Ildizmevali ekinlar biologiyasi

Ildizmevali ekinlar biologiyasi

O'quvchilarga / Botanika
Ildizmevali ekinlar biologiyasi - rasmi

Material tavsifi

Ildizmevali ekinlar biologiyasi. Reja: 1. ildizmevalilar ahamiyati. 2. Qand lavlagi - ahamiyati, kelib chiqishi, tarqalishi. 3. Qand lavlagi biologiyasi va navlari. 4. Qand lavlagi yetishtirish texnologiyasi. Bu guruhga sersuv, shirali quruq moddasi kam bo'lgan ildizmevalilar kiradi.Bu guruhdagi o'simliklar har xil botanik oilani (sho'radoshlar,soyabonguldoshlar,karamdoshlar, murakkabguldoshlar) vakili bo'lib, ularning oilasida bir, ikki va ko'p yillik turlari uchraydi. O'zbekistonda aksariyat holda ikki yillik turlari (qand lavlagi,xashaki lavlagi,sholgam sabzilar) ekilmoqda. Ildizmevalilar har xil yo'nalishda qo'llaniladi.Qand lavlagi qand ishlab chiqarish uchun ekiladi. Qolgan ildizmevalilar oziq -ovqat sanoatida va chorvaga yem uchun foydalaniladi. Ildizmevalilarning tarkibida 10% dan 30% gacha quruq modda bo'ladi, ularning tarkibida ko'p miqtorda qand, kraxmal,tuzlar, vita'minlar (S,V,V2,R,K,E,N va boshqa), karotin mavjud.Tarkibida suv ko'p bo'lganligi tufayli saqlash qiyin. Ildizmevali o'simliklar texnik (qand lavlagi), ozuq-ovqatda (sabzi,lavlagi,sholg'om, turp), chorvachilikda (xashaki lavlagi,turneps), tabobatda (sachratqi) qo'llanadi. Qishda ko'kat bo'lmaganda ildizmevalilar eng asosiy shirali oziq bo'lib qoladi. yem-xashak sifatida barglar xam ishlatiladi. Bu guruhning asosiy ekiladigan vakillari: Qand lavlagi - Beta vulgaris L. v.saccharifera Xashaki lavlagi- Beta vulgaris L.v. crassa Xashaki sholgm - Vrassica L ssp rapifera M Xashaki sabzi - Daucus carota v. crassa L. Qand lavlagining xalq xo'jaligidagi ahamiyati. Qand lavlagi qand olish va mollarga ozuqa uchun yetishtiriladigan kerakli texnik ekindir. Ildizmevasida o'rtacha 17-20% qand moddasi bor. Ildizmevaning hosili 40-50 tga bo'lganda gektardan 7-8 tga qand to'plash mumkin, qand zavodlarida qand ishlab chiqarilgandan keyin shinni (patoka) va jom qoladi. SHinnining quruq moddasida 60% qand 15% azotsiz moddalar, 8-9% kul moddasi bo'ladi. SHinnidan spirt, sut va limon kislotasi ishlab chiqaradi. Jomning tarkibida 15% quruq modda, 10% azotsiz moddalar, 3% kletchatka, 0,7% kul, 0,1% moy va 1,2% oqsil bor. 100 kg quruq jomning to'yimliligi - 80 oziq birligiga teng. Lavlagining hosili 30 tga bo'lganda jomning chiqishi 24 t bo'ladi. Bargi umuman ildizmeva hosilining 30-35% ini tashkil etib, to'yimlilik xususiyati boshqa o'simliklar ko'katidan kam emas. Barg tarkibida 20% quruq modda bo'ladi, shu jumladan 2,5-3,5% oqsil, 0,8% moy 100 kg bargining to'yimliligi 18-20 oziq birligiga teng. Yig'ishtirilgan qand lavlagining 1 kg ildizmevasi tarkibida 0,25-0,26 oziq birligi, 9-12 hazmlanuvchi protein 0,29-0,54 g kaltsiy, 0,35-0,51 g fosfor va bargida - 0,11-0,13 oziq birligi 16-21 oqsil 1,08 g kaltsiy va 0,36 g fosfor mavjud. qand lavlagidan bo'shagan yerlarga ko'pincha dala va sabzavot ekinlari ekiladi. Ekinning tarixi. Hozirgi kunda ekiladigan lavlagi ikki yillik ekin. Ko'pchilik ilmiy kuzatishlarda ko'rsatilishicha, uning vatani O'rta yer dengizi hisoblanadi. Sug'oriladigan yerlarda eramizgacha 200-1500 yil oldin sabzavot o'simligi sifatida foydalanib kelingan. Ildizmevasidan Osiyning tog'li viloyatlarida, taxminan eramizdan 100 yil oldin foydalana ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 21.8 KB
Ko'rishlar soni 153 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:14 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 21.8 KB
Ko'rishlar soni 153 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga