Kаsаllik qo'zg'аtuvchiarning turlari, o'simlikkа kirib kеlishi, tarqalishi, zarari va ularga qarshi kurash. Reja. 1. Kаsаllik qo'zg'аtuvchiarning turlari,o'simlikkа kirib kеlishi, tarqalishi, zarari va ularga qarshi kurash. 2. O'simliklarga zarar keltiruvchi zamburug'larning tuzilishi, turlari. 3. O'simliklarga zarar keltiruvchi organizmlardan gulli osimliklarning turi, tuzilishi va ularga qarshi kurash usullari. 4. O'simliklarga zarar keltiruvchi hayvonlar tuzilishi turlari, ular keltirib chiqaradigan kasalliklar va ularga qarshi kurash yo'llari. O'simliklarga zarar keltiruvchi zamburug'larning tuzilishi, turlari. Zamburug'lar - geterotrof oziqlanuvchilar orasida eng keng tarqalgan eukariot organizmlar bo'lib, turlari soni 100 mingdan ortiq. Evolutsion rivojlanish jarayonida zamburug'laming yangi turlari hosil bo'lishi davom etmoqda. Zamburug'larning xlorofili bo'lmaganligidan ular tayyor organik moddalar hisobiga oziqlanadi. Zamburug'larning o'lchami bir mkm.dan bir necha santimetrgacha bo'ladi. Ular suvda, havoda, tuproqda hayot kechiradi. Ular ham o'simliklar bilan hayvonlarga o'xshash xususiyatga ega bo'lib, azot va uglevodlar almashinuvini amalga oshiradi, mitseliysining tarkibini xitin moddasi tashkil qiladi. O'simliklarga o'xshashligi ularning shimib oziqlanishi va cheksiz o'sishidir. Zamburug'laming ferment hosil qilish xossasi yaxshi rivojlangan bo'lib, shu tufayli ular turli sharoitda organik moddalami parchalay olganligidan tez o'sadi, ko'pgina fiziologik faol moddalar ishlab chiqaradi. Jumladan, aminokislotalar, oqsillar, vita-minlar, fermentlar zamburug'lar faol sintez qiladigan moddalar qatoriga kiradi. Bu moddalardan biotexnologiya jarayonlarida, oziq-ovqat mah-sulotlarini qayta ishlashda, meditsinada va qishloq xo'jaligida keng foydalaniladi. Zambumg'laming salbiy zarari qishloq xo'jaligi o'simliklarida kasallik keltirib chiqarishida, oziq-ovqat mahsulotlarining buzilishida, inson va hayvonlar salomatligining yomonlashishida namoyon bo'ladi. Zambumg'lar evolutsiyasi tabiatda yangi mikrosenozlar hosil bo'lishi va ulaming yangi parazitlik xossalari namoyon bo'lishida amalga oshmoqda. Zamburug'larni o'rganadigan fan mikologiya deb nomlanadi (mykos -zamburug', logos - fan, ta'limot degan ma'noni bildiradi) va botanikaning bir bo'limi hisoblanadi. U zamburug'lar morfologiyasi, biologiyasi, anatomiyasi, fiziologiyasi, biokimyosini, ekologiyasi, geografiyasini va ularning tabiatdagi rolini o'rganadi. Keyingi yillarda meditsina mikologiyasi va veterinariya mikologiyasi ham rivojlana boshladi. Achitqi zamburug'laridan non yopishda, oqsilga boy bo'lgan shampinonlar va veshenkalardan tanqis taomlar tayyorlashda foydalaniladi. Zamburug'larning tuzilishi. Zamburug'lar xlorofilsiz mikro-organizmlardir. Vegetativ tanasi tuban zamburug'larda bir hujayralilari tallom (Thallophuta), ko'p hujayralilari gifa Mucata)dan tuzilgan bo'ladi. Hozirgi zamon tasavvuri bo'yicha, zamburug'lar o'simliklarga o'xshab cheksiz o'sish, hujayrasida qutbiylik bo'lishi, hayvonlarga o'xshab geterotrof oziqlanish, glikogen hosil qilish xossasiga ega va hujayra po'sti xitin moddasidan tashkil topgan. Zamburug'lar hujayrasi po'st, sitoplazma, endoplazmatik to'r, mitoxondriy, ribosoma, vakuola va yadrodan tashkil topgan (-rasm). Yadrosining tuzilishiga ko'ra, zamburug'lar eukariot organizmlarga kiradi. Hujayra po'sti tashqi va ichki qavatdan tashkil topgan bo'lib, qalinligi 0,2 mkm ni tashkil qiladi. Tashqi qavati hujayrani himoya qiladi. Hujayra tarkibining 80-90% ni polisaxaridlar, oqsillar, polifosfatlar tashkil qiladi. Asosi xitin va sellulozadan iborat bo'ladi. Shuningdek, uning tarkibida 20% gacha glukuron kislota, ...

Joylangan
18 Sep 2023 | 08:40:13
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
489.59 KB
Ko'rishlar soni
93 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:15
Arxiv ichida: docx
Joylangan
18 Sep 2023 [ 08:40 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
489.59 KB
Ko'rishlar soni
93 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:15 ]
Arxiv ichida: docx