Ekzoekogenetik va filotsenogenetik almashinuvlar

Ekzoekogenetik va filotsenogenetik almashinuvlar

O'quvchilarga / Botanika
Ekzoekogenetik va filotsenogenetik almashinuvlar - rasmi

Material tavsifi

Ekzoekogenetik va filotsenogenetik almashinuvlar. Reja: 1.Klimatogen, geomorfogen almashinuvlar. 2.Edafogen va zoogen almashinuvlar. 3.Antropogen almashinuvlar. 4.Filotsenogenetik almashinuvlar. 5.Tsenozlarning doimiyligi - klimakslar. Tayanch ibora va atamalar: almashinuvning sabablari - iqlimiy, tuproq, zoogen, o'rta Osiyoning balandlik mintaqalari, nitrofil, gipsofil o'simliklar; filotsenogenez, klimaks, tub va hosil etilgan tsenozlar, subklimaks, disklimaks. Bu xil suktsessiyalar tashqi muhit faktorlarining o'zgarishi tufayli buladigan almashinuvlardir. ta'sir etuvchi faktoriga karab ekzo-ekogenetik almashinuvlarni kuyidagicha guruhlarga bulinadi. a) Klimatogen (iqlimiy) almashinuvlar, b) Geomorfogen almashinuvlar - relef, gidrologik rejimning o'zgarishi tufayli buladigan almashinuvlar, v) Edafogen almashinuvlar - tuproqning stukturasi, tarkibining o'zgarishi tufayli buladigan almashinuvlar, g) Zoogen almashinuvlar - hayvonlar,ayniqsa xasharotlar ta'sirida sodir buladigan almashinuvlar. a) Klimotogen (iqlimiy) almashinuvlar. Bu xil suktsessiyalar Yer sharining malum kismida iqlimning o'zgarishi tufayli yuzaga keladi. iqlimning o'zgarishi esa, fitotsenozlarning almashinuvini ikki yul bilan keltirib chiqarishi mumkin. Birinchidan fitotsenoz flora tarkibining kisman o'zgarishi va qayta tiklanishi yo'li bilan (ayrim turlarning nobud bo'lishi,migratsiya, ayrim turlarning kuprok tarqalishi); ikkinchidan turlarning evolyutsiyasi yo'li bilan (ekotip eki oralik formalarning hosil bo'lishi). iqlimning va uning o'zgarishi tufayli buladigan almashinuvlar asriy, juda sekin va uzoq muddatda sodir bo'lganligidan uni kuzatish juda qiyin. Shuning uchun bu xakda fakat poleobotanika, tarixiy geologiya, tarixiy geografiya ma'lumotlariga asoslanibgina xulosa chiqarish mumkin. Kupchilik xollarda bu xulosalar taxminiy bo'ladi. Masalan, kazilma holda topilgan bazi o'simliklarning koldiklari uchlamchi muzlik davrida shimoliy yarimsharda korakayinlar (Fagus), grablar (Carpinus) emanlar (Quercus), engoklar (jiglans), kashtanlar (castanea) sekvoyya (Sequoia), kabi subtropik iqlim daraxtlari kuplab usganligidan darak beradi. hozirgi vaqtda ularning bazilari fakat Shimoliy Amerikada va Janubiy-sharqiy Osiedagina usadi xolos. Uchlamchi davr oxirida iqlimning yanada sovuklashuvi ularning yanada kambagallashuviga olib kelgan va natijada hozirgi paytgacha saqlangan sovukka chidamli ninabarglilar xukmron bo'lib koldi . b) Geomorfogen almashinuv (suktsessiya)lar. Yer yuzasining (landshaft) o'zgarishi o'simliklar koplamining o'zgarishiga bevosita ta'sir etuvchi faktordir,chunki u joyning gidrologik va boshqa iqlimiy sharoitlarining o'zgarishiga olib keladi. P.D.Yaroshenko fikriga ko'ra bu xil o'zgarishlar-tog massivlarining kutarilishi, yer kobigining to'lqinsimon tebranishi natijasida kelib chikadi va asriy o'zgarishlar hisoblanib yer sharining juda katta maydonlarida sodir bo'ladi. Darelar vodiysida terassalarning kutarilishi va shunga bog'liq holda gidrologik rejimning o'zgarishi natijasida kelib chikadigan almashinuvlar sezilarli darajada,tezrok sodir bo'ladi. Vulkonlarning otilishidagi lava va kul qatlami bosgan maydonlarda,sel yuvib ketgan joylarda yuqotilgan fitotsenozlarning qayta tiklanishi esa, katastrofik almashinuvlardir. Tog massivlarning geologik davrlarda sekin-asta kutarilishi usha regionlarda iqlimning o'zgarishi va qayta differensiallashuviga olib keladi, balandliklar bo'yicha iqlimiy mintaqalar shakllanadi.Xar bir iqlimiy mintaqada o'ziga xos o'simliklar assotsiatsiyalari va o'simliklar koplamining tipi hosil bo'ladi.g'arbiy Kavkazorti regionida tog tizmalarining kutarilishi tufayli polidominant urmonlardan togning pastki va o'rta qismlarida monodominant ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 25.55 KB
Ko'rishlar soni 183 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:11 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 25.55 KB
Ko'rishlar soni 183 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga