Ildizpoyali dorivor o'simliklarni ko'paytirish usullarini o'rganish. Amaliy mashg'ulotning asosiy maqsadi: Ildizpoyali dorivor o'simliklarni ko'paytirish usullarini o'rganish. Mashg'ulotning qisqacha mazmuni: SHirinmiya (Glycyrrhiza glabra-L.) SHirinmiya (Glycyrrhiza glabra-L.) SHirinmiya (Glycyrrhiza glabra-L.)- dukkakdoshlar (Fabaceae) oilasiga mansub ko'p yillik o't o'simlik. Feofrast o'z asarlarida bu o'simlikni solodkoviy koren, skifskaya trava, pontiyskaya trava nomi bilan atagan. Mazkur o'simlikni rus tilida -solodka golaya, o'zbek tilidas hirinmiya, chuchukmiya, qizilmiya, Qoraqalpog'iston avtonom respublikasida esa bo'yan deb atashadi. SHirinmiyaning tarqalish areali juda keng bo'lib, sibiq ittifoqning Evropa qismida, Qrim, Kavkaz, Sibir, Kichik Osiyo, Eron, Afg'oniston, SHimoliy Afrikada tarqalgan. Respublikamiz hududida shirinmiya tipik to'qay o'simligi hisoblanib, asosan Sirdaryo va Amudaryoning quyi qismlarida uchraydi. SHirinmiya polikarp o't o'simlik, poyalari yaxshi rivojlangan bo'lib, silindrsimon tuzilishga ega. Poya yog'ochlangan bo'lib balandligi 150-160sm, ba'zan uning balandligi to'qay sharoitlarda 200sm va undan ham ortadi. SHo'rlangan tuproq sharoitida bu ko'rsatkichlar 50-70sm atrofida qayd etiladi. Barglari murakkab tuzilishga ega. 4-8 juft bargchalarda iborat bo'lib, poyalarda ketma -ket joylashgan. Barg uzunligi 11-18 sm, bargchalari tuxumsimon, ellipssimon, atroflari butun, tuklangan, uzunligi-5sm, kengligi-2,5 sm ni tashkil etadi. Gullari oq binafsha rangli, changchilari yirik, og'ir. Kuchli nektar ajratuchi bo'lganligi sababli asalari va boshqa hashorotlarni o'ziga jalb qiladi. SHirinmiyaning er ustki qismi hayvonlar uchun to'yimli ozuqa sifatida foydalaniladi. Poya tarkibida 11-18% protein, 10-15% oqsillar, 3.3-9.1% yog' va boshqa foydali birikmalar mavjud. Er ostki qismi po'stlog'i jigar rangli ildiz va idliz poyalardan iborat bo'lib, uzu nligi 180-200sm atrofida qayd etiladi. Ildiz va ildizpoyalarida glitsirrizin kislotasining miqdori -3-24%, glyukoza-8%, saxaroza-11%, kraxmal-34%, kletchatka-24% ni tashkil qiladi. Suvda ekstraksiyaga uchraydigin moddalarning miqdori- 43% ga etadi. Respublikamizdan shirinmiya xom-ashyosi AQSH, Buyuk Britaniya, Germaniya, Уароniya, Koreya kabi rivojlangan mamlakatlarga eksport qilinadi. Ta'kidlash joizki, bu o'simlik tuproq sharoitiga talabchan emas. Er ostki suvlari yaqin, qayta sho'rlangan qishloq xo'jaligi aylanmasidan chiqib qolgan maydonlarda etishtirib yuqori iqtisodiy samaradorlikka erishish bilan bir qatorda erlarning meliorativ holatini yaxshilash xususiyati bilan shubhasiz, ahamiyatlidir. SHirinmiya o'simligi asosan uch xil usul bilan, urug'idan, ild izpoyalaridan va ko'chat etishtirish orqali ko'paytiriladi. Birinchi usul- urug' sepish bilan amalga oshiriladi. Buning uchun agrotexnikasi to'g'ri yo'lga qo'yilgan, kuzda yaxshilab shudgorlangan, begona o'tdan tozalangan, molalangan, chizellangan, tekislanga maydonlarni tanlanishi talab etiladi. Tayyorlangan maydonlarga oralig'i 70 sm qilinib egatlar olinadi va urug'lar 1-3sm chuqurlikda ekiladi. Urug' ekishni kuz va erta bahor oylarida mexanizatsiya yordamida amalga oshirish mumkin. Gektar hisobida 4-5kg urug' ekiladi. Urug' ekilgandan so'ng, maydon sug'oriladi va maysa hosil bo'lgunga qadar tuproq yuza qatlami nam holatda saqlanib turishi talab etiladi. Tuproq harorati 100S dan oshishi bilan maysalarning unib chiqishi kuzatiladi. Maysalar asosan ...

Joylangan
18 Sep 2023 | 08:40:13
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
19.4 KB
Ko'rishlar soni
140 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:14
Arxiv ichida: docx
Joylangan
18 Sep 2023 [ 08:40 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
19.4 KB
Ko'rishlar soni
140 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:14 ]
Arxiv ichida: docx