Dorivor o'simliklar ko'chatlarini ko'chirib o'tkazish usullari

Dorivor o'simliklar ko'chatlarini ko'chirib o'tkazish usullari

O'quvchilarga / Botanika
Dorivor o'simliklar ko'chatlarini ko'chirib o'tkazish usullari - rasmi

Material tavsifi

Dorivor o'simliklar ko'chatlarini ko'chirib o'tkazish usullari Kocha'kalamzorlashtirish maqsadida o'stirilgan ko'chatlarning shohobbalari to'g'ri shakllangan, to'g'ri shtambli va ildiz tizimi yaxshi tarmoqlangan bo'lishi kerak. Bunday daraxt ko'chatlari dalalarda daraxt turi va ko'chatlardan foydalanish maqsadiga bog'liq holda 4-8 va undan ortiq yil, butalar esa 2-3 yil mobaynida parvarishlab o'stiriladi. O'stirish muddati 4 yildan ortiq bo'lgan ko'chatlar ikkinchi dalaga, 8 yildan ortiq bo'lganlari esa uchinchi dalaga ko'chirib o'tqazib parvarishlanadi. Yirik ko'chatzorlarda shtambli daraxt ko'chatlarining birinchi va ikkinchi dalalari va buta ko'chatlari o'stiriladigan dalalar alohidaalohida rejalashtiriladi, almashlab ekish tizimi alohida shakllantiriladi. Daraxt shtambli ko'chatlarining birinchi dalasiga va buta ko'chatlarining dalasiga bahorda bir-ikki yoshli urug'ko'chatlar va ildiz olgan qalamchalar o'tqaziladi. Ikkinchi dalaga esa 4 yoshli ko'chatlar o'tqaziladi. Yengil tarkibli tuproqlarda ko'chatlar faqat kuzda o'tqaziladi. Ignabargli va boshqa issiqsevar daraxt va buta turlari bahorda o'tqazilishi tavsiya etiladi. Kuzda o'tqazilganda ularning ildizini sovuq urushi mumkin. Dalalarga yaxshi rivojlangan urug'ko'chat va ko'chatlar o'tqaziladi. O'tqazishdan oldin urug'ko'chatning ildizi 18-20 sm, ko'chatning ildizi 35-40 sm uzunlikda qoldirilib, ortiqchasi qirqiladi va chirindining suvli eritmasiga botiriladi. O'simliklar dalalarga quyidagi sxema bo'yicha o'tqaziladi:birinchi dalaga 0,4x0,9 yoki 0,4x1,5 m; ikkinchi dalaga 1,5x1,5 yoki 1,75x1,75 m; butalar dalasiga 0,3x0,9 yoki 0,2x0,8 m. Birinchi dalaga ko'chatlar SShN-3 ko'chat o'tqazish mashinasida,ikkinchi dalaga MPS-1 yoki KYaU-100 va KPYaSh-60 mashina mexanizmlari yordamida o'tqaziladi. Ko'chatlar qo'l mehnati yordamida o'tqazilganda chuqurlar 40x40x40 sm kattalikda oldindan tayyorlanadi. Yirik mexanizatsiyalashtirilgan ko'chatzorlarda kombi natsiyalash tirilgan holatda, ya'ni bir dalada turli yoshdagi daraxt ko'chati bilan birga buta ko'chati joylashtirilib o'stiriladi. Bunda daraxt ko'chatlari qatorining oraliq masofasi 2,1-2,8 m, buta ko'chatlarining qator oraliqlaridagi masofa esa 70-70 sm ga teng bo'ladi. Yagona texnologik jarayonda va bir xil almashlab ekish tizimida daraxt va butalarning urug'ko'chatini dalalarga mexanizatsiyalashtirilgan (SShN-3) holatda o'tqazish mumkin. Bu holda qatorlar oraliqlaridagi tuproq kultivator yordamida ishlanadi, daraxt ko'chatlarini VPN-2 plugi va buta ko'chatlarini NVS-1,2 skoba yordamida qazib olish mumkin. Kombinatsiyalashtirilgan texnologik jarayon bir rotatsiya davrida sekin o'suvchi daraxt ko'chatlarini bir, tez o'suvchilarni ikki, butalar ko'chatlarini ikki-uch marotaba takroriy o'stirish imkoniyatini beradi.Daraxt va buta ko'chatlarining miqdoriy nisbati taxminan 1:7 ga teng,bu yashil qurilish talablariga to'laligicha javob beradi.Buta ko'chatlarini takroriy o'stirishda qator oralaridagi tuproq kuzgi shudgor tizimida tayyorlanadi va ko'chat o'tqazish mashinalarida ekiladi. Qator oralaridan buta ko'chatlarini ikki-uch marotaba NVS-1,2 skoba yordamida qazib olish bilan birga daraxt ko'chatlarining yon tomonga o'sayotgan ildizlari qirqiladi, natijada popuk ildiz tizimiga ega bo'lgan ko'chat shakllanadi. Bu usul esa sekin o'suvchi daraxt turlarining ildiz tizimini rivojlantirish uchun birinchi daladan ikkinchi dalaga ko'chirib o'tqazishni talab qilmaydi.Ko'chatlarning qator oralari optimal kengligiga nisbatan qanchalik keng joylashtirilsa, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 12.34 KB
Ko'rishlar soni 105 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:10 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 12.34 KB
Ko'rishlar soni 105 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga