Fitotsenozlarning tarkibiy konstitutsion strukturasi

Fitotsenozlarning tarkibiy konstitutsion strukturasi

O'quvchilarga / Botanika
Fitotsenozlarning tarkibiy konstitutsion strukturasi - rasmi

Material tavsifi

Fitotsenozlarning tarkibiy konstitutsion strukturasi. Reja: 1.Floraviy tarkib va floraviy to'yinganlik. 2.Umumiy floraviy tarkibni aniqlash usullari. 3.Floraviy tarkib va to'yinganlikni belgilaydigan omillar. Tayanch ibora va atamalar: floraviy tarkib, floraviy to'yinganlik, aglomeratsiya, murakkab fitotsenoz, Drude shkalasi, minimal aniqlash maydoni. Fitotsenozlarning tuzilishini o'rganishda kuyidagicha belgilari hisobga olinadi: 1) Fitotsenozning floraviy tarkibi, 2) Fitotsenozni tashkil etuvchi turlar soni, ularning umumiy massasi, turlar orasidagi miqdoriy nisbatlar, 3) xar bir tur individlarining holati (ahvoli), 4) fitotsenozda turlarning taksimlanishi va shu asosda strukturaviy kismlarga bo'linish i Xar bir fitotsenozning komponentlari makonda vertikal taksimlanish (yaruslilik) va gorizontal taksimlanish (urnashish, joylashish) xususiyatiga ega. Fitotsenozni tuzishda katnashgan o'simlik turlarining soniga karab floraviy oddiy va floraviy murakkab fitotsenozlar farq kilinadi. Oddiy fitotsenoz bitta eki ikkita, murakkabi esa, ikki va undan ortik turlardan tashkil topadi. A.A. Grossgeym (1929) oddiy fitotsenozlarni aggregatsiya, bir nechta ammo bir xil ekologik guruhga mansub turlardan iborat fitotsenozni esa agglomeratsiya deb atashni taklif etdi. Bir turdan iborat fitotsenoz tabiatda juda kam, deyarli yuk, madaniy o'simliklardagina (mikroorganizmlarni hisobga olinmasa) 1 turdan iborat oddiy agrotsenoz bula olishi mumkin. Guza dalasi, bugdoyzor,sholipoya Murakkab fitotsenozlar esa, juda ko'p. Klassik misol sifatida nam tropik urmonlarni ko'rsatish mumkin. Kongo xavzasi tropik urmonlarining 100 m2 maydonida 100 turdan ortik daraxt, buta va utlarning borligi topilgan (epifit lianalarni hisobga olmaganda). Kora tuproqli dashtda 100 m2 da 120 turgacha yuksak o'simliklar topilgan. Moskva atrofidagi 0,5 ga urmonda 145 tur yuksak o'simliklarning usaetganligi aniqlangan. Chul mintaqasida, bahorda 25-30 tur, ez va kuzda esa, atigi 5-6 turning usib turganligini ko'rish mumkin. Demak, fitotsenozning turlar bilan to'yinganlik darajasi ayrim olingan mintaqaga xos tuproq va iqlim sharoitiga mos keladi. hozirgi ma'lumotlarga ko'ra fitotsenozning floraviy tarkibi va to'yinganligi asosan quyidagi faktorlar (omillar)ga bog'liq ekanligi aniqlangan. 1.Joy (ekotop)ning geologik va madaniy tarixiga, umumiy fiziko - geografik holatiga bog'liq. Kizilkum, Korakum chullari fitotsenozlarining floraviy tarkibi va to'yinganligi, adir poyasinikidan kamrok, urmon fitotsenozlari, tundranikidan ancha boy. Arktikada esa, yuksak o'simliklar juda kam. 2.tuproq faktorlariga bog'liq. Chul poyasining shurlangan erlarida fakat shurxok yer o'simliklari-shurajrik, kuenjun, korabargut va boshqalar; nitratli birikmalarga boy tuproqlarda bugdoyik, kichitkon kabi turlar usadi. Daryo buyidagi davriy ravishda vaqtinchalik suv bosadigan va loyka tuplanadigan erlarda yaltirbosh (Bromus inermis), oksuxta (Calamarostis), dala kirkbugini (Equisetun arvense) kabi turlar kuprok usadi. Shunday qilib juda kulay eki o'ta nokulay sharoit ta'sirida shakllangan fitotsenozlar turlar tarkibi va floraviy to'yinganligiga ko'ra keskin farq kiladilar. 3. Mavsumlar bo'yicha ekologik rejimning keskin uzgaruvchanligi. Chul, adirlarda erta bahorda rang-kungirboshli fitotsenozlarda rang, kungirbosh, goz piezi, boychechak kabi turlarni, ezda esa; ularning fenologik bosqichlari utib ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 19 KB
Ko'rishlar soni 95 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:11 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 19 KB
Ko'rishlar soni 95 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga