Gullash davri, changlanish va urug'lanish Reja: Gullash davri. Changlanish jarayoni. Urug'lanish jarayoni. 1. Gulli o'simliklarning gullash jarayoni turlichadir. Ko'pchi-lik shamol bilan changlanuvchi o'simliklar novdasida dastlab gul hosil bo'lib keyinchalik barg paydo bo'ladi. (Bodom, tog'olcha, shaftoli, o'rik). Ko'pchilik bargini to'kadigan o'simliklarda (qayin, emanda) barg va gul hosil bo'lishi bir vaqtning o'zida ro'y beradi. Ayrim o'simliklar guli ertalab ochilsa, noqulay ob-havo sharoitida yopilib qoladi (kanop, shafran). Durman, tamaki gullari kunduzi yopiq bo'lsa, kechasi ochilib turadi. To'pgullarda gul ochilishi ham turlicha. Masalan: shingil, to'p-gulda pastki gullar yuqoriga qarab ochilib borsa, murakkab boshoqda o'rtadan gulning uchiga va asosiga qarab ochiladi. Murakkab gullarda savatchaning chetidan o'rtasiga qarab ochiladi. ~o'zada dastlab pastki gullar ochilsa vegetatsiyaning oxirida poyaning uchidagi gullar ochiladi. O'simliklarning gullash davri ham turlichadir. Masalan: olma, nok, olxo'ri, pista kabi o'simliklar 6-12 kun gullaydi. G'o'za esa bir necha oy davomida gullaydi. Limon o'simligi qulay iqlim sharoitida muntazam gullab boradi. Gul hosil qilish o'simlikning turiga bog'-liqdir. Masalan: qayin 10-12 yildan keyin shaftoli 3-5, jo'ka 20-25, eman 80-100 yoshida gul hosil qilish xususiyatiga ega. Gul hosil qiluv-chi kurtaklar yozda hosil bo'lib, qishlab bahorda gul hosil qiladi. 2. Gul etilganidan keyin changdonda etilgan changning onalik tumshukchasiga tushishi changlanish deb ataladi. Changlanishni quyidagi 2 ta usuli mavjud. 1. O'z-o'zidan changlanish. 2. Chetdan changlanish Tabiatda ko'pchilik o'simliklar kleystogamli gullar hosil qilsa (Yopiq gullaydigan gullar), ayrimlari xaziogamli (ochiq gullovchi) gullar hosil qiladi. Masalan: eryong'oqda tuproq yuzasidan yuqori qismida xaziogamli gul hosil qilsa, tuproq ostida kleystogamli gul va meva hosil qiladi. O'simliklarning o'z-o'zidan changlanishi Ch. Darvin tomonidan 27 yil davomida o'rganilgan. Natijada u shunday xulosaga kelgan chetdan changlanish nasil sifatini yaxshilanishiga olib keladi. Xashoratlar yordamida changlanuvchi o'simliklar entomofil o'simliklar deyiladi. O'simliklarning xashoratlar yordamida changlanishi tabiatning eng muhim xususiyati hisoblanadi. Changlanishda asalari, kapalak, pashsha, qo'ng'iz, chumoli va boshqa xashoratlar muhim rol o'ynaydi. Nektar tarkibi 25-95% suv, 3-72% glyukoza va tamli shakarga to'g'ri keladi. Shiradonlar gulning gulqo'rg'on qismida joylashgan bo'lib xashoratlarni gulning ichiga kirishiga majbur qiladi. Chang yuzasining g'adir-budur va yopishqoqlik xususiyati ularga yopishib boshqa gulga borganda changlanish jarayonini amalga oshiradi. Changning ko'pchilik xashoratlar uchun ozuka bo'lishini magnoliya, lolaqizg'aldoq, pion, itburun kabi o'simliklar misolida ko'rish mumkin. Ko'pchilik gullarning gulkosa va gultojibarglari, changchi va urug'chilari ham o'ziga xos rangga ega bo'lib xasharotlarni jalb qiladi. Xasharotlarni jalb etishda guldagi efir moylar hisobiga hosil bo'lgan xid ham muhim rol o'ynaydi. Gulda xid hosil bo'lishi indol, ammiak, benzol moddasi bilan bog'liqdir. Shamol vositasida changlanuvchi o'simliklarni Anemofil o'simliklar deyiladi. Bunday usulda changlanuvchi o'simliklarga quyidagi daraxt va o'tsimon o'simliklar kiradi; ...

Joylangan
18 Sep 2023 | 08:40:13
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
20.24 KB
Ko'rishlar soni
132 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:13
Arxiv ichida: docx
Joylangan
18 Sep 2023 [ 08:40 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
20.24 KB
Ko'rishlar soni
132 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:13 ]
Arxiv ichida: docx