Hujayra - rasmi

Material tavsifi

HUJAYRA HUJAYRA - HAYOTNING ASOSI. Tabiatdagi tirik mayjudotlarga xos eng muhim umumiy belgilardan biri ufarning hujayralardan tuzilganligidir. Hujayra tirik oiganizmning eng mayda tarMbiy qismi. U tiriklikka xos barcha xususiyatlarni o'zida mujassamlantirgan. Hujayra nafas oladi, oziqlanadi, ortiqcha narsalarni ajratib tashqariga chiqaradi, tashqi muhitning o'zgarishini sezadi, o'sadi, bo'linadi va yangi hujayra hosil qiladi. O'simliklaming hayoti bilan bog'liq ichki jarayonlarni aniq tasawur etish uchun ularning ichki tuzilishini bilish zarur. Ularning barcha organlari hujayralardan tashkil topgan. Ular shakl jihatidan farq qilsada, ichki tuzilishiga ko'ra bir-biriga juda o'xshash boiadi. Hujayralarda yuz beradigan hayotiy jarayonlar yagona qonunga muvofiq amalga oshadi. Hujayra haqidagi fanga sitologiya (yunon. kitos - hujayra + logos - ta'limot) deyiladi. Hujayralar o'simlikning qaysi organida joylashishiga qarab shakli, rangi, yirik-maydaligi, ichki tuzilishi va funksiyasiga ko'ra bir-biridan farq qiladi. o'simliklar bir yoki ko'p hujayrali bo'lishi mumkin. Bitta hujayra ba'zi bir tuban o'simliklarda, ko'p hujayralar esa yuksak o'simliklarda bo'ladi. Hujayra ingliz fizigi Robert Guk tomonidan 1665-yilda kashf etilgan. Hujayralarni oddiy ko'z bilan ko'rib bo'lmaydi. Shuning uchun ular kattalashtirib ko'rsatadigan asboblar yordamida o'rganiladi. KATTALASHTIRIB KO'RSATADIGAN ASBOBLAR LUPA. Hujayralarni va ularning ichki tuzilishini o'rganishda kattalashtirib ko'rsatadigan xilma-xil asboblardan foydalaniladi. Lupa turli hajmda kattalashtirib ko'rsatadigan ikki tomoni qabariq oynadan iborat. U buyumlarni uch, besh marta va undan ham katta qilib ko'rsatadi. Ular shtativli va dastaki (qo'1) lupalarga bo'linadi (15-rasm). 15-rasm. Lupalar: 1 - qo'1 lupasi; 2 - shtativli lupa. Shtativli lupa buyumni 10 - 25 marta kattalashtirib ko'rsa-tadi, chunki uning tagligida kattalashtiruvchi ikkita linza bo'ladi. Taglikka o'rnatilgan buyum stolchasiga ko'riladigan narsa (preparat) qo'yiladi va ko'zgu yordamida buyum stolchasi teshigiga yorug'lik yo'naltiriladi. Meva, sabzavotlar, poliz ekinlarining turli qismlaridan kesma tayyorlab, ular hujayralarining umumiy tuzilishini kuzatish mumkin. Hujayralarning ichki tuzilishi faqat mikroskop yordamida kuzatiladi. MIKROSKOP. Hujayralarning ichki tuzilishini va sitoplazmadagi harakatlarni kuzatishda lupaga nisbatan murakkabroq asbob - mikroskopdan foydalaniladi. Mikroskop buyumlarni ming marta va undan ham ko'p, zamonaviy elektron mikroskoplar esa yuz ming marta kattalashtirib ko'rsatadi. Mikroskop ixtiro qilingach, tirik mavjudotlar, shujumladan, o'simliklarning organlari hujayralardan tuzilganligini aniq va ravshan ko'rish mumkin bo'ldi. 16-rasm. Mikroskop: 1 - okulyar; 2 - obyektiv; 3 - buyum stolchasi (kursisi); 4 - ko'zgu; 5 - makrovint; 6 - shtativ; 7 - taglik. Mikroskopning tuzilishi 16-rasmda berilgan. Mikroskop necha marta kattalashtirib ko'rsatishini bilish uchun obyektiv bilan okulyardagi sonlar bir-biriga ko'paytiriladi. Masalan, okulyar 15x bo'lib, obyektiv x40 bo'lsa (15x40), buyum 600 marta kattalashtirilgan bo'ladi. 1. Tirik organizmlar qanday tuzilgan? 2. Hujayrada qanday hayotiy jarayonlar kuzatiladi. 3. Kattalashtirib ko'rsatadigan asboblarga nimalar kiradi? 4. Mikroskop qanday qismlardan tashkil topgan? 5. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 1.44 MB
Ko'rishlar soni 101 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:14 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 1.44 MB
Ko'rishlar soni 101 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga