Xashoratlar anatomiyasi va biologiyasi. o'rmon zararkunandalariga qarshi kurash usullari va vositalari. RYeJA: Hashoratlarning anatomiyasi va fiziologiyasi. Hashoratlar tanasi kutikula bilan qoplangan. Kutikula uch qatlamdan iborat. Kutikulaning gipodermaga yopishgan pastki qavti egiluvchan va elastik tuzilgan. Ikkinchi qatlam tikka taxlangan tartibda urnashgan. Kutikulaning uchinchi qatlami juda yupqa pardadan iborat. Kutikula kavtlarining kalinligi har xil bo'ladi. Hashoratlarning muskul to'qimasi qisqarish xususiyatiga ega bo'lgan sklet va ichki muskullarga bo'linadi. Skelet muskullari 3 guruhga bo'linadi: bosh, ko'krak va qorin muskullari. Juda ko'p muskullar ko'krak bo'limida o'rnashgan bo'lib, ularga oyoqlar va qanotlar birikkan. Ovqat hazm qilish organlari. Hashoratlarning ovqat hazm qilish organlari og'iz qismidan boshlanib, qizil o'ngach, oshqozon, orqa chiqarish teshigi bilan tamomlanadi. Oshqozon organi oldingi, o'rta va orqa ichaklardan tashkil topgan. Oldingi va orqa ichak ichki tomonidan kutikula bilan qoplangan, o'rta ichakda esa bunday po'st yo'q. Shuning uchun qabul qilingan ovqat ichakning shu qismida suriladi. Nafas olish organi. Hashoratlarning nafas olish organi traxeyalar sistemasidan iborat. Traxeyalar ko'krak va qorincha segmentlarining ikki yonboshida juft bo'lib joylashgan, nafas olish teshiklari tashqi muhit bilan uzviy bog'liq. Nafas olish teshiklari bir juftdan un bir juftga qadar bo'lishi mumkin. Traxeyalarning boshlanish qismi yug'on poya shaklida bo'lib, shoxlangan sari ingichkalashib boradi va uchlari berk juda ko'p kanalchalar bilan tugaydi. Traxeyalarning ichki devorchasi kutikula bilan qoplangan bo'lib, uning biroz qalinroq qismi spiral formasida tuzilgan. Qon aylanish sistemasi. Hashoratlarning qon aylanish sistemasi ochiq qoni gavda bo'shlig'ini, organlar oralig'ini to'ldirib yuvib turadi. U naychaga o'xshash tuzilgan bo'lib, orqa uchi berk tomirdan iborat va tananing ikki yon tomonida joylashgan. Bu tomirning orqa bo'limi yurak oldingisi esa aorta deb ataladi. Aorta to'g'ri naychadan iborat bo'lib, oldingi qismi bevosita tana bo'shlig'iga ochiladi. Qon aylanish protsessi qo'yidagi tartibda amalga oshadi: qon teshikchalari orqali yurakka kirib, yurak kameralari muskullarining qisqarishi natijasida aortaga, undan esa tana bo'shliga xaydaladi. Qon oqimi ichki organlar va o'simtalarni yuvib, yurakka qarab siljiydi va uning ichiga kiradi. Qonning yurak bo'yicha harakatlanish kameralarining kengayishi va qisqarishi natijasida ro'y beradi. Hashoratlar qoni oqish, sarg'ish yoki yashil suyuqlik-gemolimfadan va rangsiz hujayralar - gemotsitlardan iborat. Oziq moddalar gemolimfadan utib butun tanaga tarqaydi. Nerv sistemasi. Nerv sistemasi hayvon organizmining hamma faoliyatini boshqaradi. U uch qismdan: markaziy, simpatik va periferik sistemalardan iborat. Hashoratlarning markaziy nerv sistemasi tananing qorin tomonida joylashgan, nerv zanjirchasi tipida tuzilgan va nerv tugunchalari hamda ulardan tomirlangan nervlardan iborat. Nerv tugunchalari uzunasiga va ko'ndalang bog'langan bo'lib ular nerv hujayralari to'plamidan tashkil topgan. Hashoratlarning hayot kechirishi. Hashoratlar yetuk davriga qadar bir necha marta o'zgarishga uchraydi. Hashoratlar to'liqsiz o'zgarish va ...

Joylangan
18 Sep 2023 | 08:40:13
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
17.6 KB
Ko'rishlar soni
176 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:13
Arxiv ichida: docx
Joylangan
18 Sep 2023 [ 08:40 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
17.6 KB
Ko'rishlar soni
176 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:13 ]
Arxiv ichida: docx