Ildiz, nihol, ko'chat zararkunandalari va ularga qarshi kurash choralari

Ildiz, nihol, ko'chat zararkunandalari va ularga qarshi kurash choralari

O'quvchilarga / Botanika
Ildiz, nihol, ko'chat zararkunandalari va ularga qarshi kurash choralari - rasmi

Material tavsifi

Ildiz, nixol, kuchat zararkunandalari va ularga qarshi kurash choralari. Reja: I. Ildiz zarakunandalari umumiy biologiyasi. 1.1. Buzoqbosh qo'ng'izlar: (uch tishli, zararli va mart) 1.2. Quyruqli buzoqbosh qo'ng'iz. 1.3. Ko'k qurt tunlami. 1.4. Sim va soxta simqurtlari 1.5. Ildiz zararkunandalariga qarshi kurash choralari. II. Nixol va kuchatzor zarakunandalari biologiyasi: 2.1. Suruvchi zarakunandalar: 2.2. O'simlik bitlari. 2.3. Koktsidlar: Markazi Osiyo vergulsimon, koliforniya, terakli kovarik va komstok qurti II. Nixol va kuchatzor zararkunandalariga qarshi kurash choralari 3.1. Kemiruvchi zararkunandalar: 3.2 Marokash chigirtkalari, voha chigirtkasi va to'qay chigirtkasi 1. Buzoqbosh qo'ng'izlar - (Melolonthinae) Markaziy Osiyoda mevazor bog'larda buzoqbosh qo'ng'izlarning uch turi: buzoqbosh qo'ng'iz (Polyphylla adspersa Motsch.) uch tishli buzoqbosh qo'ng'iz (Polyphylla tridentata Reit) va mart buzoqbosh qo'ng'izi ((Melolontha aticta Ball.) zarar etkazadi. Buzoqbosh qo'ng'izlarning lichinkalari daraxtlarni ildizini kemirib, quvvatdan ketkazadi, bazan meva kuchatzorlaridagi yosh kuchatlarni kuritib ham qo'yadi. Buzoqbosh qo'ng'izlar meva daraxtlaridan tashqari tokka, dekorativ daraxt va butalarga zarar etkazadi, bazan buzilgan bog'larning o'rniga ekilgan ekinlarga ham zarar etkazadi. Markaziy Osiyoda zarali buzoqbosh qo'ng'iz (Polyphylla adspesa Motsch) ko'proq uchraydi. Quyruqli buzoqbosh qo'ng'iz - (Gryllotolpa unispina Sauss). Hayot kechirishi. Quyruqli buzoqbosh tuproqda 50- chuqurlikda so'nggi yoshdagi lichinka stadiyasida qishlaydi. Lichinkalarning rivojlanishi kulamda tugaydi, voyaga etgan quyruqli buzoqboshilar may oyida paydo bo'ladi. Quyruqli buzoqboshilar asosan nam tuproqda yashab, uzun, keng yo'llar ochadi va yo'l-yo'lakay uchragan ildizlarni kemirib boradi. Ular asosan o'simliklar bilan oziqlanadi, lekin bazida hashoratlarning lichinkalarini va tuproqda yashaydigan mayda jonivorlarni ham eydi. Urg'ochisi tuxumlarini ga etadigan chuqurlikdagi uyasining keng joyiga 200-500 tadan tup-tup qilib qo'yadi. Tuxumlaridan taxminan 1,5 xaftadan keyin lichinkalar chiqadi. Yosh lichinkalar uyada bir qancha vaqt urg'ochi hashorat himoyasida turadi, keyinchalik tarqalishib ketib, mustaqil yashay boshlaydi. Quyruqli buzoqbosh yiliga bir marta nasl beradi. Kuzgi tunlam - (Agrotis segetum). Asosiy zarari ekilgan urug'larni va yosh nixollarni ildizlarini zaralaydi. Uzoq shimoldan tashqari keng tarqalgan zarakunanda bo'lib, ular Yevropa, O'rta Osiyo, Zakavkaze, Afgoniston, Eronda uchraydi. Bu zarakunanda katta qurtli stadiyasi vaqtida tuproq ichida qishlaydi. Qurtlar martning ikkinchi yarmida, aprel boshlarida g'umbakka aylanadi. 2-3 xafta o'tgach bu g'umbaklardan voyaga etgan kapalaklar chiqadi, ozgina vaqt gul ntketari bilan ovqatlanadi va tuxum qo'yadi. Kapalaklar kechalari uchib kunduz vaqtida kesak va begona o'tlar orasida yashirinib yotadi. Tuxumlarini bitta-bittalab yoki tudalab barg yaprogining orqa tomoniga qo'yadi. Bitta urg'ochi kapalak o'rta hisobda 500-800 ta, eng ko'pi esa 1800 ta tuxum qo'yadi. Embrional davri 3-5 kun davom etadi. Tuxumdan chiqganlari ozgina shu joyda begona o'tlar bilan ovqatlanadi, 2-3 yoshdan boshlab tuproq ostiga tushadi va kechalari o'simlik ildizi bilan oziqlanadi. Qurtlar 30-40 kunda ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 19.21 KB
Ko'rishlar soni 204 marta
Ko'chirishlar soni 31 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:14 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 19.21 KB
Ko'rishlar soni 204 marta
Ko'chirishlar soni 31 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga