]
Arxiv ichida: docx