Edafik, biotik va antropogen omillar. O'simliklarning hayot shakillari Reja: Edafik omillar. Orografik omillar. Biotik omillar. Antropogen omillar. O'simliklarnig hayot shakillari. 1. Edafik omillar. Tuproq, tog' jinslari va tuproq ostki qatlamlari edafik omillar deyiladi. Tuproq o'simlikni tutib turuvchi asosiy oziqa manbai hisoblanadi. Tuproqning ximik xususiyati (tuproq reaksiyasi ximiyaviy elementlar va chirindi miqdori) va fizik xususiyati (suv rejimi, issiqlik, havo rejimi maxanik tarkibi, rangi) kabi belgilari bilan xarakterlanadi. Tuproqdagi vodorod ionlarining N va gidroqsil ON ionlarning mavjudligiga qarab tuproq reaksiyasi nordon yoki ishqoriy bo'lishi mumkin. Tuproq tarkibidagi tuzlar miqdoriga qarab ular shurxok va sho'rtob tuproqlarga ajratiladi. Sho'rxok tuproqlarda sho'rlanish tuproq yuzasidan boshlanadi. Ular tarkibida xlorid va oltingugurtli tuzlar qatnashadi. Sho'rtob tuproqlarda sho'rlanish yerning ancha chuqur qatlamidan boshlanadi. Bunday tuproqlarda natriyli va gipsli tuzlar ishtirok etadi. Sho'rxoq joylarga moslashgan o'simliklarga sho'rak, oq sho'ra, itsigek, saksovul, ko'kpek, yulg'un, kermek, sho'rajriq kabilarni misol qilib olish mumkin. Bu o'simliklarni galofit o'simliklar deyiladi. Maxanik tarkibiga ko'ra tuproqlar, loytuproqli, qum tuproqli va tosh tuproqli guruhlarga ajratiladi. Tuproq tarkibida ximiyaviy elementlar ham muhim rol o'ynaydi. Bu elementlar o'simlikni kuydirib aniqlanadi. 1951 yili-Muruntov oltin koni shuvoq va shirach o'simligini bioximik tekshirish asosida topilgan. Sebargada molibden, itqo'noqda rux borligi shu konlarni topilishiga sabab bo'lgan. 2. Orografik omillar. Yer sharining turli hududlarini dengiz satxidan turli balandlikda bo'lishi, bu maydonlarda o'simlikarning turlicha tarqalishiga olib kelgan. Tepalik va tog'likning kaysi tomonga qaraganligi ham muhim rol o'ynaydi. Shunnig uchun tepaliklarning Shimoliy, Janubiy, ~arbiy va Sharqiy qismida turli xildagi o'simlilkar o'sishi mumkin. Zarafshon tog' tizmasi Qashqadaryo va Samarqand viloyatlari orasida to'siq hisoblanadi. 3. Biotik omillar. Biotik omil deyilganda barcha tirik oragnimzmlarning yashash jarayonida o'zaro va bir biriga ta'siri nazarda tutiladi. Biotik omillarni quyidagi guruhlarga bo'lish mumkin. 1. O'simlikning hayvonlarga ta'siri. 2. O'simlikning o'simlikka ta'siri. 3. Hayvonlarning o'simlikka ta'siri. 4. Mikroorganizmlarning o'simlikka ta'siri. 5. Organizmlarning o'zaro bir biriga ta'siri. 4. Antropogen omillar. O'simliklar hayotiga insonlarning ongli va ongsiz bevosita yoki bilvosita ta'sirida ifodalanadi. Antropogen omillar barcha omillar orasida kuchlisi bo'lib, o'simlik qoplamini o'zgarishiga olib keladi. Botqoqlikning quritilishi, bo'z va qo'riq erlarni o'zlashtirilishi, dehqonchilik qilinishi insonlarni o'simlikka ta'sirini ifodasi bo'lib hisoblanadi. Madaniy o'simliklarning har xil navlarini keltirib chiqarilishi va iqlimlashtirilishi insonlar ta'sirini ko'rsatadi. O'simliklarni iqlimlashtirilishi - introduksiya deb ataladi. Madaniy o'simliklar sun'iy introduksiyaga, yovvoyi holda o'suvchi o'simliklar tabiy introduksiyaga duch keladi. 5. O'simliklarning hayotiy shakillari. Uzoq taraqqiyot bosqichi davomida o'simliklarni ekologik omillar ta'siri sharoitga moslashishga majbur qilgan. Daniyalik botanik Rauniker fikricha barcha o'simliklar 5 ta tipga bo'linadi. 1. Fanerofitlar - daraxt va butalardan tashkil topib, qishda bargini to'kadi. ...

Joylangan
18 Sep 2023 | 08:40:13
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
18.12 KB
Ko'rishlar soni
163 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:11
Arxiv ichida: docx
Joylangan
18 Sep 2023 [ 08:40 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
18.12 KB
Ko'rishlar soni
163 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:11 ]
Arxiv ichida: docx