Fitotsenozlarning klassifikatsiyasi. Reja: 1.Fitotsenozlarni sistemaga solishning zarurligi va ahamiyati. 2.Assotsiatsiya o'simliklar koplamining eng asosiy sistematik birligidir. 3.Formatsiya, o'simlik koplamining tipiva o'simlik koplami haqida tushuncha. 4.Assotsiatsiya va formatsiyalarning nomlash qoidalari. Tayanch ibora va atamalar: assotsiatsiya, formatsiya, assotsiatsiyalar kompleksi, dominant, subdominant, edifikator, subedifikator. o'simliklar koplamini (uyushmalar majmuasini) o'rganish yagona xammabop klassifikatsiyani ishlab chiqishni takozo etdi. Dastlab o'simliklar koplamining fizionomik tiplari - xillari formatsiyalar deb nomlangandi (Martlus, 1824). Keyinchalik Grizebax (188) Umumiy fizionomik ko'rinishga bo'lgan o'simlik guruhlari - formatsiya deb aytiladi degan ta'rifni berdi (urmon,dasht,chul). ammo fizio-nomiyasigagina asoslanib o'simliklar koplamini sistemaga solish noto'g'ri bulardi. Shu sababdan 1910 yilda Tsyurixda o'tkazilgan Butundune botaniklar kongressida Flao va Shreterlarning taklifiga ko'ra o'simliklar koplamining asosiy sistematik birligini assotsiatsiya deb atash kabul kilindi. Assotsiatsiya - o'ziga xos yashash (o'sish) sharoiti va fizionomiyaga ega bo'lgan, muayyan floristik tarkibdagi o'simlik uyushmalaridir. Anikrogi assotsiatsiya o'xshash fitotsenozlar uyushmasidir. Malum manoda xar bir fitotsenoz o'z assotsiatsiyasining muayyan (konkret) vakilidir. Turni tashkil etuvchi individlar o'zaro kisman farq kilganidek assotsiatsiyani tashkil etuvchi fitotsenozlar xam kisman o'zaro farq kiladilar. Demak tabiatda konkret fitotsenozlar hamda ular birlashadigan assotsiatsiyalar mavjuddir. Birinchi navbatda bir assotsiatsiyaga floristik tarkibi va tuzilishi o'xshash bo'lgan fitotsenozlarni birlashtiriladi. Bunda asosan xar bir fitotsenozning xar bir yarusi va sinuziyasidagi dominant va subdominant turlari o'xshash bo'lishi talab etiladi. Mikrorelefi va tuproq sharoiti turlicha bo'lgan katta maydonlarda,shunga mos ravishda bir necha assotsiatsiyalar navbatlashib joylashsa,bunday tabiiy hodisaga assotsiatsiyalar kompleksi deyiladi. Masalan: 1)Kaspiy buyi past tekisligida dasht, chalachul, shurxok o'simliklar assotsiatsiyalari navbatlashib joylashgan; 2) Kizilkumning pastak koldik toglar mavjud bo'lgan rayonlarida - balandliklarida tog o'simliklari assotsiatsiyalari, oralik tekisliklarida esa, chul o'simliklaridan tarkib topgan assotsiatsiyalarni uchratish mumkin; 3)kum barxanlari va ularga yaqin botik joylardagi shurxok yer o'simliklari assotsiatsiyalarini ko'rish mumkin va xokazo. Edifikator turlari bir xil, ammo subedifikatorlari har xil bo'lgan assotsiatsiyalarga subassotsiatsiyalar deyiladi. Assotsiatsiya arealining turli maydonlaridagi ekotopning turlicha bo'lishi subas-sotsiatsiyalarning kelib chiqishiga sabab bo'ladi. Subassotsiatsiyalar assotsiatsiyalarning ekologik variantidir. Shved fitotsenologi Dyu Rie sotsiatsiya tushunchasini fanga kiritdi. U assotsiatsiyadan farq qilib, uziga birlashadigan fitotsenozlarning o'xshashligi ancha tor manoda olinadi. Botanika va zoologiyada turni kush nom bilan atalganidek assotsiatsiya xam kupchilik xollarda kush nom bilan ataladi. Bunda birinchi so'z birinchi yarusning dominant turi, ikkinchi so'z esa, subdominantning nomidir. Masalan: Pinetum cladinosum - kladoniyali karagayzor, Piceetum hylocominoso - murtillosum- chernikali - yusinli archazor; ilokli shuvokzor- Artemiseta carecosum va xokazo. boshqacha qilib assotsiatsiya nomini xar yarusdagi dominant va subdominantlar nomlarini ezish bilan xam ifodalash mumkin. Masalan: 1)Efemerli korashuvokzor - Artemisia scotina+Vromus masrostachys- Heteranthelum piliferum+Aegilops triun cialis; 2)Gultemiya - rangli korashuvokzor - Artemisia ...

Joylangan
18 Sep 2023 | 08:40:13
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
20.01 KB
Ko'rishlar soni
152 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:11
Arxiv ichida: docx
Joylangan
18 Sep 2023 [ 08:40 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
20.01 KB
Ko'rishlar soni
152 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:11 ]
Arxiv ichida: docx