Ildizmevali ekinlar Reja. 1. Ildizmevali ekinlar to'g'risida ma'lumot. 2. Qand lavlagining xalq xo'jaligidagi ahamiyati. 3. Qand lavlagining botanikva biologik xususiyatlari. 4. Qand lavlagining ekish muddatlari usullari va me'yori. Ildizmevalilar guruhi ildizida oziq moddalari to'planib boradigan o'simliklarni o'z ichiga oladi. Barcha ildiz mevalilar ikki yillik rivojlanish siklini boshidan kechiradi. Birinchi yili ularda ildiz bo'g'zida to'p barglar va zapas oziq moddalariga ega bo'lgan yo'g'on ildiz hosil bo'ladi. Ildiz mevaning kallagidagi to'pbarglar qo'ltig'idan kurtaklar chiqib, ular birinchi yili odatda o'smaydi. Ikkinchi yili esa odatda yozilib o'sa boshlaydi va barg, gul chiqaradigan hamda meva tugadigan poyalar hosil qiladi. Demak, ildizmevalar urug'dan ekilib, to hosilga kirguncha rivojlanish siklini odatda ikki yilda o'tadi. Ildiz mevali o'simliklar texnika (qand lavlagi), oziq-ovqatda (sabzi, sholg'om, turp, lavlagi), chorvachilikda (xashaki lavlagi, turneps), tabobatda (sachratqi) qo'llaniladi. Qishda ko'kat bo'lmaganida ildiz mevalilar asosiy shirali oziq bo'lib qoladi. Yem-xashak sifatida barglari ham ishlatiladi. Bu guruhga sersuv, shirali quruq moddasi kam bo'lgan ildiz mevalilar kiradi. Bu guruhlardagi o'simliklar turli botanik oila (sho'radoshlar, soyabonguldoshlar, karamdoshlar, murakkabguldoshlar) vakillari bo'lib, ularning oilasida bir, ikki va ko'p yillik turlari uchraydi. Respublikamizda ko'pincha ikki yillik turlari (qand lavlagi, xashaki sabzi, xashaki lavlagi, sholg'om) ekilmoqda. Bu o'simliklar tarkibida yengil hazm bo'ladigan oqsil va uglevodlar bor. Ildiz mevalilar har xil yo'nalishlarda qo'llaniladi. Qand lavlagi qand ishlab chiqarish sanoatida, boshqa ildiz mevalilar oziq-ovqat sanoatida ishlatiladi. Ildizmevalilarni ildizmevasi va barglari chorva mollari uchun muhim ahamiyatga ega, ularni barglari to'yimli bo'lib, bargida vita'minlar (vitamin A) ko'p bo'ladi. Ildizmevalilar ichida qand lavlagi sanoatda shakar olish maqsadida, xashaki lavlagi esa chorva mollari uchun ozuqa yetishtirish maqsadida ekiladi. Ildiz mevalilar tarkibida 10-30% gacha quruq modda bo'ladi, ko'p miqdorda qand, kraxmal, tuzlar, har xil vita'minlar (S, V1, V2, R, RR, K, YE va xokazo) va karotin bo'ladi. Qand lavlagi Xalq xo'jaligidagi ahamiyati. Qand lavlagi shakar olinadigan ekinlar ichida eng asosiy ekinlardan biri bo'lib, ildizmevasining tarkibida 18-20% qand moddasi ildiz meva tarkibida 15% quruq modda, shu jumladan 3% kletchatka, 0,7% kul va 0,1% moy va 1,2% oqsil bo'ladi. Qand ishlab chiqarishda qolgan chiqindi o'g'it sifatida ishlatiladi. Qand lavlagining bargi umumiy hosilni 35-45% ini tashkil qilib, to'yimlilik xususiyati boshqa o'simliklar ko'katidan kam emas. Bargi tarkibida 20% quruq modda to'planadi, shu jumladan, 2,5-3,5% oqsil, 0,8% moy bo'ladi. Gektariga 100-150 s ko'k ozuqa bargi (26-27 ts ga quruq modda) hosil qiladi. Qand lavlagini vatani Turkiya, Eron hisoblanadi. Uning yovvoyi shakllari hozirgi vaqtda ham O'rta Yer dengizi, Kaspiy va Qora dengiz qirg'oqlarida, Zakavkaziyada uchraydi. Qand lavlagi dunyodagi 42 ta mamlakatda ekiladi. Qand lavlagi ...

Joylangan
18 Sep 2023 | 08:40:13
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
24.17 KB
Ko'rishlar soni
125 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:14
Arxiv ichida: doc
Joylangan
18 Sep 2023 [ 08:40 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
24.17 KB
Ko'rishlar soni
125 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:14 ]
Arxiv ichida: doc