Kо'knoridoshlar oilasi va Ra'nokabilar sinfchasi

Kо'knoridoshlar oilasi va Ra'nokabilar sinfchasi

O'quvchilarga / Botanika
Kо'knoridoshlar oilasi va Ra'nokabilar sinfchasi - rasmi

Material tavsifi

Kо'knoridoshlar oilasi va Ra'nokabilar sinfchasi. Reja: 1.Ko'knоridоshlar qabilasiga umumiy tavsif. 2. Ko'knordoshlar oilasining хaraktеrli хususiyatlari muhim vakillari va ahamiyati? 3. Ra'nokabilar sinfchasiga umumiy ta'rif, ularning sistematik belgilari, muhim oilalari turkum va turlari. 4. Tobulg'idoshchalar va Ra'nodoshchalar oilachalarining muhim turkum, turlari ularning ahamiyati. 5.Olmadoshchalar va Olxo'ridoshchalar oilachasining muhim turkum va turlari ularning ahamiyati. Tayanch so'zlar: Ko'knori, alkaloid, qizg'aldoq, lolaqizg'aldoq, na'matak, tobulg'i, olxo'ri,maymunjon, irg'ay, kamxastak. Ko'knornamolar qabilasi - Papaverales; Bu qabilaning vakillari asosan bir yillik va ko'p yillik o'tlar, ba'zan buta, yarim hula yokipast bo'yli daraxtlardan tashkil topgan. Barglari yonbargsiz, novdada aksariyat navbatlashib, ba'zi hollardagina qarama-qarshi yoki halqa hosil qilib o'rnashgan. Yog'ochli naylari oddiy perforatsiyali. Gullari bittadan yoki bir nechtadan to'pgullarda o'rnashgan, ikki jinsli, aktinomorf yoki zigomorf, gulqo'rg'oni murakkab, qismlari 2-4 tadan. Gultojbarglari 6 (8 - 12) ta, changchilari ko'p. Ginetseyi parakarp, 2(3 - 20) mevabargdan tashkil topgan, tugunchasi ustki. Mevasi - ko'sak, ko'proq qo'zoqsimon ko'sak. Belgilar majmualariga ko'ra ko'knornamolar, ayiqtovonnamolarga va o'rmonqoranamolarga ancha yaqin turadi. Qabila hozirgi sistemalarga ko'ra uchta: Ko'knordoshlar (Papaveraceae), Hipekoumdoshlar (Hypecoaccae), Shotaradoshlar (Fumariaceae) oilalariga bo' linadi. Ko'knordoshlar oilasi - Papaveraceae; Oilaning 24 turkumga mansub, 250 dan ziyodroq turlari bor. Shulardan O'zbekistonda 9 turkumga oid 32 turi tarqalgan. Ko'knordoshlarning aksariyati Shimoliy yarimsharning o'rta mintaqa va subtropik iqlimli hududlarida, ayniqsa O'rtayer dengizi bo'yi mamlakatlarida keng tarqalgan. Barcha turlari oddly, navbatlashib joylashgan patsimon kesilgan bargli, ko'p yillik o't o'simliklardir. Gullari bittadan yoki bir nechtadan to'pgulda o'rnashgan. Kosachabarglari 2 ta, gultojibarglari 4 ta, changchilari ko'p, ginetseyi bitta, mevabarglari ko'p. Gul formulasi: Ca2 Co4 A~ G(2). Mevasi ko'sak yoki yong'oqcha. Ko'knordoshlar oilasi gul tuzilishi, mevasining xillari va sutsimon suyuqiigining bor-yo'qligiga asoslanib 4 Ia kichik oilaga bo'lib o'rganiladi. Oilachalar orasida monotip pteridofillumdoshchalar (Pteridophylloideae) alohida o'rinda turadi. Uning barglari paporotniklarnikiga o'xshash patsimon bo'lakli, sutsimon suyuqligi yo'q va shu belgilariga ko'ra ko'knornarnolar qabilasining oilalari o'rtasida oraliq o'rinni cgallaydi. rasm: Ko'knori o'simligining umumiy ko'rinishi; Ko'knordoshlarning markaziy oilachasi ko'knordoshchalardir. Uning 8 ta turkumi mavjud, shundan O'zbekistonda 2 ta yovvoyi va bitta madaniy turkumi tarqalgan. Qizg'aldoq (Roemeria) turkumiga bir yillik, sariq sutsimon shirali efemer o'tlar kiradi. Barglari bandli, oddiy, 2-3 karra patsirnon qirqilgan, tukli. Gullari qizil, pushli, asosi dog'li; kosachabarglari 2 ta, tez tushib ketadi. Gultojibarglari 4 ta, changchilari ko'p, ipchalari qora. Mevasi 2-4 tabaqali qo'zoqsimon ko'sak. Turkumning ancha keng tarqalgan luri qizg'aldoq (R. refracta) bo'lib, u cho'1, adir va tog'larning pastki qismlarida o'sadigan bir yillik, tanasi tik siyrak tukli efemer o'simlik. Poyasi asosidan shoxlangan yoki shoxlanmagan, balandligi 5-50 Sm, poyadagi barglari bandsiz, uch bo'lakii, yopirma va poyaning pastki ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 3.95 MB
Ko'rishlar soni 185 marta
Ko'chirishlar soni 18 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:15 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 3.95 MB
Ko'rishlar soni 185 marta
Ko'chirishlar soni 18 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga