Fitotsenozning tsenopopulyatsiyalar tarkibi va tiplari. Reja: 1.Tsenopopulyatsi haqida tushuncha, uning tarkibi va tiplari. 2.Ekobiomorf tarkib- hayotiy shakllar tarkibi, uning ekologiya muhitga bog'liqligi. 3.Tsenoz komponentlari orasidagi miqdoriy nisbatlar. Tayanch ibora va atamalar: populyatsiya, tsenopopulyatsiya, fenologik holat, hayotchanlik; invazion, rasmona rivojlangan va regressiv populyatsiyalar; o'simliklarhayotiy shakllarining Raunkier sistemasi - fanero-, xame-,kripto-,gemikripto- va terofitlar. Fitotsenozda xar bir turning individlari malum darajada populyatsiyalar hosil qilib joylashadi. Tur arealining ayrim maydonlarida kisman alohidalashgan individlar to'plamiga populyatsiya deyiladi. Populyatsiyada turlarning turli eshdagi individlari uchratiladi. Agar individual tarakkietning barcha bosqichlaridagi individlar uchrasa, bu shu turning ushbu fitotsenozda yaxshi rivojlanganligi, yani sikilmaetganligining alomatidir. hayotchanligi esa, shu tur populyatsiyalarining kuchliligini kursatadi. Fenologik holati deganda esa, turlarning maysa, vegetatsiya holati, gunchalash, gullash, meva hosil qilish, pishish bosqichlaridagi tuplarining borligidir. T.A. Rabotnov xar bir populyatsiyada turli eshdagi individlarning o'zaro nisbatiga ko'ra 3 guruhning bo'lishini kursatadi. 1.Turlarning invazion populyatsiyalari. Bunda tur individlarining fakat uruglari, maysalari, vegetatsiya davridagi individlari mavjud. Ular generativ fazaga eta olmaydilar. 2.Rasmona (yaxshi rivojlangan) populyatsiyalar. Bunday populyatsiyalarning individlari tulik rivojlanish darajasiga etadi, yani gullab va meva hosil kilgan tuplari xam uchraydi. 3. Regressiv populyatsiyalar, yani kari individlar, urugidan kupaya olmaydigan individlargina uchraydigan tur populyatsiyalaridir. Fitotsenozning shakllanishi va tuzilishida turli hayotiy shakldagi o'simliklar ishtirok etadi. Morfo-ekologik jihatdan o'xshash bo'lgan o'simliklar bir xil hayotiy shaklga birlashtiriladi. Bazi botanik adabietlarda hayotiy shakllarni o'sish shakli deb xam ataladi. hayotiy shakllarni aniqlash va baholashda ekologik-morfologik va ekologik-tsenotik nuqtai nazardan endoshiladi. Bir hayotiy shaklli o'simliklarga, morfologik tuzilishlari va muhitga moslashuv belgilari bir xil bo'lgan turlar birlashtiriladi. Ye. Varming (1896) ning fikricha o'simlikning butun hayoti (urugdan unib, gullagunicha), davomida uning muhit bilan uzviy aloqada hosil kilgan tashqi ko'rinishi uning hayotiy shaklidir. hozirgi vaqtda adabietlarda daniyalik olim S. Raunkier va rossiyalik I.G. Serebryakovlarning tuzgan hayotiy shakllar sistemalari kuprok ishlatiladi. S.Raunkier o'simliklarning hayotiy shakllarga ajratishda o'simliklar kurtaklarining himoyalanganlik darajasi, hamda yilning nokulay vaqtida barglarining bor-yukligini asos qilib oladi. Shu asosda u quyidagi hayotiy shakl eki biologik tiplarni ajratadi. 1. Fanerofitlar - o'sish kurtaklari tuproq yuzasidan ancha baland joylashgan daraxtlar, butalar va biryillik (tropik) utlar. 2. Xamefitlar - o'sish kurtaklari poyaning yerga eki tuproq yuziga tegib turgan butalar,chala butalar. 3. Kriptofitlar - o'sish kurtaklari, poyasining uchlari tuproq orasida, eki suv xavzasi ostida joylashgan kupyillik utlar. 4. Gemikriptofitlar - o'sish kurtaklari poyasining ostki kismida, ildiz buynida, barg bandi koldiklari bilan himoyalangan holda saqlanadigan kupyillik utlar. 5. Terofitlar - tuproqda fakat uruglarigina saqlanadigan bir yillik utlar. Ammo bu sistema yagona emas, birkator boshqa sistemalar xam mavjud, ular kisman takomillashtirilgan va boshqacha ...

Joylangan
18 Sep 2023 | 08:40:13
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
16.01 KB
Ko'rishlar soni
123 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:11
Arxiv ichida: docx
Joylangan
18 Sep 2023 [ 08:40 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
16.01 KB
Ko'rishlar soni
123 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:11 ]
Arxiv ichida: docx