Fitotsenozlarning morfologik strukturasi. Reja: 1.Fitotsenozda o'simliklarning vertikal taksimlanishi-yaruslilik. 2.Sinuziyalar, hayot sferasi. 3.Fitotsenozlarning gorizontal tuzilishi - joylashuv va uning xillari. 4.Mozaikalik, komplekslilik. Tayanch ibora va atamalar: yarus, ekologik tokcha, sinuziyalar, hayot sferasi, mozoikalik va komplekslilik, aspekt, edifikator, dominant. Yaruslik. Fitotsenozdagi turlarning erusti va erosti qismlari fazoda va tuproqda kavatlar (yarus)hosil qilib joylashadi. Bu xar bir turning biologik xususiyatlari,ayni sharoit muhit imkoniyatlaridan tulik foydalanishining ko'rsatkichi hisoblanadi. Xar bir Yarus bitta ekologik tokcha (kavat) hisoblanadi. Urmon fitotsenozlarida yaruslik ancha ko'p - 6-7ta yarus bo'ladi: baland daraxtlar, pastbuyli daraxlar, butalar, butachalar va baland buyli utlar (bagulnik, golubika, veresk, geran, akonit); pastbuyli butalar va mayda utlar (vodyanika, klyukva, kislichka, maynik,); yusinlar va lishayniklar Utloklarda 4-5 yarus baland buyli utlar, past buyli utlar, etib va sudralib usuvchi utlar, yusinlar va tuban o'simliklar. Chul (saxroda) -butalar (saksovul,juzgun,kum akatsiyasi) shuvoklar va yantok, bir yillik utlar tuban o'simliklar Biologik nuqtai-nazardan karaganda xar bir yarusning shakllanishi xuddi fitotsenozning shakllanishidek bo'lib utadi, usha sharoitlarning ta'sirida yuzaga keladi va malum bosqichlarni bosib utadi. Yarus fitotsenozning bir-biridan morfolgik, floristik jihatdan xam farqlanadigan vertikal strukturaviy kismidir. Fitotsenozning bir yarusida bir necha turlar bo'lishi mumkin. Bir yarusdagi turlar individlari orasidagi buladigan konkurensiya ancha kuchlirok chunki ular bir ekologik tokcha (qatlam) dagi asheviy imkoniyatlardan foydalanib yashaydigan o'simliklardir. Ular boshqa yarusdagi turlar bilan kamrok rakobatda bo'lishadi. Fitotsenozning fazoda chegaralangan alohidaa ekologik tokchani egallagan va bir-biridan morfologik, floristik, ekologik va fitotsenotik jihatdan farqlanadigan strukturaviy qismlariga Sinuziyalar deyiladi. Demak, yarusga fitotsenotik jihatdan karalsa, uni sinuziya deb atash mumkin. Bazan bir necha sinuziyalar bitta yarusni tashkil etishi xam mumkin. Sinuziya atamasini va tushunchasini avstriyalik botanik Gams birinchi bo'lib fanga kiritgan. U sinuziyalar uch xilda bo'lishini kursatgan. 1.Birinchi navbatli sinuziya-bir tur individlaridan tashkil topgan bo'ladi. M: Shurxoklarda usuvchi kora shura (Salicornia herbacea) karagayzor urmondagi Shreber yusinidan iborat eng pastki yarus. 2.Ikkinchi navbat sinuziya - sinuziya bir hayotiy shaklga mansub bir necha turlarning individlaridan iborat. M: bir necha tur butasimon lishayniklardan (Cladonia) iborat yarus. 3.Uchinchi navbat sinuziya - turli hayotiy shakllarga mansub bir necha tur individlaridan tashkil etilgan yarus. M: butachalar, chala butalar, ko'p yillik va bir yillik utlardan iborat yarus. Pastki adirlarda usadigan kuzikulok, shuvok, poychakirkarlardan iborat uyushmalarni misol etib ko'rsatish mumkin. Fitotsenozning erosti qismlari xam malum yaruslar hosil qilib joylashadi. Ildiz kirib borgan chuqurlikdan erusti qismlari kutarilgan balandlikkacha va kushni fitotsenozlar bilan chegaralangan makon fitotsenozning hayotiy sferasi deyiladi. Xar bir yarus (sinuziyani)ni tashkil etgan turlar erustki va yer osti qismlarini B.A. Bikov bosqich (stupen) deb atashni taklif etdi. Fitotsenozdagi xar ...

Joylangan
18 Sep 2023 | 08:40:13
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
18.95 KB
Ko'rishlar soni
132 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:11
Arxiv ichida: docx
Joylangan
18 Sep 2023 [ 08:40 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
18.95 KB
Ko'rishlar soni
132 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:11 ]
Arxiv ichida: docx