Hujayra fiziologiyasi. O'simliklarda suv muvozanati, tuproqdan oziqlanish

Hujayra fiziologiyasi. O'simliklarda suv muvozanati, tuproqdan oziqlanish

O'quvchilarga / Botanika
Hujayra fiziologiyasi. O'simliklarda suv muvozanati, tuproqdan oziqlanish - rasmi

Material tavsifi

HUJAYRA FIZIOLOGIYASI.O'SIMLIKLARDA SUV MUVOZANATI,TUPROQDAN OZIQLANISH. Reja: 1.hujayra tuzilishi, undagi organoidlarining fiziologik va biokimyoviy jarayonlardagi ishtiroki. 2.Hujayradagi modda almashinuvi jarayonlari. 3. O'simliklardagi suv muvozanati va uning ahamiyati. 4.Suvning tuproqdan so'rilishi, o'simlikdagi harakati, sarflanishi va transpiratsiya, suv muvozanati va suv tanqisligi (defitsiti) tushunchalari. O'simliklarda mineral elementlarni o'zlashtirilishi. 5.Mineral oziq moddalar yetishmasligi va buning natijasida o'simliklarda kelib chiqadigan kasalliklar. 1.hujayra tuzilishi, undagi organoidlarining fiziologik va biokimyoviy jarayonlardagi ishtiroki. Butun o'simliklarning asosiy struktura birligini hujayralar tashkil etadi. Ularning tiriklik xususiyatlari shu hujayralarda belgilanadi. CHunki modda almashuvi deb ataluvchi assimilyatsiya va dissimilyatsiya jarayonlari, ularning birligi faqat hujayradagina sodir bo'ladi. Ana shu ikkala jarayonning birligi tiriklik deb ataluvchi materiyaning harakat formasini belgilaydi. Tabiatdagi organizmlar ikki gruppaga bo'linadi: 1-prokariotlar - hujayrasida shakllangan yadro bo'lmaydi, ularga bakteriya va ko'k-yashil suvo'tlari kiradi. 2- eukariotlar - hujayrasida albatta shakllangan yadro bo'ladi. Ularga o'simlik va hayvon organizmlari kiradi (1-jadval). Prokariot hujayrada shakllangan yadro bo'lmasligi bilan birga unda ribosomalar soni eukariot hujayradagiga nisbatan ming barobar ko'p bo'ladi. Bundan tashqari prokariot hujayrani eukariot hujayradan farqi, unda organoidlari bo'lmadi, ularning vazifalarini tsitoplazmatik membrana invaginatsiyalari bajaradi. Har bir o'simlik hujayralardan tuzilgan bo'lib, ularning tiriklik xususiyatlari shu hujayralarda belgilanadi. Modda almashinish jarayoni faqat hujayradagina sodir bo'ladi. Bu jarayonning birligi tiriklik materiyasining harakat formasini belgilaydi. O'simlik hujayralari ko'rinishi jihatidan 2 xil bo'lishi mumkin,parenximatik va prozenximatik. Parenximatik hujayralari - ularning eni bo'yiga teng bo'lib, ko'proq kvadratga o'xshash bo'ladi. Prozenximatik hujayralar - ularning bo'yi enidan bir necha barobar katta bo'ladi. O'simlik hujayralarning ko'rinishi va bajaradigan funksiyalari har xil bo'lsa ham, umumiy to'zilishga ega. 1-jadval Prokariot va eukariot hujayralar tuzilishi 2.Hujayradagi modda almashinuvi jarayonlari. O'simlik hujayralarida daslab hujayra qobig'ini va ichki tarkibiy qismini farqlash zarur. Hayotiy xossalar aynan hujayra ichki qismi bilan belgilanadi. Har bir voyaga yetgan hujayrada po'st, tsitoplazma, membrana, organoidlar kabi struktura elementlari bo'ladi. Hujayraning ichki qismi protoplast deyiladi va u tsitoplazma va unda joylashgan yirik organoidlardan iborat. Hujayra po'sti. U hujayraga mexanik mustahkamlikni beradi, protoplazmatik membranani gidrostatik bosimdan himoya qiladi. Yosh hujayralarda po'st o'sish qobiliyatiga ega moddalarni yutilishida ishtirok etadi. U protoplast kompanentlaridan hosil bo'ladi. Ona hujayra bo'linayotganida ikkita yosh hujayra oraligida parda to'siq paydo bo'ladi, u eski po'st bilan qo'shilib ketadi va hosil bo'lgan ikkita hujayra ham avalgi qattiqk po'stga o'raladi. Hujayra po'stining 100 mkm yuzasida 10-30ta plazmodesmalar uchraydi. Hujayra po'sti tarkibida tselyuloza, gemitselyuloza va pektin moddalari(30%, 40%, va 25% nisbatda) uchraydi. Hujayra po'sti uch qavatdan iborat. Asosan ichki qavat yo'g'onlashishi xususiyatiga ega. Ikkinchisi uch qatlamdan iborat. Hujayra po'stida invertaza, fosfotaza, askorbatoksidaza kabi fermentlar bo'lib, u ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 740.79 KB
Ko'rishlar soni 156 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:13 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 740.79 KB
Ko'rishlar soni 156 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga