Makkajo'xori va sholi kasalliklari hamda ularga qarshi kurash

Makkajo'xori va sholi kasalliklari hamda ularga qarshi kurash

O'quvchilarga / Botanika
Makkajo'xori va sholi kasalliklari hamda ularga qarshi kurash - rasmi

Material tavsifi

Makkajo'xori va sholi kasalliklari hamda ularga qarshi kurash choralari Makkajo'xorining ildiz chirish, chang qora kuya, pufaksimon qora kuya, fuzarioz, dog'lanish, nigrosporioz, so'talarning mog'orlanish, bakterioz va virus qo'zgatadigan kasalliklari. Sholining pirikulyarioz, fuzarioz, alternarioz, gelmintosporioz, nigrosporioz, septorioz, askoxitoz, bakteriyali kuyish va virus kasalliklari. Kasalliklarni asosiy belgilari. Infeksiya manbalari. Kasallik qo'zgatuvchilarning biologik xususiyatlari. Kasalliklarga qarshi kurash choralari. Makkajo'xorini pufak qorakuya kasalligi (Ustilago zeae (Besk) Under). Kasallik qo'zg'atuvchisi Uredinales- tartibi, bazidiomisetlar sinfiga kiradi. Bu kasallik bilan makkajo'xorining hamma yer ustki qismi, ya'ni bargi, poyasi, doni yoki so'taning bir qismi, sultoni va tayanch ildizi kasallanadi. Kasallanish o'simlikning hamma o'sish davrida, asosan yosh o'suvchi organlarida doimiy ravishda boradi. Kasallangan qismlarida shu kasallikka xos har xil shakldagi va kattalikdagi oqish kul rang, kumush rang shishlar (bo'rtmalar) hosil bo'ladi, keyinchalik shishlarning rangi qoramtir bo'ladi, chunki shishlar ichidagi xlamidospora massasining rangi qoramtir - yashil rangga kiradi, shish po'sti pishib yetilguncha yorilmaydi. Bo'rtmalar barglarda - asosiy tomirlar bo'ylab poyalarda, ko'proq bo'g'imlarda ro'vak hamda so'talarda - gul va don o'rnida hosil bo'ladi. Yetilgan bo'rtmalarning po'sti yirtiladi va ichidagi xlamidosporalar to'qilib shamol bilan tarqaladi. Kasallikni qo'zg'atuvchi zamburug'' xlamidospora stadiyasida ko'pincha tuproq betida qishlab chiqadi. Xlamidosporalar o'sib, bazidiosporalar beradi. Keyinchalik bazidiosporalar ko'rtaqlanuvchi sporidiylar hosil qiladi, ular havo orqali tarqalib, makkajo'xorining har xil organlariga tushadi. Qulay sharoitda sporidiylar o'sadi va o'simtasi makkajo'xorining yosh nozik to'qimasiga kiradi. Makkajo'xori butun o'sish davrida, ya'ni yosh to'qimalar bor vaqtlarda yangidan zararlanishi mumkin. Kasallikni qo'zg'atuvchi zamburug''ning xlamidosporalari tuproqda makkajo'xorining qoldiqlarida, so'talarida, donida qishlaydi. Agar kasallik urug' orqali yuqsa, o'simlik umuman zararlanmaydi, bunda tuproqdagi urug' nishlari kasallanadi. zamburug'' tanasi g'allagullilarning boshqa xil qorakuyalari singari, butun o'simlik bo'ylab tarqalib makkajo'xorini esa faqat so'ta va ro'vaklarida ko'rinadi. So'ta va ro'vaklari batamom zararlanadi. O'simlikni zararlashdan boshlab kasallik alomatlari paydo bo'lguncha 7-12 kun o'tadi. Qorakuya pufaklari 7-15 kun davomida rivojlanadi, inkubasion davrining o'tish vaqti bu zararlangan o'simlik organiga, naviga, ob-havo sharoitiga bog'liq. Makkajo'xorining pufakchasimon qorakuyasi juda zararli kasallikdir. Bunda makkajo'xorining ko'k poyasi 25-50 % va so'talarining hosili 50-100 % kamayadi. Rivojlanishning erta stadiyasida zararlangan o'simliklar butunlay nobud bo'ladi, yosh o'simliklar nobud bo'ladi, so'tada don paydo bo'lmaydi. Sporalar tuproq harorati 8-10 °S daraja bo'lganda o'sa boshlaydi, bunda 98-100 % nisbiy namlik kerak. Bir tomchi namlikda teliosporalari bir necha soat davomida o'sadi. Optimal harorat 23-25 °S daraja bo'lib hisoblanadi. 12 °S darajadan past haroratda sporalar o'smaydi. O'sayotgan teliosporalar 15-20 soatdan keyin tez o'suvchi o'simta - bazidiya va bir hujayrali rangsiz, cho'zinchoq bazidiospora hosil qiladi. zamburug'' fakat vegetativ organlarni zararlaydi. Teliospora (quruklari) to'rt oygacha hayotchanligini yo'qotmaydi. Pufak ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 13.51 KB
Ko'rishlar soni 114 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:16 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 13.51 KB
Ko'rishlar soni 114 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga