Moddalar shimishi, Ildizning nafas olishi. O'g'itlar

Moddalar shimishi, Ildizning nafas olishi. O'g'itlar

O'quvchilarga / Botanika
Moddalar shimishi, Ildizning nafas olishi. O'g'itlar - rasmi

Material tavsifi

Moddalar shimishi, Ildizning nafas olishi, O'g'itlar 1.Moddalar shimishi 2. Ildizning nafas olishi 3. O'g'itlar MODDALAR SHIMISHI O'simliklar ildizining muhim vazifasi yerdan suv va unda erigan oziq moddalarni shimib olib, yer usti qismiga uza-tishdan iborat. Endi suv va unda erigan oziq moddalarni ildizdan barg-gacha ko'tarilishi bilan tanishamiz. Tuproqdagi suv va unda erigan oziq moddalar dastlab ildiz tukchalariga, so'ngra ular bilan yonma-yon joylashgan po'stloq hujayralariga o'tadi. Hujayradan-hujayraga so'rilgan suv va unda erigan oziq moddalar ildizning o'tkazuvchi zonasiga yetib boradi va u yerdan o'simlikning yer usti qismigako'tariladi. Boshqa tirik organizmlar kabi, O'simliklar ham suv bi¬lan tirik. Ularda boradigan ko'pgina biologik jarayonlar suv tufayli amalga oshadi. Eng muhimi suvda O'simliklar uchun zarur bo'lgan oziq moddalar eriydi. Suv orqali ular hu-jayra, to'qimalarga va boshqa organlarga o'tadi. Suv yetarli bo'lganda O'simliklar hujayrasi tarang holatda bo'ladi. Aks holda, O'simliklar so'lib qoladi. So'ligan o'simliklarga suv quyilganda, ular qanday qilib tiklanishi sizga ma'lum. Tuproqdagi suv ildiz tukchalariga, ulardan es po'stloq hujayralariga qanday o'tadi? Bu savolga juda ko'p misollar bilan javob berish mumkin. Kuzatgan bo'lsangiz, ayniqsa bahorda o'simliklarning poyasi yoki shoxi kesilsa, ulardan suv tomchilari sizib chiqadi. Siz buni shira harakati boshlan-gan vaqtda kesilgan tok, terak, tol novdalarida ko'p ko'r-gansiz. Yoki yantoq ildiz bo'gzidan kesib tashlansa, undan suv tomchilari yumalab tushishining guvohi bo'lasiz. Bu suyuqlik o'z-o'zidan chiqmay, balki ildiz bosimi kuchi ta'sirida harakatga keladi. Ildiz bosimining kuchi dastlab tup-roq bilan tukchalar orasida hosil bo'ladi. Bu kuch suvni va unda erigan oziq moddalarni bir hujayradan ikkinchisiga o'tishda pastdan yuqoriga ko'tarilishga majbur etadi. Ildiz bosimining kuchi ob-havoga va haroratga ham bog'liq bo'ladi. Tuproqda va havoda issiqlik yetarli bo'lsa, u holda ildiz tuk-chalari tuproqdagi suvni yaxshi shimadi va bosim kuchi ostida hujayralarga yetkazib beradi. Sovuq vaqtda ildiz tukchalari suvni yaxshi shimmaydi. Qish kirishi bilan ko'p yillik o'sim¬liklarning ildiz tukchalari o'z faoliyatini to'xtatadi. Bahor kelib, kunlar isishi bilan ildiz tukchalari yana faollashadi. Yoz oylarida O'zbekiston sharoitida yogingarchilik deyar-li bo'lmay, harorat ko'tarilib, o'simliklarning suvga ehtiyoji ortadi. Shuning uchun deyarli hamma madaniy o'simliklar sugorib o'stiriladi. Shunday qilib, o'simliklar ildizining bosim kuchi ta'sirida ildiz tukchalari orqali yerdan suv va unda erigan moddalar¬ni o'ziga shimib oladi. ILDIZNING NAFAS OLISHI O'simliklarning boshqa organlari singari, ildizi harn nafas oladi. Tuproqdagi havo ildizning yupqa po'stlogi orqali Lining ichkarisidagi barcha tirik hujayralarga kirib boradi. Har qaysi tirik hujayra atrofidagi havodan kislorodni olib, o'zidan karbonat angidrid ajratib turadi. Yosh ildiz hujayralari havo¬dan kislorod oladi. O'simlildar ildizi yetarli darajada havo olishi uchun urug yumshoq yerga ekiladi. Hosil yetilguncha yer bir necha marta yumshatiladi. Go'zani, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 14.75 KB
Ko'rishlar soni 101 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:16 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 14.75 KB
Ko'rishlar soni 101 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga