Gul, gullash, changlanish va meva

Gul, gullash, changlanish va meva

O'quvchilarga / Botanika
Gul, gullash, changlanish va meva - rasmi

Material tavsifi

Gul va meva Reja: Gulning tuzilishi, vazifalari va kelib chiqishi Megasporagenez va urg'ochi gametofit. Gullash va changlanish Mevalar Gulning tuzilishi, vazifalari va kelib chiqishi Gulning tuzilishi va rivojlanishi. Gul novdaning uchki va barg qo'ltig'idagi mersitemadan hosil bo'lgan reproduktiv organ hisoblanadi. Gulda sporogenez, gametogenez va jinsiy jarayonlar ro'y beradi. Gul o'q qismiga yoki gulo'rniga ega bo'lib, unda gulqo'rg'oni, changchilar va urug'chi joylashadi. Urug'chi bir yoki bir necha urug'chi barglaridan (karpell) tashkil topgan. Urug'chining asosiy qismi yopiq tuguncha bo'lib, ichida urug'kurtak va tumshuqcha joylashgan. Gulning ochiq urug'lilarning qubbasidan farqi: chang urug'lanishdan avval tumshuqchaga tushadi, ochiq urug'lilarga o'xshab to'g'ri urug' kurtakka emas. Gul changlanib, urug'langandan keyin mevaga, urug'kurtak esa urug'ga aylanadi. Gul o'rni botiq, qavariq va tekis bo'ladi. Gul uchki yoki gul yonbarglarning qo'ltig'idan chiqadi. Guldan pastki bo'g'imi gul bandi deyiladi. Gul bandi bo'lmagan gullarni o'troq gullar deyiladi. Gul bandida ikki (ikki pallali) va bir (bir pallali) kichkina barglar joylashib gul yonbargchalari deyiladi. Gullar to'g'ri - aktinomorf, qiyshiq - zigomorf yoki assimetrik bo'ladi. Gulqo'rg'onining bo'lishi, bo'lmasligi va tuzilishiga qarab gullar: 1) gomoxlamid - gulqo'rg'oni oddiy kosachabarglardan yoki tojbarglardan tashkil topgan, barglari bir xilda, ko'p sonli, gulo'rnida spiral joylashgan, (lola, magnoliya); 2) geteroxlamid - gulqo'rg'oni murakkab, kosacha va tojbarglardan iborat (burchoq, namatak); 3) gaploxlamid yoki monoxlomid - gulqo'rg'oni bir qator, ko'pincha kosachabarglardan tuzilgan (gazanda, qayrag'och); 4) axlamid - gulqo'rg'oni yo'q yalong'och (tol, shumtol). Gullarda jinslarning joylashishi. Gullarda ham changchi ham urug'chi bo'lsa ikki jinsli deyiladi. Ko'pchilik o'simliklarda gullar bir jinsli bo'ladi. Urug'chi ( ), changchi ( ), ikki jinsli ( ). Bir o'simlikda turli tipdagi gullar bo'lsa, bir uyli (makkajo'xori, eman), urug'chi va changchi gullar mavjud bo'lib, boshqa-boshqa o'simliklarda bo'lsa, ikki uyli deyiladi. Bazi o'simliklarda ikki jinsli bilan bir jinsli gullar uchraydi va ko'p uyli yoki poligam o'simlik deyiladi. Gul qismlarining joylashishi. Gul qismlari gul o'rnida malum qonuniyat asosida joylashadi. Ko'pchilik gullarda gul qismlari doira shaklida joylashadi: 4 doira bo'lsa - tetrasiklik, 5 doira bo'lsa - pentasiklik deyiladi. Bir pallali o'simliklarda uchtadan, ikki pallalilarda to'rt yoki beshtadan gul qismlari joylashgan bo'ladi (karamgullar). Ko'pmevalilarda (ayiqtavon) gul qismlari spiral joylashadi. Bu vaqtda gul qismlarining soni ko'p bo'ladi va asiklik gullar deyiladi. Gemisiklikda gulqo'rg'oni doira shaklida, changchi va urug'chisi spiral shaklida joylashadi (bazi ayiqtavonlar) siklik - kosacha barglari spiral, qolgan qismlari doira shaklida joylashadi (namatak). Gul formula va diagrammasi. Gullarni qisqacha xarakterlash uchun formulasi yoziladi. Bu vaqtda asosan gulning simmetriyaligiga, qatorlar soniga, qismlarning soniga ahamiyat beriladi: - spiral gul - aktinomorf gul - ikki tomonlama simmetriya yoki ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 44.18 KB
Ko'rishlar soni 109 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:13 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 44.18 KB
Ko'rishlar soni 109 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga