Generativ organlarning tuzilishi, rivojlanishi ko'payishda ahamiyati. Reja: Gul va uning qismlarining morfologik tuzilishi. To'pgul, uning tiplari. Gulning changlanishi. Chetdan va o'z-o'zidan changlanish, uning mohiyati Urug'lanish. Meva, uning tuzilishi va tiplari. Urug'ning morfologik guzilishi, tiplari va tarqalishi. Urug'ning unishi. O'simliklarning ko'payishi. Jinssiz, jinsiy va vegetativ ko'payish. Tuban o'simliklarning jinsiy ko'payishi. Tayanch so 'z va iboralar: polikarp va monokarp o'simliklar, aktinomorf, zigomorf, androsey, ginesey, bir va ikki jinsli gullar, bir va ikki uyli o'simliklar, to'pgul, changlanish, gameta, ksenogamiya, geytenogamiya, avtogamiya, dixogamiya, urug'lanish, mo'rtak, endosperm, partenogenez, partenokarpiya, ekzokarp, mezokarp, endokarpdan, perisperm, zigota, izogamiya, geterogamiya, oogamiya, kapulasiya. O'simlik ma'lum yoshga yetgach, ko'payish organlarini hosil qiladi. Bu organlar generativ organlar deb yuritiladi. Generativ organlarga gul hamda undan rivojlangan urug' va meva kiradi.Bir va ikki yillik o'simliklar o'z hayoti davomida bir marta gullab urug' beradi. Ko'p yillik o'simliklar esa hayoti davomida ko'p marta gullaydi va urug' beradi. Bunday o'simliklar polikarp o'simliklar deyiladi. Shunday o'simliklar borki, ular ko'p yil yashasada umrida bir marta gullaydi. Bularga agavalar, ayrim bambuklar, shuningdek bizda o'sadigan Ferula turkumiga mansub ayrim yirik soyabondoshlar kiradi. O'z umrida bir marta gullaydigan va urug' beradigan bunday o'simliklarni monokarp o'simliklar deyiladi. GULNING TUZILISHI VA UNING QISMLARI. Gul aslida shakli o'zgargan novda bo'lib, uning qismlari bajaradigan vazifasiga ko'ra metamorfozga uchragan. To'liq gul quyidagi qismlardan: gulbandi, gulo'rni, gulqo'rg'on, gultoji, changchi va mevachidan iborat. Gulbandi gulni novdaga biriktirib turadi. Gulbandining yuqori qismi kengaygan bo'lib, u gulo'rni deb yuritiladi. Gulning qolgan barcha qismlari ana shu gulo'rniga birikkan bo'ladi. Gulkosa gulning tashqi qismi. U ko'k rangdagi bargchalardan iborat bo'lib, ular gulkosachabarglar deb yuritiladi. Ularning soni turli o'simliklarda turlicha bo'ladi. Masalan, krestguldoshlarda 4, ra'noguldoshlarda 5 tadan bo'ladi. Gulkosachabarglar alohida yoki qo'shilib o'sgan bo'ladi. Ular guldan kelib chiqqan bo'lib, asosiy vazifasi gulning ichki nozik qismlarini himoya qilishdan iborat. Gultoji, odatda, chiroyli ranglarga bo'yalgan bo'ladi. U to'g'ri, yani aktinomorf va noto'g'ri, yani zigomorf bo'ladi. Aktinomorf gullarda tojbarglarni o'lchami va shakli bir xil, simmetrik joylashgan bo'ladi (masalan, nargiz). Zigomorf gullarda esa toj barglarning shakli va o'lchami har xil, simmetrik joylashmaganligi uchun undan faqat bitta tekislik o'tkazish mumkin (masalan, no'xat). Shuningdek assimetrik gultoji ham bo'lib, undan bironta ham tekislik o'tkazib bo'lmaydi. Gultojining rangi undagi pigmentlarga bog'liq. Oq rangli gultojibarglarda esa pigmentlar bo'lmaydi. Bu ranglar hasharotlarni jalb qilish uchun xizmat qiladi. Gultojining asosiy vazifasi esa changchi va urug'chilarni himoyalashdan iborat. Gultoji va gulkosa birgalikda gulqo'rg'on deb yuritiladi. Gulning asosiy qismi changchi va urug'chilar hisoblanadi. Alohida olingan changchi (uni mikrosporofill deb yuritiladi), odatda, changchi ipi va changdondan iborat. Changdonning ...

Joylangan
18 Sep 2023 | 08:40:13
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
528.25 KB
Ko'rishlar soni
114 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:12
Arxiv ichida: docx
Joylangan
18 Sep 2023 [ 08:40 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
528.25 KB
Ko'rishlar soni
114 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:12 ]
Arxiv ichida: docx