Dorivor o'simliklar ko'chatchiligi bilan tanishish: Ko'chatzorlar haqida umumiy ma'lumot O'zbekiston Respublikasi o'rmon xo'jaliklari tarkibida har yili 40 mln. donaga yaqin ko'chatlar yetishtiriladi. Shundan 17 millioni urug'ko'chatlar va 23 millionga yaqini ko'chatlarni tashkil etadi.Ko'chatzorda o'rmon xo'jaligiga zarur bo'lgan barcha xildagi- ham o'rmon - mevali, ham o'rmon daraxtlariga oid turlari yetishtiriladi. Bular nina bargli - Zarafshon archasi, Qrim qarag'ayi, tilog'och, yaproq bargli - teraklar turkumi, grek yong'og'i, bodom, tollar turkumi, saksovul, tut turkumi, danakli-mevalilar va pistalilar. Mamlakat oldiga kelajakda yanada katta hajmda o'rmonlar barpo etish vazifasi qo'yilgan. Bu esa, o'z navbatida, mustaqil O'zbekiston Respublikasini kelajakda yog'ochga bo'lgan ehtiyojini ta'minlaydi. Bunday ulkan ishlarni bajarish Respublikada o'rmon ko'chatzorlarini tashkillashtirishdan boshlanadi. Buning uchun har tomonlama rivojlantirilgan ekish uchun asosiy manba bo'lgan yirik ko'chatzorlar barpo etish zarur. O'rmon ko'chatzorlari deb daraxtlar va butalarning ko'chatlari yetishtirilayotgan yer maydoniga aytiladi. Mahsulot yetishtirish faoliyatiga qarab ko'chatzorlar o'rmon, manzarali (ko'kalamzorlashtirish) va mevalilarga bo'linadi. Ko'chatzorlarda ko'p hollarda o'rmonzorlar barpo qilish uchun 1-3 yillik urug'ko'chatlari yetishtiriladi. Urug'ko'chatlar deb urug'idan qayta ko'chirib o'tqazmasdan yetishtirilgan yosh daraxt va buta o'simligiga aytiladi. Ko'chat deb qalamchadan yoki ko'chirib o'tqazilgan urug' ko'chatlardan yetishtirilgan yosh daraxt va buta o'simligiga aytiladi.Yetishtirilgan ko'chatlardan sug'oriladigan va lalmikor ekin maydonlari atrofi ni, shuningdek, tog' yonbag'irlari va suv havzalari atrofl arini himoyalash uchun o'rmon barpo etish maqsadida foydalaniladi. Bu ishlar maxsus ishlab chiqilgan loyihalar yoki «O'zbekiston o'rmon xo'jaligini loyihalashtirish» tashkiloti tomonidan tuzilgan namunaviy loyiha asosida bajariladi. Markaziy Osiyoda bulardan tashqari qumli o'rmonlar barpo etish, ya'ni qumlar ko'chishining oldini olish uchun ko'chat mahsuloti beradigan ko'chatzorlar mavjud. Manzarali yoki ko'kalamzorlashtirish uchun barpo etiladigan ko'chatzorlar tabiatga, atrof-muhitga manzara kashf etadigan darajada yaxshi, chiroyli o'sib rivojlangan shox-shabbalari va ildiz tizimi yaxshi shakllangan, shtambli ko'chatlar yetishtirishga mo'ljallangan. Chunki manzarali ko'chatzorda yetishtirilgan ko'chatlardan shahar va qishloqlarni, maktab-bog'chalar, ko'cha-xiyobonlar, oromgohlarni ko'kalamzorlashtirish keng hajmda foydalaniladi. Manzarali daraxtlar ko'chatzorlarining o'ziga xos xususiyati daraxt va butalarning tur va nav bo'yicha xilma-xilligi, ko'chatlarning uzoq muddat davomida yetishtirilishi hisoblanadi. Ko'chatlarning shoxshabbalari, shtambi va ildiz tizimlari yaxshi - chiroyli rivojlanishi uchun ular ko'chatzorda oziqlanish maydoni kengaytirilgan holda bir necha marotaba ko'chirib o'tqaziladi. Mevali ko'chatzorda esa kelajakda mevali bog'u rog'lar barpo etish uchun payvand qilingan ko'chatlar yetishtiriladi. Foydalanish muddatiga ko'ra ko'chatzorlar vaqtinchalik va doimiy bo'lishi mumkin. Vaqtinchalik o'rmon ko'chatzorlari doimiy ko'chatzorlardan olib kelish sharoiti og'irroq bo'lgan tog'li va qumli hududlarda o'rmon barpo etish uchun ajratilgan maydonlarni o'rmonlashtirishda foydalanish uchun tashkil etiladi. Vaqtinchalik o'rmon ko'chatzorlari muddati odatda 5 yil va maydoni 1 ga dan katta bo'lmagan hajmda tashkil etiladi. Bu ko'- chatzorlarda atrofdagi barpo etishga mo'ljallangan o'rmonzor uchunzarur ...

Joylangan
18 Sep 2023 | 08:40:13
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
11.15 KB
Ko'rishlar soni
180 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:10
Arxiv ichida: doc
Joylangan
18 Sep 2023 [ 08:40 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
11.15 KB
Ko'rishlar soni
180 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:10 ]
Arxiv ichida: doc