Mexanik, o'tkazuvchi, ajratuvchi va asosiy to'qimalar. Ildiz morfologiyasi

Mexanik, o'tkazuvchi, ajratuvchi va asosiy to'qimalar. Ildiz morfologiyasi

O'quvchilarga / Botanika
Mexanik, o'tkazuvchi, ajratuvchi va asosiy to'qimalar. Ildiz morfologiyasi - rasmi

Material tavsifi

Mexanik, o'tkazuvchi, ajratuvchi va asosiy to'qimalar. Ildiz morfologiyasi. Ildizni fizologik va anatomik tuzilishi. Reja: 1. Mexanik to'qima, ularning vazifasi 2. O'tkazuvchi to'qima, ularning vazifasi 3. Asosiy to'qima, ularning vazifasi 4. Ajratuvchi to'qima, ularning vazifasi 5. Hazm bezlari va osmaforlar 6. O'simlik organlari (Organografiya) 7. Ildiz morfologiyasi 8. Ildizning anatomiyasi 9. Birlamchi ildizning anatomiyasi 10. Ikkilamchi ildizning anatomiyasi 11. Shakli o'zgargan (metamorfoz) ildizlar. 12. Ildizdagi tugunak bakteriyalar va mikoriza MEXANIK TO'QIMA Mexanik to'qima o'simlik organlariga kattalik berib turadi. O'simliklarning tik o'sishiga imkoniyat tug'diradi. Mexanik to'qima o'simlik organlariga qattiqlik berib turishdan tashqari elastiklik ya'ni egiluvchanlik, bukuluvchanlik berib turadi. O'simlik organlarida mexanik to'qima bo'lmaganda edi o'zining tanasini tutib tura olmagan bo'lar edi. Shamol ta'sirida sinib ketgan bo'lar edi. Mexanik to'qima kelib chiqishi jihatidan 2 ga bo'linadi. 1. Parenxim hujayradan kelib chiqqan mexanik to'qima. Shakli parenxim hujayraga o'xshash. 2. Prozenxim hujayradan kelib chiqqan mexanik to'qima. Shakli prozenxim hujayraga o'xshash. Parenxim hujayradan kelib chiqqan mexanik to'qima 2 xil bo'ladi: 1.Kollenxima. 2.Sklereid. Prozenxim hujayradan kelib chiqqan mexanik to'qimaga sklerenxima kiradi. Biz bular to'g'risida alohida to'xtalib o'tamiz. Kollenxima. Kollenxima hujayra po'stining notekis qalinlashganligi bilan xarakterlanadi. hujayralarning po'stlari juda erta, hujayralar endigina bo'yi va eniga o'sa boshlayotgan paytda qalinlasha boshlaydi. Kollenximaning hujayra po'sti sellyulozadan tashkil topgan. Shuning uchun ham kollenxima hujayrasi tirik bo'ladi. Kollenximaning asosan 2 xili ko'proq uchraydi. 1. Burchaksimon kollenxima. 2. Plastinkasimon kollenxima. Burchaksimon kollenxima hujayraning burchaklari juda qalinlashgan bo'ladi. Plastinkasimon kollenximada xujay-raning tangental devorlari boshdan oyoq juda qalinlashgan bo'lib, radial devorlari yupqaligicha qoladi, ya'ni tashqi va ichki tomoni qalin yon tomonlari esa yupqaligicha qoladi. Ba'zan kollenxima hujayralarida xlorofil donachalari bor. Bunday hujayralarda fotosintez protsessi bo'lib turadi. Kollenximaning o'sish poyasida, barg bandida, yo'g'on tomir o'tgan qismida uchratish mumkin. Oshqovoq poyasida burchakli kollenxima uchraydi. Kollenxima 2 pallali o'simliklar orasida keng tarqalgan.Bir pallali o'simliklarda uchragan taqdirda ham faqat poya bo'g'imlari atrofida bo'ladi. Sklereidlar. (toshsimon to'qima). Sklereidlarning xu-jayra po'sti juda qalinlashgan. Shuning uchun ham sklereid hujayrasi o'lik bo'ladi. Ba'zi sklereidlar hujayra po'stida lignindan tashqari qum-tuproq hamda ohak bo'ladi. Sklereidlarni yog'och tipdagi yong'oq, o'rmon yong'og'i va dublarda, meva po'chog'ida,o'rik, shaftoli, olcha, olxo'ri va boshqalarning meva danaklarida, nok, behi mevalarida uchraydi. Sklerenxima. O'simlik dunyosida juda ko'p tarqalgan, o'simlik uchun juda katta ahamiyatga ega bo'lgan to'qimadir. Sklerenxima prozenxima shaklidagi qalin devorli,uchlari urchuqqa o'xshab o'tkirlangan hujayradan iborat. Sklerenxima hujayra po'sti lignin bilan sug'orilib yog'ochlangan. Shuning uchun ham sklerenxima o'lik bo'ladi. Sklerenxima o'simliklarning po'stloq qismida joylashgan bo'lsa, stereid (floema tolasi), yog'ochlik qismida joylashgan bo'lsa libriform(ksilema tolasi)deb yuritiladi. Stereidlar. Stereidlarning hujayra po'sti libriformga nisbatan yupqaroq ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 28.42 KB
Ko'rishlar soni 108 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:16 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 28.42 KB
Ko'rishlar soni 108 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga