O'simliklarga zarar keltiruvchi organizmlar, gulli o'simliklar va hayotiy shakli, tuzilishi va ularga qarshi kurash usullari Ko'pchilik tekinxo'r o'simliklar evolutsiya jarayonida hayot faoliyati uchun zarur oziq moddalarni boshqa gulli o'simliklardan olishga moslashgan. Ular yuksak o'simliklarning ildizidan suv va unda erigan mineral moddalarni shimib olib, parazitlik bilan hayot kechiradi. Ular assimilyatsiya qilish xossasiga ega bo'lmaganligidan, o'zi ildiz tizimini hosil qilmaydi. Gulli parazitlar so'rg'ichi-gaustoriylari vositasida xo'jayin o'simlik poyasiga, ildiziga yopishib, undan oziq moddalarni shimib oladi. O'simliklar poyasida tekinxo'rlik qiluvchilarga zarpechak, ildizida uchraydiganlarga shumg'iya misol bo'ladi. Zarpechak, devpechak (Cuscuta L). Chirmoviqdoshlar oilasiga mansub tekinxo'r o'simlik turkumi. Ularning 36 tadan ortiq turi mavjud. Ularning ildizi va yashil barglari boimaydi. Poyasi va shoxlari sariq yoki pushti rangda bo'lib, juda shoxlab ketadi, guli mayda, oq yoki oqish-pushti rangda bo'ladi. Mevasi mayda, ko'saksimon, ichida bir necha donadan urug'i bor. Urug'idan hamda poya qismlaridan ko'payadi. Zarpechak eng zararli begona o'tlardan biri. U madaniy o'simliklar shirasini so'rib, qishloq xo'jaligiga katta zarar keltiradi. O'zbeksitonda zarpechakdan ko'proq kanop, beda va sabzavot-poliz ekinlari zararlanadi. Zarpechakning ba'zi turlari uzum va boshqa mevalarni ham zararlaydi. Uning boshqa turlari chorva mollari uchun zaharli. Ularning hammasi ham karantin o'simlik lisoblanadi va qayerda paydo bo'lsa, darhol yo'qotish choralari ko'riladi. Kurash choralari: ayrim o'simliklarda paydo bo'lgan zarpechakni u opishgan o'simlik bilan birga yo'lib, ekin maydonidan yo'qotiladi. Zarpechak yoppasiga paydo bo'lgan maydondagi o'simliklar tagidan o'rib linadi, ang'izpoya esa gerbitsidlar bilan dorilanadi. Respublikamiz sharoitida sabzavotlarda, mevali daraxtlarda uchraydigan zarpechak turlari quyidagilar: Dala zarpechagi sariq rangda bo'lib, yo'g'onlikda. Guli kalta bandli. Oq, yashil-oq rangda bo'lib, to'pgulda joylashadi. Urug'i tuproqda 3 yilgacha saqlanadi. Kartoshka, qand lavlagi, sabzi, tarvuz, beda, loviya, piyoz kabi o'simliklarda parazitlik qiladi (- rasm). 11-rasm. Dala zarpechagi Xmelsimon zarpechak (Cuscuta lupuliformis) poyasining yo'g'onligi gacha, ipsimon, qizg'ish rangda, gullari o'troq, binafsha rangda, to'pgul hosil qiladi va 130 dan ortiq turdagi o'simliklarni zararlaydi. Ayniqsa, maymunjon, qorag'at, sibir olchasi, olma, nok, nastarin o'simliklarigakuchli ta'sir ko'rsatadi. Limon zarpechagi (Cuscuta lehmannianajning poyasi ipsimon, yo'g'onligi gacha bo'lib, shoxlangan, qizg'ish rangda. Guli binafsha rang, o'troq, gulbandi gacha, shingil to'pgul hosil qiladi. Limon zarpechagi mevasi - rezavor, bir yillik o'simliklarda, begona o'tlarda keng tarqalgan. Zarpechakning zararini kamaytirish uchun ekinlar urug'ini uning urug'i-dan tozalash kerak. Ekinzorlardan, ariq bo'ylaridan, kanal yoqalaridan uning qoldiqlarini yo'qotish kerak. Zarazixa (Orobanche L.) - shumg'iya - shumg'iyadoshlar oilasiga mansub, yashil rangli bo'lmagan, bir yillik yoki ko'p yillik tekinxo'r o'simlik. Poyasi oddiy yoki yotib o'sadigan bo'lib, barglari yaxshi rivojlanmagan, boshlang'ich holida bo'ladi. Gullari yakka-yakka va yirik bo'ladi. Shumg'iya boshqa o'simliklarning ildiziga yopishib, ular shirasini so'rib o'sadi. ...

Joylangan
18 Sep 2023 | 08:40:13
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
640.78 KB
Ko'rishlar soni
233 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:13
Arxiv ichida: docx
Joylangan
18 Sep 2023 [ 08:40 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
640.78 KB
Ko'rishlar soni
233 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:13 ]
Arxiv ichida: docx