Kartoshka urug'chiligi, hosilni yig'ishtirish va saqlash

Kartoshka urug'chiligi, hosilni yig'ishtirish va saqlash

O'quvchilarga / Botanika
Kartoshka urug'chiligi, hosilni yig'ishtirish va saqlash - rasmi

Material tavsifi

Kartoshka urug'chiligi, hosilni yig'ishtirish va saqlash Reja 1Kartoshka urug'chiligi: urug'chilikni tashkil etish tizimi, elita va superelita urug'likni yetishtirishni xususiyatlari birinchi va ikkinchi reproduktsiya urug'liklarni yetishtirishning xususiyatlari 3navdorligiga ko'ra tanlash, navlarini yangilab turish. Hosil yig'ishtirish sharoiti va vazifalari. Hosil yig'ishtirish maqsadi, yetishtirilgan tugunaklarni nes-nobud qilmay, mexanik zarbalardan saqlab, hosil sifatini saqlagan holda yig'ishtirib olishdan iborat. Jahonning kartoshka yetishtiradigan yirik mamlakatlarida kartoshka hosili, ertagi oziqbop navlardan boshqa, tugunaklar po'sti dag'allashib yetilganida, aksariyat yog'ingarchilik bo'lmaydigan davrda yig'ishtiriladi. Kartoshka palagini tabiiy qurish davriga 30-40 kun qolganida hosil to'planishi jadal sur'atda borishi bilan birga tuganaklarda ko'p miqdorda kraxmal va quruq modda ko'p to'planadi. Palagini qurish davri oxirlarida hosil shakllanishi tugaydi. Bu davrda tugunaklar tarkibida yetarli miqdorda kraxmal va quruq moddasi bo'lgan yuqori hosil to'planadi. Yetilgan kartoshka mazali bo'lishi bilan birga, taomga ishlatilishida shunchalik ahamiyatli bo'ladi. Ammo, kartoshka to'liq yetilishi, uni o'suv davrini batafsil o'tishi uchun iliq kunlari uzoq davom etadigan rayonlarda kuzatiladi. Jahonning ayrim rayonlarida kartoshkani barcha navlari, boshqalarida esa faqat ertagi va o'rtagi yoki faqat tezpisharlari to'liq yetiladi. Kartoshka O'zbekistonda ikki muddatda yetishtiriladi, ertagi va ertagi o'rtagilari to'liq pishib yetilishi mumkin, ammo ular to'liq yetilgunicha yig'ishtirib olinadi. Kechki kartoshka hosilini yig'ishtirish muddati kuz faslining ob-havo sharoiti bilan bog'liq bo'lib, tugunaklarni biroz selgitib olish maqsadida u oftobli kunlarda kavlanadi. Yog'ingarchilik hosil yig'ishga xalaqit berishi bilan birga, tugunak sifatini pasaytirib, dimiqqanlari hamda chiriganlari miqdorini ko'paytirib yuboradi. Shuni aytish kerakki, tugunaklarni yiriklashtirish va ko'paytirishga layoqatli bo'lgan ko'k palakli kartoshka hosilini yig'ishtirish maqsadga nomuvofiqdir. Kartoshka tugunak hosil qilaboshlaganidan boshlab har kuni gektariga 1 tonna qo'shimcha hosil qo'shishi mumkin. Bunda iqlim-sharoit yaxshi va palagi me'yorida rivojlangan bo'lsa hosil to'plash jadalligi yuqori bo'ladi. Tugunaklarni haroratdan mexanik shikastlanish chegarasi 120S atrofida. Hosil 250S haroratli kunda yig'ishtirilsa, 50S haroratli kunga nisbatan tugunaklarni mexanik zararlanishi ikki baravarga kam bo'ladi. Hosil yig'ish davrida harorat 50S dan past bo'lsa, tugunaklarni tabiiy davolanish jarayoni amalga oshmaydi, natijada ular saqlanish davrida ko'p chiqindi beradi. Tuproq namligi yuqori bo'lsa ularni elanishini susaytirib hosil yig'adigan texnika ish sifati va unumdorligini pasaytiradi. Shuning uchun kuz faslida yog'ingarchilik boshlangunicha qisqa muddatda hosil yig'ishtirilishi kerak. Yog'ingarchilik kunlarida hosilni yig'ishtirish to'xtatilishi, transportdagi kartoshkalar usti plyonka bilan yopilishi kerak. Ho'llangan va loy yopishgan tugunaklar o'z sifatini tez yo'qotadi. U kasalliklar tarqalishini tezlashtiradi. Tungi sovuq kunlardan so'ng kartoshka hosilini yig'ishtirish tugunaklar yetarli darajada iliganidan so'ng boshlanishi va kechki ish vaqtini uzaytirilishi kerak. Ayozli kunlardan so'ng harorat 6-80S bo'lganida tugunaklarni yig'ishtirish maqsadga muvofiqdir. Kartoshka hosilini yig'ishtirish uchun: po'sti dag'allashgan tugunaklar miqdori 95% dan ko'p, egat ustini ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 12.88 KB
Ko'rishlar soni 123 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:15 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 12.88 KB
Ko'rishlar soni 123 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga