ldizning tashqi va ichki tuzilishi, ildizning o'sishi, zonalari, shimishi, ildizning nafas olishi Kirish: 1. Ildizning tashqi va ichki tuzilishi. 2. Iidiz zonalari 3. ildizning o'sishi, zonalari, shimishi, ildizning nafas olishi yer yuuzining ummumiy maydonining (510 ming km2) bo'lagini quruqlik, qolgan qismi (361 mln.km2) ni esa dunyo okeani tashkil etadi. Quruqlik va suv muhitini o'simliklar olamining nihoyatda rang-barang bir-biriga shakl va tuzilishi jihatidan o'xshash bo'lmagan turlari egallagan. Ma'lum bo'lishicha kurrasida 500 00 o'simlik va 100 00dan ortiq hayvonlar turi hayot kechiradi. Shunday ekan, yer kurrasida tarqalgan jamiiki tirik mavjudotlarning yarmi o'simliklardan iborat. Ammo yer kurrasi tirik qismi umumiy massasining 97% i o'simliklar olamiga taalluqli bo'lib, uning faqat 0,03% ini hayvonot olami tashkil etadi. Muhimi shundaki, o'simliklar olami har yili 172 mlrd. tonna murakkab organik modda sintez qiladi. Birgina shu raqamning o'zi o'simliklar, jamiiki, hayvonot olami insoniyat uchun naqadar muhim ahamiyatga ega ekanligidan dalolat beradi. O'simliklar rangi, tuzilish, hayot tarzi jihatidan bir-biridan farq qiladi. O'simliklarning suv o'tlari, zamburug'lar, shilimshiqlar, sporali va uro'g'li (ochiq va yopiq uro'g'li) guruhlari quruqlik va suv muhitida keng tarqalgan. Ularning ko'pchilik avtorof o'simliklar bo'lib, organik moddalarni mustaqil ravishda sintez qiladi. Ammo bakteriyalar, zamburug'lar va shilimshiq singarilar organik moddalar sintez qilish qobiliyatiga ega emas. Tayyor moddalar bilan oziqlanuvchi va o'z tanasini boshqa tirik organizm hisobiga shakllantiruvchi organizmlar geterotrof organizmlar deb yuritiladi va ma'lum o'xshash xusussiyatlariga ko'ra, o'simliklar olami qatoriga kiritiladi. O'simliklar olamining barchasi uchun xarakterli va umumiy bo'lgan xossa hamda xusussiyatlar bular hujayra devorining qattiq modda zarrachalarini o'tkazilmasligi (yutmasligi yoki o'zlashtirmasligi)dadir. Hujayra devorning bu xususiyati bakteriyalar, zamburug'lar suv o'tlari va yuksak o'simliklarning barchasi uchun xos bo'lib, tirik tabiyatdagi hayvonot olamining birortasida ham takrorlanmaydi. Hujayra po'sti o'simliklar olamining tarixiy taraqiyoti davomida ularning dasturiga shu qadar chuqur kirib kelgan va mustahkam o'rnashib olganki, uni ma'lum ferment ta'sirida ajratib olinganda ham u ma'lum vaqt o'tishi bilan, yangitdan shakillanishi muqarrar. Hujayra devori (po'sti)ning bu xususiyati, ma'lum sabablarga ko'ra erib, hujayraning faqat tirik qismi, yalangoch protoplast holida qolganda ham yangitdanpo'st bilan qoplanadi (masalan,yashil suv o'tlari-vosheriyada). Tarixiy taraqqiyotining ilk davrida o'simliklar olamining shakllangan hujayra po'sti himoya vazifasini o'taydigan organ sifatida hosil bo'lishi bilan bir qatorda o'simlikning oziqlanishida ham muhim rol o'ynagan. Qattiq po'sti bilan o'rab olgan hujayralar, tashqi muhitdan hayot uchun zarur bo'lgan oziq moddalarni faqat suvda erigan holda qabul qiladi. Evolyutsiya jarayonida hujayra devorining bu tariqa shakillanishi, keyingi taraqiyotiga ham ta'sir qilgan. Mustaqil ravishda oziqlanish, ularning tana yuzasining kattaligiga bog'liq. O'simlikning tashqi muhiti bilan aloqodor bo'lgan tana yuzasi qancha katta bo'lsa, oziq moddalar shuncha ...

Joylangan
18 Sep 2023 | 08:40:13
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
57.28 KB
Ko'rishlar soni
165 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:15
Arxiv ichida: docx
Joylangan
18 Sep 2023 [ 08:40 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
57.28 KB
Ko'rishlar soni
165 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:15 ]
Arxiv ichida: docx