Mavzu: Monoduragay chatishtirish Mendel o'z tajribalarini irsiy jihatdan toza, ko'zga yaqqol tashlanadigan belgilari bilan o'zaro keskin farq qiluvchi no'xot o'simligining turli navlari ustida olib bordi. Monoduragay chatishtirish yo'li bilan irsiyat qonunlarini o'rganish sohasidagi uning ishlarining mohiyatini quyidagi misolda namoyish qilish mumkin. Mendelning birinchi qonuni. Mendel no'xotning guli qizil va oq navlarini chatishtirib birinchi avlod (F ) duragay o'simliklarini oldi. Ularning hammasida gulning 1 qizil rang belgisi ustunlik qildi. Bunday belgi dominanat belgi deb ataladi. Gulning oq rang belgisi esa butunlay rivojlanmadi. Uni ressesiv belgi deyiladi. Bayon etilgan irsiy jarayon Mendelning birinchi qonunining mazmunini tashkil etadi. Bu qonunni birinchi avlod duragay organizmlarining bir hilligi yoki dominantlki qonuni deb ataladi. Mendelning ikkinchi qonuni. F o'simliklari o'z-o'zidan chatishtirilib olingan 1 ikkinchi avlod (F ) duragay o'simliklarini tahlil qilish natijasida, ularda gul rangi 2 bo'yicha xilma-xillik hodisasi borligi aniqlandi. Ularning orasida qizil gulli o'simliklardan tashqari oq gulli o'simliklar ham paydo bo'ldi. Ularning miqdoriy nisbati 3:1 holatda bo'ladi. Bu irsiy jarayon Mendelning ikkinchi qonuni yoki belgilarning F ajralish qonuni deb ataladi. 2 Ikkinchi avlod duragay o'simliklaridan namoyon bo'lgan belgilarning kelgusi avlodlarda irsiylanishini aniqlash uchun Mendel F dagi har qaysi qizil va oq gulli 2 o'simliklarni o'z-o'ziga chatishtirib, ularning F dagi avlodini alohida tekshirdi. Buning 3 natijasida F dagi oq gulli o'simliklar F da o'zgarmay saqlanib qolganligi aniqlandi. 2 3 Demak, F dagi oq gulli o'simliklar ushbu ressesiv belgi bo'yicha irsiy jihatdan tozaligi 2 bilindi. F dagi qizil gulli o'simliklarning uchdan bir qismi F da ham faqat qizil rangli 2 3 gulga ega bo'lgan o'simliklar berdi. Boshqacha qilib aytganda, bu guruhdagi F ning 2 qizil gulli o'simliklari ushbu belgi bo'yicha irsiy tozaligi ma'lum bo'ldi. F ning qizil gulli o'simliklarining uchdan ikki qismida kelgusi avlodda (xuddi F 2 2 dagiga o'xshash) xilma-xillik, yani ajralish kuzatilib, 3 qism qizil gulli va 1 qism oq gulli o'simliklar paydo bo'ldi. Xo'sh F dagi dominant belgiga ega bo'lgan o'simlik 1 nima sababdan F da xilma-xillik beradi? Bu muammoni yechish uchun Mendel 2 gametalar sofligi gipotezasini ilgari surdi. Bu gipotezaga binoan har qanday organizmda belgi va xususiyatlarni avloddan-avlodga tashib yuruvchi irsiyatning moddiy asosi bor. Mendel uni irsiyatning omillari (faktorlari) deb nomladi va ularni lotin alifbosining ayrim hariflari bilan ifodalashni taklif etdi. Dominant belgilarning omillarini bosh harif bilan ifodalashni taklif etdi. Dominant belgilarning omillarini bosh harf bilan, ressesiv belgilarning omillarini esa kichik harf bilan izohlash zarurligini takidladi. Mendel kashif etgan irsiyat omillari keyinchalik gen deb atala boshlandi. Ona o'simligi: qizil gulli no'xot genotipi ...

Joylangan
18 Sep 2023 | 08:40:13
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → pdf
Fayl hajmi
91.74 KB
Ko'rishlar soni
254 marta
Ko'chirishlar soni
48 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:16
Arxiv ichida: pdf
Joylangan
18 Sep 2023 [ 08:40 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → pdf
Fayl hajmi
91.74 KB
Ko'rishlar soni
254 marta
Ko'chirishlar soni
48 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:16 ]
Arxiv ichida: pdf