Geobotanika tarixi. Reja: 1.Geobotanikaning umumiy tarixi. 2. o'rta Osiyo va O'zbekistonda geobotanik tekshirishlar. 3.Ye.P.Korovin, K.Z.Zokirov, I.I.Granitovlarning geobotanika sohasidagi asarlarining qisqacha mazmuni. Tayanch ibora va atamalar: geobotanika, o'simliklar mintaqasi, urmon haqidagi ta'limot, fitosotsiologiya, Fitotsenoz nima mavzuidagi bahs, geobotonika bo'yicha dastlabki qo'llanma, ToshDU va botanika institutida geobotanik tekshirishlar. Yaylovlarni geobotanik jihatdan o'rganish, Rastitelniy pokrov Ubekistana kapital asar. Geobotanika fani o'simliklar geografiyasi tarkibida yuzaga keldi. Maxsus geobotanik metodlar bilan tekshirishlar o'tkazish XIX asrning birinchi yarmida boshlandi. 1835 yilda Xeer tomonidan dastlabki geobotanik tasvirlashlar o'tkazildi va turli o'simliklar uyushmalari tavsiflandi (Shveytsariya). Shu taxlitdagi tekishirishlar 1837 yillarda Askaniya-Novaning boshqaruvchisi Titsman tomonidan o'tkazildi, 186O yillarda esa F.I.Ruprext va I.T.Borshovlar tomonidan o'tkazilgan tekshirishlar Rossiyada geobotanikaning shakllanishiga olib keldi. I.G.Borshov Orol-Kaspiy o'lkasining o'simliklar koplamini urgandi. 1866 yilda F.I.Ruprextning Geobotanicheskie issledovaniya o chernozeme nomli kitobi elon etildi. Bu asarida u birinchi bo'lib g e o b o t a n i k a atamasini fanga kiritdi va uning predmeti o'simliklar uyushmasining atrof muhit bilan aloqasini o'rganishdir deb tushuntirdi. U o'simlik mintaqalarining mavjudligini kursatdi (kora tuproqli zona). Ayni shu yillarda shved olimi Post xam, o'simlik uyushmalarining mavjudligini kursatdi. Shunday qilib Ruprext va Borshovlarning bu ishlari Rossiyadagi birinchi geobotanik ishlari bo'lib hisoblanadi. o'simliklar koplami sistematikasiga oid dastlabki ma'lumotlarni (formatsiyalar) avstriyalik olim Kerner Dunay mamlakatlari o'simliklarining hayoti asarida keltirgan. XX asr boshlarida Rossiyada geobotanika sohasida mashxur rus olimlaridan S. I. Korjinskiy, I. K. Pachoskiy, P. N. Krilov, A. N. Krasnov, D.I.Litvinov, G. F. Morozov, G. I. Tanfilevlarning tekshirishlari elon etildi. A. Ya. Gordyagin, V. N. Sukachev, B. A. Kellerlarning geobotanika sohasidagi dastlabki asarlari chika boshladi. Bu olimlarning asarlarida o'simliklar uyushmalari individlarning oddiy to'plamlari emas, balki murakkab o'zaro bog'liq uyushmalar ekanligi kursatildi. Urmon haqidagi ta'limotning asoschisi G.F.Morozov bu ideyani urmon misolida juda rivojlantirdi. Daniyalik olim Gams (1918) birinchi bo'lib, f i t o ts e n o l o g i ya atamasini taklif etdi va u hozir geobotanikaning sinonimi tarzida ishlatiladi. Fitotsenologiyaning alohida fan bo'lib shakllanishida mashxur rus olimi V.N.Sukachevning asarlari, ayniqsa o'simliklar uyushmalari haqidagi ta'limotga kirish kitobi (1913) alohida rol uynaydi. Geobotanika sohasida dastlabki o'quv qo'llanmasini (1902) A.Flerov va B.Fedchenkolar yaratishdi. Bu kitob uzoq yillar geobotaniklar tayerlashda, asosiy darslik bo'lib xizmat kildi. Rossiyada geobotanikaning rivojlanishida mashxur tuproqshunos V.V.Dokuchaevning xizmatlari juda kattadir. 1928 yilga kelib o'simliklar uyushmalari haqida fikrlar tulik shakllandi va shu yili bo'lib utgan Botaniklarning Butunittifoq II-sezdida akademik V.N.Sukachev boshchiligida fitosotsiologiya seksiyasi ishladi. Ammo bazi botaniklar, ayniqsa V.I.Taliev o'simliklar uyushmalari haqidagi fanni alohida ajratib fitosotsiologiya deb atashga katiy qarshi turdi, ...

Joylangan
18 Sep 2023 | 08:40:13
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
19.59 KB
Ko'rishlar soni
116 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:12
Arxiv ichida: docx
Joylangan
18 Sep 2023 [ 08:40 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
19.59 KB
Ko'rishlar soni
116 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:12 ]
Arxiv ichida: docx