Ginetseyning tuzilishi va turlari. Megosporogenez haqida umumiy tushuncha Reja 1. Ginetseyning tuzilishi va turlari. 2. Ginetseyning tiplari 3. Ginetsiyning kelib chiqishi va evolyutsiyasi 4. Megosporogenez va urg'ochi gametofit haqida umumiy tushuncha 5. Urug' kurtakning tuzilishi Urug'chi (Ginetsey). Guldagi bir yoki bir necha urug'chibarglar (megasporofillar)ning yig'indisi bir yoki bir necha ginetsey (gine - ayol, urug'chi)ni hosil qiladi. Urug'chibarg kelib chiqishi jihatidan barg bilan bog'liq. Lekin morfologik tuziishi va faoliyati jihatidan vegetative bargdan keskin farq qilib, ko'proq megasporofil barglarga o'xshaydi. Urug'chi yopiq urug'li о'simliklar gulining muhim organi hisoblanib, u gulning о'rtasida joylashgan. О'simlik turlariga qarab gulda bir yoki bir necha shakli о'zgargan barglardan hosil bо'lib, ularni mevabarglar deyiladi. Demak urug'chi bargning shakl о'zgarishdan kelib chiqqan. Guldagi mevabarglarning yig'indisi ginetsey deb ataladi.Urug'chi faqat yopiq urug'li о'simliklar uchun xosdir. Uning kengaygan ostki qismi tuguncha, о'rta qismi toraygan ustuncha va uchki qismi tumshuqchalardan iborat (125-rasm). 125-rasm. Urug'chi (Ginetsey)ning tuzilish Ginetseyning kelib chiqishi. Urug'chi gulli о'simliklarda uzoq davom etgan evolyusiya jarayonida mevabarglardan hosil bо'lgan. Klassik morfologiya asoschilaridan Gyote ginetsey kelib chiqishi jihatidan shaklan o'zgargan barg, deb ta'riflagan bo'li, hozirgi botaniklar bu fikrni inkor etadilar. Morfolog-sistematik A.L.Taxtaxadjyan va boshqa olimlar yopiq urugli oimliklarning gulidagi urug'chibarglar evolyutsiya jarayonida qadimgi ochiq urugli o'simliklarning ajdodlari - sagovniklarda vujudgaa kelgan va ochiq patsimon megosporofilladan bir-biri bilan tutahishi natijasida mevachibarglar rivoj topgan, deydilar. Bu fikrni tasdiqlovchi qator dalillar bor. Chunonchi, qazilma holda topilgan yopiq urug'li o'simlik Degeneriada huddi shunday mevachibarglarni taraqqiy etganini ko'rish mumkin (126-rasm). 126-rasm. Degeneriyada urug'chi barglarning taraqqiy etishi. Bundan aniq ko'rinadiki, ulardagi mevachibarglarning uchlari bir-bir bilan tutashmasdan, faqat bitta qisqa banddan tashkil topgan. Unda na stilodiy (yunoncha stilodiy - ustuncha) va na tumshuqcha bo'lgan. Mevabarglar platsentagacha (urug'kurtak) bezsimon tukchalar bilan qoplangan. Mevachibarglarning keying evolyutsiyasi (Degeneriadan to hozirgi yopiq urug'li o'simliklar)gacha tarqqiy etishi quyidagi rasmda ko'rsatilgan (127-rasm). 127-rasm. Degeneria da eng sodda urug'chibarglarning ko'rinishi (1); 3-4 - ixtisoslashgan ustuncha (stilodiy) urug'chilarning riojlanish evolyutsiyasi. Shunday qilib, uzoq evolyutsiya davomida yopiq urugli o'simliklarning eng muhim va nodir organi ginetsey rivojlangan. Ginetseyning eng muhim qismi tuguncha hisoblanib, unda urug'kurtak joylashadi. Tugunchaning ustida ustuncha va turli ko'rinishdagi tumshuqcha joylashadi. Ustuncha va tumshuqcha changlarni qabul qilish va changlanihni osonlashtiradi. Ba'zida mevabarglar, vegetativ bargga о'xshab ketadi. Masalan, burchoqdoshlarning urug'chisi bitta mevabargdan hosil bо'lgan. О'simlik gullab bо'lgandan keyin gultoj barglari va changchilar tushib ketadi, keyin ustuncha tumshuqcha bilan burishib qoladi, kо'pincha kosachabarglar saqlanib qoladi, tuguncha tez sur'atlar bilan rivojlana boshlaydi va mevaga aylanadi. Burchoqdoshlarning mevasini yelka va qorin choklari boshqa tomonlariga nisbatan qavarib turadi. Meva yetilganda bular ...

Joylangan
18 Sep 2023 | 08:40:13
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
840.87 KB
Ko'rishlar soni
234 marta
Ko'chirishlar soni
52 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:12
Arxiv ichida: docx
Joylangan
18 Sep 2023 [ 08:40 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
840.87 KB
Ko'rishlar soni
234 marta
Ko'chirishlar soni
52 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:12 ]
Arxiv ichida: docx