Ekinlarning fotosintetik faoliyati. Reja: Ekinzordagi fotosintetik tizim. Fotosintetik faol radiatsiya. Ekinzorlar fotosintetik faoliyatining ko'rsatkichlari Ekinzordagi fotosintetik tizim. Hosil fotosintez jarayonida, yashil o'simliklarning uglerod to'rt oksidi (SO2), suv va ma'danli moddalardan organik moddalarni yaratishi natijasida hosil bo'ladi. Bu jarayonda quyosh nurlarining energiyasi o'simlik biomassasi energiyasiga, ya'ni quyosh kinetik energiyasi potensial energiyaga aylanadi. Bu jarayonning samaradorligi hosil, ekinzorning fotosintezlaydigan tizim sifatidagi faoliyatiga bog'liq. Fitotsenoz yoki agrotsenoz ma'lum maydondagi o'simliklarning majmuasi bo'lib, o'zgarib turadigan, o'z-o'zini boshqaradigan murakkab fotosintetik tizimdir. Bu sistema doimo o'zgarib turadi, turli omillarning ta'sir qilishiga qaramasdan o'z-o'zini boshqarib turadi, ayrim ko'rsatkichlari o'zgarsada gemostaz holatini saqlab turadi. Fotosintez tizimining xususiyatlari bitta alohida olingan o'simlik xususiyatlaridan farq qiladi. Misol uchun, bitta o'simlikning oziqlanish maydoni oshirilsa, u bilan bog'liq holda yoritilganlik ham oshirilsa o'simlikning urug' mahsuldorligi oshadi. Ammo tsenoz uchun hosildorlikni oshirish o'simliklar qalinligini ma'lum darajada oshirish bilan bog'liq. Buning uchun tsenoz va alohida bir o'simlikning mahsuldorligini maksimal oshirish sharoitlari bir-biriga to'g'ri kelmaydi. Hozirda tsenozlar fotosintezini tadqiq qilish uchun xalqaro biologik dastur yaratilgan. O'simliklarda fotosintez jarayonini boshqarish yuqori hosil olish va hosil shakllanishining boshqarish imkoniyatlari nazariyasi bilan chambarchas bog'liq. Fotosintez mahsuldorligini o'rganishga A. N. Nichiporovich, I. S. SHatilov va boshqa olimlar katta hissa qo'shishgan. TSenozlarda hosilning shakllanishini boshqarish juda murakkab bo'lib, o'suv davrida o'simlik o'zgarib turadi va murakkab tizimlar - tuproq mikroorganizmlari, zararkunandalar, kasallik tarqatuvchi zamburug''lar, bakteriyalar, viruslar, begona o'tlar bilan o'zaro ta'sirda bo'ladi. Muhitning juda ko'p omillari - harorat rejimi, yog'ingarchiliklar, yorug'lik va boshqa omillarni amaliy jihatdan nazorat qilish qiyin. Ammo ma'lum tuproq-iqlim mintaqasini tahlil qilib, shu sharoitga moslashgan navlarni tanlab ulardan yuqori va sifatli hosil yetishtirish texnologiyalarini ishlab chiqish mumkin. Juda ko'p omillarni - tuproq unumdorligi, ma'danli oziqlanish, begona o'tlar, kasalliklarning senozga ta'sirini boshqarish mumkin. Hosil shakllanishini o'simliklarning rivojlanishi, fotosintiz faolligini oldindan belgilangan o'lchamlar asosida boshqarish mumkin. Fotosintetik faol radiatsiya. Fotosintez jarayonida quyosh radiatsiyasining energiyasi yashil o'simliklar tomonidan qancha ko'p yutilsa don, tuganak, ildizmeva va boshqa turdagi hosil shuncha ko'p bo'ladi. Fotosintez jarayonida quyosh nurlarining ko'rinadigan qismigina o'simliklar tomonidan yutiladi va ular fotosintetik faol radiatsiya FFR yoki FAR deyiladi. Bu nurlarning to'lqin uzunligi 380 dan 720 nm (nanometr yoki millimikron) bo'ladi. Quyoshdan kelayotgan ultrabinafsha nurlar uzunligi 200 dan 380 nm, infraqizil nurlar uzunligi 720 nm yuqori bo'ladi va ular ko'zga ko'rinmaydi, fotosintezda ishtirok etmaydi. YAshil o'simliklar tomonidan yutiladigan energiya FAR umumiy quyosh radiatsiyasi energiyasining 50 % ini tashkil qiladi. Ultrabinafsha nurlar quyosh yorug'lik energiyasining 1 % ini tashkil qiladi. Infraqizil nurlar umumiy quyosh energiyasining 49 % idan iborat va ular fotosintezning ...

Joylangan
18 Sep 2023 | 08:40:13
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
47.61 KB
Ko'rishlar soni
128 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:11
Arxiv ichida: doc
Joylangan
18 Sep 2023 [ 08:40 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
47.61 KB
Ko'rishlar soni
128 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:11 ]
Arxiv ichida: doc