Geobotanika asoslari Geobotanika ‒ grekcha geo ‒ yer, botanike ‒ o'simlik, Yer yuzidagi o'simliklar jamoasi haqidagi fan. Geobotanika deganda fitotsenologiyaning sinonimi yoki fitotsenologiya bilan botanik geografiyaning majmuasi yoki fitotsenologiya, botanik geografiya va o'simliklar geografiyasi kabi bo'limlarning umumiy majmuasi tushuniladi. Fitotsenologiya termini 1918-yilda daniyalik olim Gams tomonidan taklif etilgan. Shundan buyon bu so'z geobotanika so'zining sinonimi sifatida ishlatilib kelmoqda. U botanika va geografiya fanlarining ajralmas bir qismi bo'lib, o'simliklarning Yer yuzida tarqalishi va joylashish qonuniyatlarini o'rganadi. Geobotanika botanikaning bir tarmog'i bo'lib, 18-asrdan boshlab fan sifatida rivojlana bordi. Geobotanika ‒ yer botanikasi demak. Ammo fan sifatida u Yer sharidagi barcha o'simliklarning tuproq muhitiga bo'lgan munosabati va tuproqning o'simliklarga ta'sirini o'rganadi. Geobotanika alohida bir o'simlik turini o'rganmaydi, balki u bir necha turlar yig'indisini tashkil etgan jamoani o'rganadi. O'simliklar jamoasi, dastlab, bir kichik maydonda o'rganiladi. Geobotanika fanining asosiy maqsadi ‒ tabiiy holda tarqalgan o'simlik guruhlari qayerlarda, qanday ekologik sharoitda uchrashi, ishlab chiqarishda qanday maqsadlarda foydalanishi, sanoatda ishlatilishi va ulardan qanday usullar bilan oqilona foydalanish xususidagi savollarga javob berish. Geobotanikaning o'ziga xos vazifalari mavjud bo'lib, o'simliklar qoplamini tabiatning asosiy resursi sifatida ilmiy o'rganish va tahlil etish, qoplamning zamon talablariga javob beradigan xaritasini tuzish, iqtisodiy samaradorligini aniqlash va bundan to'g'ri foydalanish yo'llarini ko'rsatib berishdan iborat. Geobotanik tadqiqotlar qo'riq va bo'z yerlarni o'zlashtirishda rejalashtirish ishlarini olib borishga asos bo'lib xizmat qiladi. O'zlashtirilayotgan maydonning tuproq qatlami, tuproqning tuzilishi, tarkibi, o'simliklar qoplamini, hatto yer osti suvlari holatini aniqlashda ham geobotanik ishlar asos bo'la oladi. Botqoqliklarni o'zlashtirish, o'rmon xo'jaligi ishlarini ilmiy tashkil etish, o'rmon tiplarini aniqlash, qo'riqxonalarda olib boriladigan ishlarni yo'naltirish, dorivor o'simliklardan foydalanish maqsadida yig'ib olish uchun uning zaxirasini aniqlash va chorvachilik sohasi uchun yemxashak tayyorlashda ham asosiy manba bo'lib xizmat qiladi. Shuningdek, tabiiy holda mavjud bo'lgan, inson xo'jalik faoliyati natijasida yaratilgan agrofitotsenozlarni tekshirish va har bir fitotsenozdagi fitotsenologik turlar tarkibini aniqlash, floristik tarkibini o'rganish hamda fitotsenozlar xilma-xilligi, tuzilishi, taqsimlanishi, iqlim va geografik sharoiti, muhitga ekologik omilning ta'sirini o'rganish, geobotanik xaritalash ishlarini tashkil etish, fitotsenozning bevosita va bilvosita ta'sirlari natijasida o'rganish, undan oqilona foydalanish yo'llarini ishlab chiqishni tashkil etish muammolari bilan shug'ullanadi. O'simliklar jamoasida biror-bir tur o'z holicha, alohida, boshqa turlarga yoki mikroorganizmlarga bog'lanmasdan yashay olmaydi. Har bir o'simlik jamoasida o'nlab, yuzlab turlar birga yashaydi. Bular orasida tuban organizmlar ham, yuksak o'simliklar ham mavjud bo'lib, bular ham, o'z navbatida, har xil anatomik, morfologik, sistematik, fiziologik xusisiyatga ega bo'ladi. Shuning uchun ham tabiatdagi mavjud bo'lgan har bir jamoa o'ziga xos ko'rinishdagi manzara hosil qiladi. O'rmon, yaylov, dasht, cho'l, adirlarda o'simliklar ...

Joylangan
18 Sep 2023 | 08:40:13
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
441.97 KB
Ko'rishlar soni
188 marta
Ko'chirishlar soni
30 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:12
Arxiv ichida: docx
Joylangan
18 Sep 2023 [ 08:40 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
441.97 KB
Ko'rishlar soni
188 marta
Ko'chirishlar soni
30 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:12 ]
Arxiv ichida: docx