Haqiqiy don ekinlari

Haqiqiy don ekinlari

O'quvchilarga / Botanika
Haqiqiy don ekinlari - rasmi

Material tavsifi

Haqiqiy don ekinlari. Reja. 1. Kuzgi va bahorgi don ekinlari 2. Bug'doy. 3. Kuzgi va bahorgi bug'doyning xalq xo'jaligidagi ahamiyati, botanikva biologik xususiyatlari, ekish muddatlari usullari va me'yori. 4. Kuzgi javdarning xalq xo'jaligidagi ahamiyati, botanikva biologik xususiyatlari, ekish muddatlari usullari va me'yori. 5. Kuzgi arpaning xalq xo'jaligidagi ahamiyati, botanikva biologik xususiyatlari, ekish muddatlari usullari va me'yori. 6. Sulining xalq xo'jaligidagi ahamiyati, botanikva biologik xususiyatlari, ekish muddatlari usullari va me'yori. Don ekinlari 2 ta biologik guruhga: kuzgi va bahorgi don ekinlariga bo'linadi. Kuzgi don ekinlariga-kuzgi bug'doy, kuzgi javdar, tritikale va kuzgi arpa kiradi. Ular kuzda ekilib qishlagandan keyin yozda hosil beradi. Agar kuzgi ekinlar bahorda ekilsa, ular shoxlanadi, ammo boshoq bermaydi, ularning rivojlanish davrida past temperatura zarur, 30-60 kun orasida temperatura -0-30 C bo'lishi kerak (tuplanish fazasida 10-120 C). Bahorgi don ekinlari (bahorgi bug'doy, bahorgi javdar, bahorgi arpa, suli va tariqsimon ekinlar) erta bahorda ekiladi, hosili shu yili yozda yig'ib olinadi. Kuzgi va bahorgi shakllaridan tashqari yana oraliq shakllari ham mavjud. Ularga Kavkaz bug'doyi (dvuruchka) kiradi, bahorda ekilsa boshoq chiqarishga ulgurib, hosil yetiladi. Kuzda ekilganda qish qattiq bo'lmaganda qishlab ham hosil beradi. Kuzgi don ekinlarining hosildorligi bahorgi don ekinlariga qaraganda gektariga 0,8-1 t.ga yuqori bo'ladi. O'z muddatida ekilgan kuzgi don ekinlari ko'p miqdorda massa to'playdi, chunki ularning vegetatsiya davri 120-150 kun, bahorgi don ekinlariniki esa 90-100 kun davom etadi. O'zbekiston sharoitida ikki muddatda: kuzda va bahorda ekiladigan yarim kuzgi yoki duvarak navlar ham ekiladi. Kuzgi don ekinlari (kuzgi bug'doy, kuzgi arpa, kuzgi javdar) kuzda ekiladi va yanagi yilning yozida hosil yetiladi. Ishlab chiqarishda kuzgi don ekinlarini xo'jalik tomonidan afzallik tomonlari ham bor. Kuzgi don ekinlari va erta bahorgi yog'ingarchilik suvlaridan va tuproqning unumdorligidan to'la foydalanadi, shu sababli hosildorligi yuqori bo'ladi (10-15%). Kuzgi don ekinlarining hosili bahorgiga nisbatan oldin pishadi (7-15 kun) va hosil yig'ish ishlarini tashkil qilishda ancha qulaylik yaratadi. Kuzgi ekinlar yig'ib olingandan so'ng qo'shimcha ang'iz ekinlari o'sha maydonda yem-xashak uchun ekiladi. Kuzgi don ekinlari gektariga 60-70 s hosil beradi. Haqiqiy don ekinlarig uruhiga kiradigan g'alla ekinlari. Bular g'allasimonlar oilasiga kiruvchi tipik kuzgi va bahori donli ekinlar; bug'doy, arpa, javdar, sulidir. Farq qiladigan xususiyatlari: donida uzunasiga ketgan egatcha bo'ladi, bir nechta ildiz otib o'sadi; tupguli boshoq va ro'vak (sulida) bo'ladi; boshoqlarining pastki gullari yaxshi rivojlangan, yuqorigi gullari esa meva tugmaydigan yoki kichrayib ketgan bo'ladi; poyasi poxol bo'lib, odatda ichi kovakdir. Ular uzun kun o'simligi hisoblanadi. Issiqqa uncha ham talabchan emas, ammo tariqsimon g'alla ekinlariga qaraganda namni ko'proq talab qiladi. Bug'doy ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 25.04 KB
Ko'rishlar soni 137 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:13 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 25.04 KB
Ko'rishlar soni 137 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga