Meva va urug' zarakunandalari va ularga qarshi kurash choralari Reja: OLMA QURTI (Carpocapsa pomonella L.). Olma qurti pilla urab g'umbakka aylanishga tayyorlangan qurtlik davrida qishlaydi. Qishlashi tuproqda, daraxt yoriqlarida bo'ladi. Erta ko'klamda qurtlar g'umbakka aylanadi va olma gullagan vaqtda kapalaklar chika boshlaydi, asosan kechasi uchadi. Urg'ochisi havo 16S dan kam bo'lmagan vaqtda olma, bexi va nok shoxi, yuqori qismi barglar va tugunchalarga tuxum qo'yadi. Toshkent viloyatida kuzatish shuni ko'rsatganki daraxtlar zararlanishi yuqori qismida 48%ga, o'rta qismida 32%ga pastki qismida 20% ga to'g'ri keladi. Urg'ochisi 50 tadan -120 tagacha tuxum qo'yadi. U 60-80% mevaga zarar etkazadi. Bir qurt 2-3 dona mevaga zarar etkazadi. Kech qolgan 70% qurtlar 1 mevani zararlaydi va 3 marta nasl beradi. Tuxumini rivojlanishi temperaturaga qarab 5-15 kungacha. Mevadagi qurtlar 18-40 kun (o'rtacha 24) yashaydi. Shu davrda qurt 5 yoshni o'taydi. g'umbaklik stadiyasi 10 kun. OLXO'RI QURTI (Lospeyresia funebrana Tr.). Zarari. Olxo'ri qurti bazan olxo'ri hosilini 10% va undan ham ko'proq zaralaydi. Tarqalishi. Bu qurt markaziy Osiyo, Kavkaz, kichik Osiyo, Qrim Yevropava Uzoq Sharqda meva daraxtlariga zarar etkazadi. Olxo'ri va olma qurtlarining hayot kechirishi ko'p jihatdan bir-biriga o'xshaydi, ammo olxo'ri qurti daraxt mevalarini zararlaydi. Olxo'ri qurti pilla uragan holda ham qishlaydi. Olxo'ri qurti 2 marotaba avlod beradi va qisman bir bo'g'imining pilla uragan qurtlaridan bir qismi diapauzaga kirishi munosabati bilan 1 yilda bir avlod beradi. Janubiy Tojikistonda esa 3 avlod beradi. Birinchi bo'g'inni kapalagi aprel-may oylarida mevalarga tuxum qo'yadi. 4-5 kundan keyin chiqadigan lichinkalar meva ichiga kiradi. Zaralangan joydan elim chiqib turadi. Ko'pincha bunday meva irib tuqiladi. Birinchi nasl qurtning rivojlanishi 1- 1.5 oy davom etadi. 2 nasl qurtlaridagi meva tuqilib ketadi. YoNg'OQ QURTI (Sarrothipus musculana Ersch). Yong'oq qurti Markazi Osiyoda bir yilda bir marta avlod berib, qurtlik holatida g'umbak ichida qishlaydi, po'stloq ostida va boshqa joylarda. Aprel oyida g'umbakka aylanib, kapalak uchib chiqadi, tog'li joylarda may oyida. Urg'ochisi tuxumini bittalab qo'yadi, tuxum qo'yishni may oyining 2-3 un kunligida boshlaydi. Issiq vaqtida tuxumdan 10-12 kun ichida chiqadi. Bitta qurt bir nechta mevani zararlaydi. Zarari 40-50% ayrim joylarda 80% hosildorlik yo'qoladi. OLChA FILChASI (Rhynchites auratus Scop). Olcha filchasi tuproqda 4- chuqurlikda imago stadiyasida qishlaydi. Mart oxirida qo'rtaklar burtgan vaqtida qo'ng'iz yerdan daraxtlarga urmalab chiqib qo'rtaklar va gullar bilan, so'ngra esa barglar va mevalar bilan oziqlanadi. Qo'ng'iz qanotlaridan deyarli foydalanmaydi va daraxtlarning shoxlaridan urmalab shoxlariga o'tadi. Qo'ng'iz gul kosachasini ularning yonidan kemirib, kichkina yumaloq, ko'pincha noto'g'ri shakldagi chuqurchalar ochadi. Mevaga etkazgan shikasti odatda yamalib ketadi va uning o'rni dog' ...

Joylangan
18 Sep 2023 | 08:40:13
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
16.15 KB
Ko'rishlar soni
131 marta
Ko'chirishlar soni
17 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:16
Arxiv ichida: docx
Joylangan
18 Sep 2023 [ 08:40 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
16.15 KB
Ko'rishlar soni
131 marta
Ko'chirishlar soni
17 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:16 ]
Arxiv ichida: docx