Geobotanika fani predmeti, qisqacha rivojlanish tarixi

Geobotanika fani predmeti, qisqacha rivojlanish tarixi

O'quvchilarga / Botanika
Geobotanika fani predmeti, qisqacha rivojlanish tarixi - rasmi

Material tavsifi

GEOBOTANIKA FANI PREDMETI,QISQACHA RIVOJLANISH TARIXI. Reja: 1. Gеobotanika-fitotsenoz tuzilish qonuniyatlari. 2.Fitosenologiya haqida tushuncha .Geobotanik birliklar 3.Edifikator, Subedifikator, Dominant va Subdominantlik 4. Ekоtоp va Biоtоp Geobotanika-(geootanisa grekcha geo-er, botanike o'simlik) Yer yuzidagi o'simliklar jamoasi haqidagi fan. Geobotanika deganda fitotsenologiyaning sinonimi yoki fitotsenologiya bilan botanik geografiyaning majmuasi yoki fitotsenologiya, botanik geografiya va o'simliklar geografiyasi kabi bo'limlarning umumiy majmuasi tushuniladi. Fitotsenologiya termini 1918 yilda Daniyalik olim Gams tomonidan taklif etilgan. Shundan buyon bu so'z geobotanika so'zining sinonimi sifatida ishlatilib kelinmoqda. U botanika va geografiya fanlarining ajralmas bir qismi bo'lib, o'simliklarning yer yuzida tarqalishi va joylashish qonuniyatlarini o'rganadi. Geobotanika botanikaning bir tarmog' bo'lib, 18 asrdan boshlab fan sifatida rivojlana bordi. Geobotanika- er botanikasi demakdir. Ammo fan sifatida u er sharidagi barcha o'simliklarning tuproq muhitiga bo'lgan munosabati va tuproqning o'simliklarga ta'sirini o'rganadi. Geobotanika alohida bir o'simlik turini o'rganmaydi, balki u bir necha turlar yig'indisini tashkil etgan jamoani o'rganadi.O'simliklar jamoasi dastlab bir kichik maydonda o'rganiladi. Geobotanika fanining asosiy maqsadi tabiiy holda tarqalgan o'simlik guruhlari qaerlarda qanday ekologik sharoitda uchrashi, ishlab chiqarishda qanday maqsadlarda foydalanishi, sanoatda ishlatilishi va ulardan qanday usullar bilan oqilona foydalanish xususidagi savollarga javob berishdir. Geobotanikaning o'ziga xos vazifalari mavjud bo'lib, o'simliklar qoplamini tabiatning asosiy resursi ilmiy o'rganish va tahlil etish, qoplamning zamon talablariga javob beradigan Haritasini tuzish, iqtisodiy samaradorligini aniqlash va bundan to'g'ri foydalanish yo'llarini ko'rsatib berishdan iborat. Geobotanik tadqiqotlar qo'riq va bo'z yerlarni o'zlashtirishda planlashtirish ishlarini olib borishga asos bo'lib xizmat qiladi. O'zlashtirilayotgan maydonning tuproq qatlami, tuproqning tuzilishi, tarkibi, o'simliklar qoplamini, hattoki yer osti suvlari holatini aniqlashda ham geobotanik ishlar asos bo'lib xizmat qiladi. Botqoqliklarni o'zlashtirish, o'rmon xo'jaligi ishlarini ilmiy tashkil etish, o'rmon tiplarini aniqlash, qo'riqxonalarda olib boriladigan ishlarni yo'naltirish, dorivor o'simliklardan foydalanish maqsadida yig'ib olish uchun uning zahirasini aniqlash va chorvachilik sohasi uchun yem-xashak tayyorlashda ham asosiy manba bo'lib xizmat qiladi. Shuningdek, tabiiy holda mavjud bo'lgan, inson xo'jalik faoliyati natijasida yaratilgan agrofitotsenozlarni tekshirish va har bir fitotsenozdagi fitotsenologik turlar tarkibini aniklash, floristik tarkibini o'rganish hamda fitotsenozlar xilma xilligini, tuzilishini, taqsimlanishini, iqlim va geografik sharoitini, muhitga ekologik omilning ta'sirini o'rganish, geobotanik haritalash ishlarini tashkil etish, fitotsenozning bevosita va bilvosita ta'sirlari natijasida o'rganish, undan oqilona foydalanish yo'llarini ishlab chiqishni tashkil etish muammolari bilan shug'ullanadi. O'simliklar jamoasida biror bir tur o'z holicha, alohida, boshqa turlarga yoki mikroorganizmlarga bog'lanmasdan yashay olmaydi. Har bir o'simlik jamoasida o'nlab, yuzlab turlar birga yashaydi. Bular orasida tuban organizmlar ham, yuksak o'simliklar ham mavjud bo'lib, bular ham o'z navbatida har xil anatomik, morfologik, sistematik, fiziologik xusisiyatga ega bo'ladi. Shuning uchun ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 93.43 KB
Ko'rishlar soni 165 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:12 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 93.43 KB
Ko'rishlar soni 165 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga