Fitotsenozlarning shakllanishi

Fitotsenozlarning shakllanishi

O'quvchilarga / Botanika
Fitotsenozlarning shakllanishi - rasmi

Material tavsifi

Fitotsenozlarning shakllanishi. Reja: 1.Ekotop haqida tushuncha, birlamchi va ikkilamchi ekotop. 2.Ekotopda o'simliklar guruhlari urnashuvining ketma-ketligi va mabalari. 3.Ekotopning biotopga, ekotop tanlanishning bitopik tanlanishga aylanishi. 4.Fitotsenozlar shakllanishining bosqichlari va sabablari. Tayanch ibora va atamalar: ekotop, birlamchi ekotop, ikkilamchi ekotop, hayotning asta-sekin yer yuzida yoyilishi, ekotopik tanlanish, biotopik tanlanish; migratsiya, etsezis, aggregatsiya, invaziya; ochiq fitotsenoz, yopiq fitotsenoz. Yer yuzida ekotopda o'simliklarning paydo bo'lishi va kupvyishi ular individlarining yaqinlashuviga, o'zaro ta'sirning kelib chiqishiga, maydon va ozik moddalar uchun kurashning paydo bo'lishiga olib kelgan. Turli maydonlardagi ekologik omillar majmuasining turli xilda bo'lishi shu maydonlarda turli xil o'simliklar majmuasi -uyushmalarining paydo bo'lishiga olib kelgan. Bu jaraenning tarixda qanday utganligini hozirgi vaqtda xam ilgari o'simlik usmagan maydonlarda o'simlik koplamining shakllanishi misolida kuzatish mumkin. Ekilmay kolgan shudgor, muzlikdan ochilgan maydon, ko'rib kolgan kulning tubida usimlilarning o'sishi va boshqalar shunga misol bula oladi. Yer maydonining malum kismidagi nisbatan bir xil abiotik, ekologik omillar majmuasiga ekotop deb aytiladi. o'simlik va hayvonlardan xole bo'lgan ekotop o'zi joylashgan iqlimga, substratning fizikaviy va ximiyaviy xususiyatlariga bog'liq bo'lgan muhitga bog'liq.o'simlik usmagan ekotop birlamchi va ikkilamchi bo'lishi mumkin. Birlamchi ekotop deganda Yer shari tarixida umuman o'simlik usmagan maydonlar tushuniladi. Muzliklarning erishi natijasida ochilgan joylar, sovib kotgan lava oqimlari, vulkon otilgandan tuplangan kul qatlamlari, tog en bagridagi tosh oqimlari, ochilgan dare uzani va boshqalar bunga misol bula oladi. Bu xil maydonlarda o'simlik koplamining shakllanishida. Yer yuzida dastlabki kuruklik o'simliklar koplamining paydo bo'lishidagidek jaroenlar sodir bo'ladi. Ikkilamchi ekotop mavjud o'simliklar koplamining biror sababga ko'ra yuqolishi natijasida paydo bo'ladi. Yenib ketgan urmon, ekilmay kolgan shudgor va boshqalar bunga misol bula oladi. Bunday ekotopda avvalgi mavjud o'simliklarning ildizlari, uruglari, mikroorganizmlar mavjud bo'ladi va shular hisobiga etarli sharoit mavjud bo'lganda dastlabki o'simlik koplami qayta tiklana oladi. Birlamchi ekotopda fitotsenozning shakllanishi uchun o'simlik boshlangichlari - spora, urug, ildiz bo'laklari albatta chetdan kelib tushishi shart. Ekotop asta - sekinlik bilan muhit sharoiti etarli bulsa albatta o'simlik bilan band bo'lishi shart. Abadiy muzlik va kor koplami bo'lgan joylarda, doimo otilib turadigan vulkonlar atrofidagina bu jaraen sodir bulmaydi. o'simliklar doimo kupayishi va Yer yuzining yangidan - yangi qismlarini band etishini V.I.Vernadskiy hayotning Yer yuzida eyilishi deb ta'riflagan. Birlamchi ekotopda o'simliklarning usa boshlashi, maydonda ayrim turlar yakka-yakka individlarining paydo bo'lishidan boshlanadi. Birinchi bo'lib kaysi turlarning kelib urnasha boshlashi bir kancha sabablarga bog'liq. Bulardan joydagi abiotik faktorlar kompleksining xarakteri, endosh maydonlarning flora tarkibi va floralarning tarkibi eng muhimlaridir. Uchinchi shart geologik tarix, begona utlarning mavjudligi, introduksiyalangan o'simliklarning mavjudligini o'z ichiga oladi. Koya toshlarda o'simliklar koplamining ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 21.3 KB
Ko'rishlar soni 107 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:11 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 21.3 KB
Ko'rishlar soni 107 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga