Ermon o'simligi

Ermon o'simligi

O'quvchilarga / Botanika
Ermon o'simligi - rasmi

Material tavsifi

Ermon - Polin gorkaya. Ermon (achchiq shuvoq ) O'rta Osiyoda ko'p tarqalgan shifobahsh o'simlik bo'lib, asosan to'qaylarda, ariq bo'ylarida, yo'l yoqalarida, tog' va tepaliklarning yon bag'irlarida hamda begona o't sifatida ekinlar orasida o'sadi. Ermon ko'p yillik, bo'yi 50 - 100 sm gacha etadigan o't o'simlik. Poyasi tik o'suvchi, bir oz qirrali bo'lib, yuqori qismi shoxlangan. Ildiz oldi barglari uzun bandli, uchburchak-yumaloq, ikki-uch marta patsimon ajralgan. O'rta qismidagilari ham patsimon ajralgan, yuqoridagilari esa uch bo'lakli bo'lib, poyada bandi yordamida (yuqoridagilari bandsiz ) ketma - ket joylashgan. Ermonning poya va barglarida tuklar ko'p bo'lgani uchun o'simlik kumush rangda ko'rinadi. Gullari mayda, sariq, savatchaga to'plangan. Savatchalardan tashkil topgan shingillar ro'vaksimon gulto'plamini hosil qiladi. Mevasi - o'tkir uchli, cho'zinchoq, qo'ng'ir rangli pista. May - iyun oylarida gullaydi, mevasi sentyabrda pishadi. O'simlik gullashidan oldin yoki gullaganida faqat ildizoldi barglari yig'iladi, to'liq gullaganida esa poyaning uchidan 25 - 30 sm uzunlikda o'rib olinadi va soya yerda quritiladi. Ermon o'simligining yer ustki qismi tarkibida efir moyi, absintin va anabsintin achchiq glikozidlari, xamazulen, organik kislotalar, vitamin S va K, karotin, oshlovchi va boshqa moddalar bor. Abu Ali ibn Sino ermon o'simligining yer ustki qismidan tayyorlangan qaynatmani ko'z yallig'lanishiga davo qilgan hamda o't, siydik, gijja haydovchi va ayollarda to'xtab qolgan hayzni keltiruvchi dori sifatida qo'llagan. O'simlik shirasini sariq kasalligini davolashda va ishtaha ochuvchi dori sifatida ishlatgan. Ermon o'simligini yanchib, unga atirgul va xina moylaridan qo'shib, jigar va qorin og'rig'ida og'rigan yerga bog'lagan. Xalq meditsinasida ermon o'simligining yer ustki qismidan tayyorlangan damlama jigar, o't pufagi, ichak yarasi, bezgak, bavosil, ovqat hazmining buzilishi, ich ketish kasalliklarini hamda yaralarni davolashda, ishtaha ochuvchi, uxlatuvchi, gijja va el haydovchi, terlatuvchi dori sifatida ishlatiladi. Ermon o'simligi qaynatmasini zarpechak qaynatmasiga aralashtirib, tutqanoq kasalligiga va kamqonlikka davo qilinadi. Ermon o'simligidan damlama tayyorlash uchun og'zi yopiladigan idishga 2 stakan qaynab turgan suv qo'yiladi, ustiga quritilgan va maydalangan o'simlikning yer ustki qismidan bir choy qoshiq solib damlanadi ( qaynatilmaydi ). So'ngra dokada so'zib, kuniga 3 mahal ovqatdan yarim soat oldin chorak stakandan ichiladi. Ilmiy meditsinada ermon o'simligining dorivor preparatlari (damlama, nastoyka, ekstrakt) ovqat hazm qilishni yaxshilovchi, ishtaha ochuvchi dori sifatida ishlatiladi. Ermon o'simligidan ajratib olingan xamazulen moddasi bronxial astma, bod, rentgen nuri ta'sirida kuygan erlarni davolashda qo'llanadi. Ermonning yer ustki qismi ishtaha ochuvchi yig'malar - choylar, me'da kasalliklarida ishlatiladigan tabletkalar va achchiq nastoykalar tarkibiga kiradi. Yalpiz - Myata. Xalq meditsinasida yalpizning qo'yidagi turlari ishlatiladi: Yalpiz - Myata aziatskaya; Suvyalpiz - Myata polevaya; Yalpiz turlari O'zbekistonning deyarli hamma oblastlaridagi nam ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 20.41 KB
Ko'rishlar soni 127 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:11 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 20.41 KB
Ko'rishlar soni 127 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga