Hujayra - yadroning bo'linishi

Hujayra - yadroning bo'linishi

O'quvchilarga / Botanika
Hujayra - yadroning bo'linishi - rasmi

Material tavsifi

hujayra - yadroning bo'linishi Reja: Yadroning tuzilishi va vazifasi Yadro po'stining, genlarning tuzilishi hujayraning bo'linib ko'payishi Fotosintez va nafas olish jarayonlari 1. Yadro o'simlik va hayvon hujayrasi ning muhim qismi hisoblanib, u irsiy belgilarni saqlashda va hujayrada oqsil sintezini boshqarishda muhim rol o'ynaydi. hujayraning nafas olishi ham yadro nazoratida bo'ladi. hujayra bo'linishidan oldin yadro bo'linishi ro'y beradi. Shakillangan yadro faqat ko'k- yashil suv o'tlarida va bakteriyalarda bo'lmaydi. Yadro 1831 yili ingiliz olimi R. Braun tomonidan kashf etilgan. Yadroning shakli parenxima hujayralarida sharsimon va elipsimon, prozenxima hujayralarida esa urchuqsimon va linzasimon ko'rinishdadir. Yadroning kattaligi ko'pgina o'simlik turiga, hujayraning yoshiga, holat iga hamda to'qimaning turlariga bog'liq bo'ladi. hujayra yadrosiz yashay olmaydi. Yopiq urug'li o'simliklarni vegetativ hujayralarida yadroni kattaligi 5-20 mkm ni, mogor zamburug''ida 1-2 mkm ni, hara suvo'tlari rizoidlarida uzunligi 2750 mkm ni, eni 5-10 mkm ni tashkil etadi. Shilimshiqlarda katta 500-600 mk ga teng bo'ladi. Yadro va tsitoplazma kattaliklarining nisbatini o'rganish, muayyan xajmdagi yadro moddasiga muayyan xajmdagi tsitoplazma to'g'ri kelishi haqidagi qonuniyatni ochib berdi. Bu nisbatga yadro - plazma nisbati deyiladi. Yosh hujayralarda yadro nisbatan katta bo'lib, uning hujayraga nisbati 1: 4-1: 5 ni tashkil etsa, shakllangan keksa hujayralarda esa bu nisbat 1: 20-1: 200 ga tengdir. Yadro fizikaviy va ximiyaviy xususiyatiga ko'ra gidrofil kolloid tuzilishga ega bo'lib, tsitoplazmaga qaraganda quyuq va yopishqoq bo'ladi. Uning asosiy qismi proteidlar deb nomlanuvchi murakkab oqsillardan iborat. Asosiy oqsillar yadroda 22,6%, qolgan oqsillar 51, 3%, RNK - 12,1 va DNK 15 - 30% ni tashkil etadi. Shuningdek yadroda lipidlar, suv hamda Sa va Mg ionlari bo'ladi. Yadroda quyidagi qismlar: yadro po'sti, xromotin (xromosomalar); bitta, ikkita yoki bir necha yadrocha va nukleoplazma (yadro matrikasi) mavjuddir. 2. Yadro po'stining tuzilishi. Hozirgi vaqtda tirik hujayrada struktural tashkil topgan yadro qobig'i borligi aniqlangan va shu paytga qadar o'rganilgan yadrolarda bu qobiq ikkita elementar membranadan iborat ekanligi ko'rsatilgan. Membranalarning qalinligi 7 nm ga yaqindir. Bu membranalar bir- biridan perinuklear deb atalgan oraliq bo'shliq (uning kengligi 30- 100 nm) bilan ajralib turadi. Yadro qobig'i membranalarning oralig'idagi bo'shliq, enxilema deb nomlangan endoplazmatik to'r membranalari oralig'idagi bo'shliqni to'ldirgan, sivorotkasimon suyuqlik bilan to'lgan. Yadro qobig'ida diametri 30 - 100 nm kattalikdagi teshiklari bo'ladi. Poralar soni har xil bo'lib, yadro yuzasini 10- 50 % ni tashkil etadi. Yadro po'sti lipidlar va oqsillarni sintez qilishda ishtirok etadi. Yadrocha, yadroning eng katta solishtirma og'irligiga ega bo'lgan qismi hisoblanadi. Ularning soni bittadan 3 tagachan, suv o'tlarida 100 tagachan, ammo ko'p hollarda 1 ta bo'ldai. Yadrochalar oqsil va RNK ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 22.4 KB
Ko'rishlar soni 117 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:13 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 22.4 KB
Ko'rishlar soni 117 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga