MADANIY O'SIMLIKLAR Biz iste'mol qiladigan noz-ne'matlarning deyarli barchasi ekib о stiriladigan о'simliklardan olinadi. Hovliga qarasangiz, oddiy kashnich-rayhondan boshlab uzum-olma, nok-shaftoli deysizmi, dalalardagi g'allalar, polizlardagi tarvuz-qovunlar, о'tloqdagi bedazorlargacha hammasini ota-onalarimiz ekib ko'kаrtirаdilаr. Albatta, tabiatning о'zida ham inson ishtirokisiz, о'z-o'zidan ko'payib, iste'molga yaraydigan mevalar, sabzavotlar, rezavorlar, gullar ham ko'р о'sadi. Har yili bahorda tog'larda ravochlar, dalalarda lolalar, chuchmomalar о'sadi. Kuzga borib do'lanalar sarg'ayadi, na'matak, zirk, zira, turli dorivor о'simliklar pishib yetiladi. Odamlar ularni yig'ib-terib oladilar va о'z ehtiyojlariga ishlatadilar. Lekin odamlarning tirikligini - bizni oziq-ovqat bilan, sanoatni xom ashyo (tola, bo'yoq, lok va boshqalar) bilan ta'minlashda millionlab gektar maydonlarda ekib о'stiriladigan о'simliklar asosiy о'rinda turadi va ular madaniy о'simliklar deb ataladi. Tabiatning о'zida, уа'ni inson ishtirokisiz о'sadigan о'simliklar yovvoyi о'simliklarga kiradi. Dunyoda qancha madaniy о'simliklar bor? Agar ularning eng ko'р iste'mol qilinadigan, masalan, bug'doy, arpa, piyoz, g'о'za kabi eng muhim turkumlanni sanaydigan bo'lsak, yuzdan ortadi (Yer sharida urug'li yovvoyi о'simliklarning 300 mingga yaqin turi о'sadi). Lekin ularning navlarini hisoblaydigan bo'lsak, hisobdan adashib ketishi- bug'doy, arpa, javdar, suli, makkajo'xori, sholi, tariq, jo'xori, grechixa; dukkakli don о'simliklaridan no'xat, mosh, loviya; mevali о'simliklardan tok, olma, о'rik, nok, shaftoli, behi, olcha, olxo'ri; subtropik о'simliklardan anor, anjir, limon, apelsin, xurmo, feyxoa; rezavor mevalardan qulupnay, malina, smorodina, krijovnik va boshqalar, gullardan atirgul, chinnigul, lola, nilufar, binafsha, gultojixo'roz va boshqalar keng tarqalgan. Odamlar foydali о'simliklarni ekib о'stirishni tosh asrida, bundan 10 - 12 ming yil avval о'rganganlar. Unga qadar yovvoyi о'simliklarni, iste'molga yaroqli boshog' mevasi, bargi, tuganagi va boshqa organlarini yig'ib, o'z tirikchiligiga ishlatishgan. Bu davr tarixda terimchilik davri deb ataladi. Kerakli o'simliklarni ekib o'stirishni o'rganib olgan qadimgi dehqonlar boshoqlari bo'liqroq, mevalari shirinroq, hosili ko'p va boshqa foydali xo'jalik xususiyatlari bilan ajralib turadigan yowoyi o'simlik nusxalarini tanlab ekishga kirishganlar, tuproqni yumshatib, sug'orib parvarish qilishgan. Bunday ishlar asta-sekin doimiy davom ettirilgan. Asrlar davomida Yovvoyi o'simliklarning xo'jalik belgilariga ko'ra eng yaxshi nusxalarini ajratib, tanlab olish yo'li bilan madaniy o'simliklarning juda ko'p turlarini yaratdilar. Keyinchalik odamlar sun'iy duragaylash, changlash, o'simliklarni boshqa joylarga tarqatishga, yangi sharoitlarda o'sishga moslashtirishni o'rgandi. Har bir o'simlikni madaniylashtirish jarayoni juda uzoq davom etishi mumkin. Shu jarayonda bu o'simlik barqaror yetishtiriladigan ekinga aylanadi va kishilar hamda jamiyat hayotida muhim hayotjy ahamiyat kasb etadi. Ko'pchilik o'simliklar juda qadim tarixga ega, ayrimlari esa yaqinda madaniylashtirilgan. Bug'doy miloddan avvalgi yetti minginchi yildan, qand lavlagi esa 19-asr bashlaridan ekila bashlangan. Yovvoyi ajdadlari daraxtsiman yaki buta shaklida bo'lgan ko'p yillik yavvayi g'o'za hozir Braziliya, Peru, Sudan, Meksika kabi tropik va subtropik mamlakatlardagina saqlanib qolgan. ...

Joylangan
18 Sep 2023 | 08:40:13
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
11.85 KB
Ko'rishlar soni
183 marta
Ko'chirishlar soni
16 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:15
Arxiv ichida: doc
Joylangan
18 Sep 2023 [ 08:40 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
11.85 KB
Ko'rishlar soni
183 marta
Ko'chirishlar soni
16 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:15 ]
Arxiv ichida: doc