Edafik, orografik, biotik va antropogen omillar. Reja: 1.tuproq omillarining o'simliklarga ta'siri. 2.Orografik (relef) omillarning o'simliklarga ta'siri. 3.Biotik omillar. 4.Antropogen omillar. Tayanch ibora va atamalar: psammofitlar, kseromorf, litofitlar, ekobiomorfa, galofitlar - eugalofitlar, kriogalafitlar, glikofitlar; o'simliklar koplamining balandlik mintaqalari - chul, adir, tog, yaylov, zoogen va fitogen faktorlar. tuproq koplami yerning mustaqil kobigi bo'lib, pedosfera deb nomlanadi. tuproq o'simliklarning hosildorligini ta'minlaydigan muhitdir. Shu sababdan uzoq yillardan buen kupgina olimlar tuproqning o'simliklarda sodir buladigan barcha hayotiy jaraenlarda ishtirok etishni urganib uning qonuniyatlarini aniklaganlar. O.Dekandol, Unger, Turman, Gola kabi olimlar shular jumlasidandir. har xil tuproqlarning mexanik, ximiyaviy tarkiblari, suv va havo rejimi unda usadigan o'simliklarning o'sishi, rivojlanishi va hayotiy shakllarining paydo bo'lishiga ta'sir etadi, bazan esa, xal qiluvchi rol uynaydi. Sochiluvchi kum (barxanlar) muhitida usuvchi o'simliklar psammofitlar deyiladi. Ular kuchuvchi kumlarda bemalol usa olish, kumni mustahkamlash, meva va uruglarining o'ziga xos tarkala olish xususiyatlariga ega. Iloklar (Sarex), celinlar (Aristida), saksovullar (Haloxylon), kandimlar (Calligonum) janubiy chullarimizning psammofitlaridir. Ularning aksariyat kupchiligi kseromorf o'simlikdir. Kuchli ildiz sistemasi, bargsizlik, mayda barglilik, mavsumiy egin suvlaridan maksimal foydalana olish qobiliyati psammofitlarning eng muhim xususiyatlaridandir. Tog enbagirlaridagi maydalangan tosh oqimlari, koyalarning eriklarida va umuman toshli muhitda usuvchi o'simliklar litofitlar deyiladi. Ular kishning sovugi, ezning jazirama issigiga xam chiday oladi. Litofit daraxt va butalar odatda juda sekin usadi. O'zbekiston toglarida usuvchi archalar (juniperus), bazi bodomlar (Amygdalus) kizil mevali olcha (Cerasus erythrcarpa) bazan kizilchalar (Ephedra) kupgina lishayniklar, yashil yusinlar haqiqiy litofitlardir. tuproqning ximiyaviy tarkibi xam o'simliklar hayotiy shakllarining paydo bo'lishida, fitotsenozlar floraviy va ekobiomorf tarkibini belgilaydigan muhim omillardandir. Bu xususda edofogen almashinuvlarni ta'riflaganda batafsi so'z yuritiladi. Mamlakatimizda tuprogi tuzlarga ancha boy, turli darajada turlangan tuproqli yerlar ancha katta maydonlarni egallaydi. Bu xil tuproqlarda shur tuproq muhitida xam bemalol usa oladigan o'simliklar guruhlari - galofitlar ko'p tarkalgan. Galofitlar hujayrasining osmotik bosimi ancha baland bo'lib, tuzli suvni xam bemalol shimib oladigan o'simliklardir. P.A.Genkel galofitlarni 3 guruhga bo'lib o'rganishni taklif etadi. 1.Eugalofitlar - haqiqiy galofitlar hisoblanib, ular o'z tanasida kuplab (10% gacha) tuz tuplay oladi. Korashura (Salicornia herbacea), korabargut (Sueda heterohylla) kabilar bunga misol bula oladilar. 2.Kriogalofitlar - tuz ajratuvchi o'simliklar ularning barglaridagi maxsus ajratuvchi bezlari orqali tuz kristallari ajratiladi. Tuz ajratish ular uchun tanasidagi ortikcha tuzlardan kutilish usulidir. Yulgunlar (Tamarix), kermaklar (Limonium), jayronut (Frankenia hirsuta) lar haqiqiy kriogalofitlardir. 3.Glikofitlar - hujayra shirasining baland osmotik bosimi tuzlarga emas, organik moddalar,ayniqsa uglevodlarga bog'liq bo'lgan o'simliklardir. Ularga misol qilib, shuvoklar (Artemisia), jiydalar (Elaeagnus)ni ko'rsatish mumkin. Bulardan tashqari, tuproqning organik moddalari, tuproqdagi tirik mavjudotlarni xilma-xilligi va miqdori xam yuksak ...

Joylangan
18 Sep 2023 | 08:40:13
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
19.56 KB
Ko'rishlar soni
208 marta
Ko'chirishlar soni
12 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:11
Arxiv ichida: docx
Joylangan
18 Sep 2023 [ 08:40 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
19.56 KB
Ko'rishlar soni
208 marta
Ko'chirishlar soni
12 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:11 ]
Arxiv ichida: docx