Geobotanika faniga kirish

Geobotanika faniga kirish

O'quvchilarga / Botanika
Geobotanika faniga kirish - rasmi

Material tavsifi

Kirish. Reja: 1.Geobotanika o'simliklar koplami haqidagi fan. 2.Uning predmeti, vazifalari. 3.Fitotsenoz haqida tushuncha. 4.Flora va o'simliklar koplami. 5.Geobotanikaning ahamiyati. Tayanch atama va iboralar: fitologiya, fitotsenologiya, fitotsenoz - o'simliklar uyushmasi, biotsenoz, biogeotsenoz, flora, o'simliklar koplami (rastitelnost), geobotanik xarita, fitomeliratsiya. Botanika fani yer shari o'simliklar dunesini xar tomonlama o'rganuvchi fanlar sistemasidan iborat. Botanika fanlari uzlarining o'rganish obyektlari, maqsadlari, vazifalari va o'rganish uslublariga ko'ra 2 ta bo'limga bulinadi: fitologiya va geobotanika (fitotsenologiya). Fitologiya ayrim olingan o'simlik turlari va yirikrok sistematik guruhlarni tuzilishi, rivojlanishi va boshqa jihatlarini o'rganadi. Shu asosda o'simliklarning hayotini boshqarish va ulardan ratsional foydalanish yo'llari ishlab chikiladi. o'simliklarning tuzilishi, o'sishi, rivojlanishi va hayotining boshqa jihatlarini bir kator fitologik fanlar o'rganadi. 1.o'simliklar morfologiyasi va anatomiyasi - o'simliklar tanasining tashqi va ichki tuzilishini o'rganadi. 2. o'simliklar sistematikasi - tuban va yuksak o'simliklar sistematikasi bo'lib, o'simliklar dunesini klassifikatsiyaga solish va ularning evolyutsion rivojlanishni o'rganadi. Bu fanlarni Siz 1-kurs davomida ukib urgandingiz. 3. o'simliklar tsitologiyasi - o'simlikning hujayraviy tuzilishini o'rganadi. 4. o'simliklar embriologiyasi - o'simlik individual tarakkietining dastlabki-embrional davrini o'rganadi. 5. o'simliklar fiziologiyasi - o'simlik tanasida sodir buladigan hayotiy - moddalar almashinuvi jaraenlarining qonuniyatlarini o'rganadi. 6. Mikrobiologiya - mikroorganizmlar (bakteriyalar, achitkilar, aktinomitsetlar)ning tuzilishi, klassifikatsiyasi, fiziologiyasi kabi jihatlarni o'rganadi. 7. o'simliklar bioximiyasi - o'simlik organizmdagi ximiyaviy birikmalarning o'zgarishini o'rganadi. 8. o'simliklar ekologiyasi - o'simlikning tashqi muhit bilan aloqasini o'rganadi. 9. Paleobotanika - kazilma o'simliklarni, o'simliklarni geologik davrlarda o'zgarishini o'rganadi. 10.o'simliklar geografiyasi - o'simliklarning Yer sharida tarqalish qonuniyatlarini o'rganadi. Fitologiya fanlarining o'rganish obyekti ayrim olingan tur, uning individlari va turdan yirikrok taksonomik guruhlardir (turkum, oila, sinf,tartib bo'lim). Muayyan regionda tarkalgan barcha o'simlik turlarining majmuaasi usha joyning florasini tashkil etadi. Masalan, Zarafshon daresi xavzasining florasi 2600 turga yaqin, O'zbekiston florasi 400 turdan ziedrok. o'rta Osie florasi 800 turdan kuprok, MDX florasi 20.00 dan kuprok turlardan tashkil topgan. Geobotanika eki fitotsenologiya esa grekcha ge-yer va botane-o'simlik, yashillikka oid, so'zlaridan iborat bo'lib, o'simliklar uyushmalarining muhit va ayniqsa tuproq sharoiti bilan bog'liqligi va aloqasini o'rganadi, ulardan foydalanish va uzgartirish yo'llarini ishlab chikadi. Geobotanikaning o'rganish obyekti fitotsenozlar yani o'simliklar uyushmalari va ulardan tashkil topgan Yer sharining o'simliklar koplamidir. Tabiiy o'simliklar koplamidan tashqari geobotanika inson tomonidan yaratilgan madaniy o'simliklar uyushmalari - agrofitotsenozlarni xam o'rganadi. Geobotanikaning maqsadi o'simliklar uyushmalari hosil bo'lishining qonuniyatlarini, xususiyatlari va sifatlarini urganib, ularni boshqarish va ratsional foydalanish usullarini ishlab chiqishdir. Fitologik fanlarni, florani va uning o'ziga xos xususiyatlarini yaxshi bilmasdan geobotanik bo'lish juda qiyin. Chunki fitotsenoz va o'simliklar koplami o'simlik turlaridan tashkil topgan. Turlarni aniklay olishdan tashqari, ularning ekologiyasini, rivojlanish ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 18.45 KB
Ko'rishlar soni 106 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:12 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 18.45 KB
Ko'rishlar soni 106 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga