Fitotsenozlarda o'simliklar orasidagi o'zaro munosabatlar

Fitotsenozlarda o'simliklar orasidagi o'zaro munosabatlar

O'quvchilarga / Botanika
Fitotsenozlarda o'simliklar orasidagi o'zaro munosabatlar - rasmi

Material tavsifi

Fitotsenozlarda o'simliklar orasidagi o'zaro munosabatlar. Reja : 1.Fitotsenoz uzoq evolyutsiya natijasida shakllangan uyushma ekanligi. 2.Fitotsenoz komponentlari orasidagi o'zaro ta'sir xillari. 3.Kontakt (bevosita) o'zaro ta'sirlar. Tayanch ibora va atamalar: rakobatlik, simbiozlik, tekinxurlik, vegetativ a'zolarning kushilib o'sishi, mutualizm, epifitlik, lianalar xolida o'sish. Fitotsenoz strukturasining o'ziga xosligi, murakkabligi, fitotsenoz komponentlari orasidagi va fitotsenoz bilan muhit orasidagi o'zaro munosabatlarning natijasidir. Shu sababdan ushbu ta'sirot xillari va ularning qonuniyatlarini o'rganish muhim ahamiyatga egadir. Turlar, tur individlari fitotsenozda o'zaro uzluksiz, doimo, butun hayoti davomida: eki hayotining malum bosqichida vaqtinchalik o'zaro munosabatda bo'lishlari mumkin. Buning uchun turlar va ularning individlari bevosita o'zaro kontaktda bo'lishlari eki malum masofada joylashib xam ta'sir etishlari mumkin. Xar bir o'zaro ta'sir natijasi turlar uchun o'zaro foydali, fakat bir tur uchun foydali, aksincha ikkinchi tur uchun zararli bo'lishi mumkin . Bu xil o'zaro ta'sirlarning eng xarakterlisi simbiozlikdir. Bu holda ikki turga mansub individlar birgalashib yashydi. Agar bu xil birlashib yashashlikdan ikkala tur xam foyda kuradigan bulsa, bunday hodisani mutualizm deyiladi. Lishayniklar, mikoriza hosil qiluvchi organizmlar, dukkaklilarning ildizida azot tuplovchi bakteriyalarning yashash xollari tipik mutualizmdir. Simbioz yashashlikdan turlarning bittasigina foydalanadigan bulsa, bunday hodisaga kommensalizm deyiladi. Tabiatda bu xil hodisalarga daraxtlar pustlogi va barglarida epishib usadigan suvutlar, yuksak o'simliklardan epifit yusinlar va orxideyalarni ko'rsatish mumkin. Bu holda daraxtlar xech qanday zarar xam, foyda xam kurmaydilar. Ikkala tur xam muhit bilan aloqasini o'zi ta'minlaydi va boshqaradi. Ikki tur orasidagi biri ikkinchi-xujayin tur hisobiga oziklanib yashash hodisasini parazatizm (tekinxurlik) deyiladi. Xujayin tur bu holda kuchsizlanishi, xatto nobud bo'lishi xam mumkin. Shumgiya (Orobanche aegyptiaca), zarpechaklar (Cuscuta) haqiqiy tekinxur o'simliklardir. Tekinxur turning tashqi muhit bilan aloqasini xujayin tur boshqaradi (Sh.D.Moshkovskiy, 1946 y). Akademik V.N.Sukachevning klassifikatsiyasiga ko'ra (1956) fitotsenozni tashkil etgan turlar orasidagi o'zaro ta'sirlarni 3 guruhga birlashtirish mumkin. 1. Kontakt o'zaro ta'sirlar (koaksiyalar) 2. Transabiotik o'zaro ta'sirlar (koaksiyalar) 3. Transbiotik o'zaro ta'sirlar (koaksiyalar) Xar bir guruh ta'sirlarning strukturasi 1 sxemada keltirilgan. 1-sxema 1.KONTAKT KOAKSIYALAR Organizmlar kushilib usmagan holda Organizmlar o'zaro kushilib o'sishi yo'li bilan 2. TRANSABIOTIK KOAKSIYALAR o'zaro yaqinlashuv oqibatida (shamol kuchining susayishi, soyasolishi, suv rejimining o'zgarishi Yuksak o'simliklar hayot faoliyatining oqibatlari Kolinlari (ajratmalari) orqali hayotiy ashelar uchun rakobat natijasida o'simliklarning ulik koldiklari orqali 3. TRANSBIOTIK KOAKSIYALAR Mikroorganizmlar orqali Yirik hayvonlar orqali Bevosita (kontakt)- o'zaro aloqalar. Bevosita o'zaro munosabatlar deganda fitotsenozni tashkil etuvchi bazi tur individlari orasidagi bevosita (kontakt) o'zaro munosabatlar tushuniladi. Bu munosabatlar yuqorida aytilganidek ularning o'zaro kushilishi natijasida eki kushilmasdan xam bo'lishi mumkin. Tabiatda bir tur individlar eki bir turkumga mansub 2 tur individlari ildiz sistemalarining kushilib ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 20.23 KB
Ko'rishlar soni 188 marta
Ko'chirishlar soni 15 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:11 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 20.23 KB
Ko'rishlar soni 188 marta
Ko'chirishlar soni 15 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga