Hujayraning tuzilishi, organoidlari va vazifasi

Hujayraning tuzilishi, organoidlari va vazifasi

O'quvchilarga / Botanika
Hujayraning tuzilishi, organoidlari va vazifasi - rasmi

Material tavsifi

hujayraning tuzilishi, organoidlari va ularning vazifasi Reja: hujayra haqida tushuncha. hujayraning tuzilishi. Protoplast tuzilishi. 1. hujayra haqida tushuncha. hujayra haqidagi ta'limotlar hujayraning kashf etilishi mikroskopning yaratilishi bilan bog'liqdir. Mikroskop so'zi grekchadan olingan bo'lib, mikro kichik, skopeo ko'raman degan manoni anglatadi. 1609 yili birinchi bo'lib mikroskopni Galiley yaratdi. Uning mikroskopi juda sodda tuzilgan linza va qo'rg'oshin turo'pkadan iborat edi. 1665 yili ingiliz olimi Robert Guk birinchi bo'lib mikroskopdan obyektlarni tekshirish maqsadida foydalandi. U mikroskop yordamida ukrop, buzina, kamish, pukak hamda boshqa o'simlik to'qimalarida juda mayda tutash bo'laklarni topdi va ularni kletkalar deb atadi. (Kletka grekcha Ketos) so'zidan olingan bo'lib, bo'shliq degan manoni anglatadi. hujayraning kattaligi mikron (mk) millimetrning mingdan bir bo'lagini tashkil etadigan kattalik bilan o'lchanadi. Zamonaviy linzalar bilan jihozlangan qudratli yorug'lik mikroskoplari buyumini 200 martagachan katta qilib ko'rsatib bera oladi (0.2 mk) Elektron mikroskop mikroobyektlarni 200 marta va undan ham ortiq kattalashtirib beradi. Unda maxsus o'lchov birligi angstrem (A) qo'llaniladi. 1 angstrem 0,001 mk ga teng. Ammo hozir biologik mikroobyektlarni o'lchashda ko'proq nonometr ishlatiladi. 1 nm mikropning mingdan bir qismidir (1 nm = 0,001 mk) hujayra o'simlikning eng mayda trik qismi bo'lib hisoblanadi. hujayra nafas oladi, oziqlanadi, o'sadi va bo'linib ko'payadi. O'simliklar hujayrasining shakli va o'lchami nihoyatda xilma-xildir. Bir hujayrali organizmlarning hujayrasi, asosan ovalsimon, shar yoki egik tayokcha shaklida bo'ladi. Ko'p hujayrali organizmlar hujayrasining shakli va o'lchami ularning holat i va bajaradigan funksiyasiga bog'liq. Shuning uchun ular ustinsimon, ko'p qirrali, yumalok, urchuksimon va cho'zik bo'lishi mumkin. Yuksak o'simliklar hujayralari ikki xil marfologik toifaga: parenximali va prozenximali hujayralarga farqlanadi. Parenxima-li hujayralar sharsimon, to'g'ri burchakli yoki ustinsimon, umuman bo'yi eniga tengroq bo'ladi. Prozenximali hujayralarni esa, bo'yi enidan bir necha marta ortiq bo'ladi. Masalan: kanop tolasi, paxta tolasi hujayrasi. Juda ko'p hujayralar oddiy ko'zga ko'rinmaydi. Faqat mikroskop orqali ko'rinadi. Ayrim gigant hujayralarni mikroskop-siz ko'rsa bo'ladi. Masalan: tarvuz, olma, pomidor mevalarining hujayralari, bazan bularning o'lchami 1 mmgachan etadi. Kanop, zig'irning prozenximali hujayralari 20- 40 mm gacha, paxta tolasining uzunligi 60 mm gachan etadi. O'simlik hujayrasi tuxtovsiz rivojlanadi. Shuning uchun yoshiga qarab shakli o'zgarishi mumkin. O'simliklar tanasidagi hujayralarning soni ham har xildir. Bir hujayrali organizmlar bakteriya, ayrim suv o'tlari va zamburug''-larda bitta, ko'p hujayrali organizmlarda bir necha millardgacha bo'ladi. 2. hujayraning tuzilishi. hujayrani oddiy yorug'lik mikros-kopida va elektron mikroskoplarida ko'rish mumkin. Oddiy yorug'lik mikroskopida hujayrani quyidagi qismlari ko'rinadi: 1) Tsitoplazma; 2) hujayra shirasi - vakuola; 3) po'sti; 4) yadrosi. Elektron mikroskopda esa hujayraning yorug'lik mikroskopida ko'rinmagan qismlari ham ko'rinadi: 1) membrana; 2) teshikcha; 3) yadro; ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 22.32 KB
Ko'rishlar soni 176 marta
Ko'chirishlar soni 15 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:14 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 22.32 KB
Ko'rishlar soni 176 marta
Ko'chirishlar soni 15 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga