Geobotanikaga kirish

Geobotanikaga kirish

O'quvchilarga / Botanika
Geobotanikaga kirish - rasmi

Material tavsifi

Geobotanikaga kirish Reja: Geobotanika fani va uning vazifasi. O'simliklar jamoasi to'g'risida tushuncha. O'simliklar jomaosining tuzilishi va tarkibi (daminant-edifikatorlar va yaruslar). Geobotanikaning taksonamik birliklari. (assatsiatsiya, formatsiya, tiplar). 1. Tabiatda o'simlik qoplamini hosil bo'lishida bir turdagi o'simlik qatnashmasdan bir necha tur ishtirok etadi. Mana shu turlar guruhi o'simliklar jamoasi yoki fitotsenoz deyiladi. O'simlik jamoasining turli tumanligini ularni yer shari bo'ylab tarqalish qonuniyatlarini geobotanika fani o'rganadi (yoki fitotsenologiya). Geobotanika fanining vazifasini, uning ta'rifini dastlab professor. B. A. Bo'kov tomonidan quyidagicha ta'riflangan. Geobotanika o'simliklar jamoasi to'g'risidagi fan bo'lib, uning tuzilishini, o'zaro munosabatini, tashqi muhit bilan aloqasini va undan foydalanishda jamoalarining o'zgarishini o'rganadi. Insonlar orasida dastlabki geobotanik tushunchalar o'rmon, o'tloq, botqoq, dasht shaklida bo'lgan. Geobotanika fan sifatida 19 asrda shakillangan. Bu termin birinchi marta rus botanigi, akademik F. I. Ruprext (1866) va nemis botanigi A. Grizebox tomonidan taklif etilgan. Geobotanika o'simliklar sistematikasidan farqli ravishda ayrim tur turkum va oilani o'rganmay, balki jamoaga kiruvchi har xil oilaga mansub o'simliklar guruhini o'rganadi. 2. O'simlik jamoalari kelib chiqishiga ko'ra tabiiy va insonlar tomonidan yaratilgan turlarga bo'linadi. Tabiiy o'simlik jamoalari malum tabiiy tarixiy rivojlanish asosida hosil bo'lib, uning tarkibida yovvoyi o'simlik turlari qatnashadi. Insonlar tomonidan yaratilgan o'simlik jamoalarida madaniy o'simlikar bilan begona o'tlar birga o'sadi. Bunday o'simlik jamoalari agrofitotsenoz deyiladi. Respublikamiz sharoitida quyidagi agrofitotsenoz uchraydi. Paxta dalalari bedazorlar, bug'doyzorlar, bog' - mevazorlar va hokozo. Shunday qilib geobotanika fani quyidagi vazifalarini o'z oldiga maqsad qilib qo'yadi. 1. Tabiiy va madaniy o'simlik jamoalari fitotsenoz va agrofitotsenozlarni o'rganish. 2. Fitotsenozlarni tuzilishini floristik tarkibini aniqlash. 3. Fitotsenozdagi o'simliklarni bir biriga ta'sirini o'rganish. 4. Tashqi muhit ta'sirida fototsenozlarning hosil bo'lishi va o'zgarishini o'rganish. 5. Fitotsenozlarning tarqalishini o'rganish. 6. Fitotsenozlarga tarixiy- tabbiiy sharoit ta'sirini o'rganish. 7. Fitotsenozlarni klassifikatsiyalash. 8. O'simlik jamoalarini to'g'ri joylashtirish va undan foydalanish. Bu vazifalarni muvoffaqiyatli xal qilish qo'riq erlarni o'zlashtirish, botqoqliklarni quritish, o'rmonlar holatini yaxshilash, o'simlik qoplamini klassifikatsiya qilish kabi ishlarni amalga oshirish orqali bajariladi. Shunday qilib, fototsenoz yoki o'simliklar jamoasini o'rganish geobotanika fanining vazifasidir. O'simliklar jamoasida tuban va yuksak o'simliklar qatnashadi. Masalan: bazi o'simlik jamoalarida barcha gulli o'simliklar bilan birga tuproqlarda ayrim suv o'tlarini, bakteriyalarni zamburug''larni uchratish mumkin. O'simliklar jamoasi deganda muayan bir yerda bir guruh o'simliklarning birgalikda yashashi va malum bir manzara hosil qilishi tushuniladi. Yer yuzida bunday guruhlar o'rmon, o'tloqlar, botqoqlik, dasht, cho'l o'simliklari tipini hosil qiladi. Akademik V. N. Sukachev (1957) tabiri bilan aytganda-fitotsenoz bu bir laboratoriya bo'lib, unda doimo moddalar va energiyalar hosil bo'lishi, o'zgarishi va yig'ilishi sodir bo'lib turadi. O'simliklar jamoasi o'zaro bir biri bilan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 20.13 KB
Ko'rishlar soni 145 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:12 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 20.13 KB
Ko'rishlar soni 145 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga