Mo'ylabdorlar, terak oynachisi, daraxt tansining sassik egalovchisi biologiyasi va ularga qarshi kurash choralari. RYeJA: MUYLABDORLAR OILASI (Serambycidae) oilasi. Dunyoda 20 mingdan ortiq mo'ylabdorlar xili malum, undan ko'pi o'rmon va bog'larga, qishloq xo'jalik ekinlariga zarar etkazadi. O'zbekistonda 50 dan orik mo'ylabdorlar xili malum, shulardan 22 xili dendrofil bo'lib, manzarali va mevali daraxtlar tanasini, shoxlari va ildizlarini zararlaydi. Bu oilalarga mansublarning mo'ylablari juda yaxshi rivojlangan bo'lib, tanasidan uzun bazi xillarda tanasidan bir necha barobar uzun bo'lib, elkasining orqasiga tashlangan. Panjalari 4 bo'g'inli, ko'pchiligining tepa jagi juda yaxshi rivojlangan. Lichinkasi ok, muskulli oldingi ko'kragi va qorin qismi tuklar bilan qoplangan, tanasi mazolsimon bo'g'imlardan iborat, shuning uchun daraxt tanasida oziqlanadigan vaqtida harakatlanishga moslashgan. Lichinkasi ovqatlanish davrida o'z yo'lini oldiniga po'stloq ostiga keyinchalik esa daraxt tanasiga kirib boradi, shuning uchun ham daraxt kuriydi va sanoatda ishlatishga yaroqsiz bo'lib qoladi (Sh.Esonboev, 1994). ShAHAR mo'ylabDORI (Alolesthes sarta Sole). shahar mo'ylabdori O'zbekistondan tashqari Markaziy Osiyoda va Hindiston, Pokiston, Eron va Afg'onistonda juda keng tarqalgan. Polifag bo'lib, tol, terak, qayrag'och, chinor, grek yong'og'i hamda mevali daraxtlarni hammasiga zarar etkazadi. Bu zararkunanda aholi yashaydigan joydagi daraxtlarning ashaddiy zararkunandasi hisoblanadi. Lichinkasi ovqatlanish davrida daraxt tanasida keng yo'l hosil qiladi, bu yo'l daraxt tanasini ichkari qismiga kirib boradi, shuning uchun ham daraxtni ko'rishiga olib keladi va xalq xo'jaligida kurulishga ishlatishga yaroqsiz bo'lib, kuchsiz shamolda ham sinib ketadi. TURAN mo'ylabDORI (Turanium pilosum Relt.). Tarqalishi: Turan mo'ylabdori O'zbekiston, Tojikistonva janubiy Qozog'istonda keng tarqalgan. Bu zarakunanda faqat vodiy emas balki, dengiz satxidan balandlikda ham uchraydi. Turan mo'ylabdori hammaxo'r bo'lib, jumladan: tol, terak, qayrag'och, olcha, olma, do'lana, grek yong'og'i, tut, shaftoli, o'rik va boshqa mevali hamda manzarali daraxtlarga zarar etkazadi. Zarakunanda daraxt tanasi va yo'g'on bo'lgan shoxlarigacha zararlaydi. Kunduzi ham qo'shimcha ovqatlanish paytida daraxtlarga ziyon etkazadi, u yosh novdalar po'stlog'i, bargi, boshqa mevali daraxtlarni po'stlog'ini eb zarar etkazadi. Lichinkasi ovqatlanish vaqtida daraxt po'stlog'i orasida ko'ndalangiga yo'l hosil qiladi, ko'pincha esa doirasimon aylana yo'l qilib oziqlanadi, natijada daraxtni qurib qolishiga olib keladi. NAMANGAN mo'ylabDORI (Xylotrechus namanganensus Heyd.). Namangan mo'ylabdori O'zbekistonda keng tarqalgan bo'lib, asosan manzarali va mevali daraxtlarning zararkunandasi hisoblanadi. Bu zarakunanda faqatgina kasal yoki fiziologik o'sishdan to'xtagan daraxtlar bilan emas, balkim sog'lom daraxtlarga ham zarar etkazadi va ularni qurib qolishiga sabab bo'ladi. Zararkunanda bir qancha daraxtlarni zararlaydi: olma, bodom, grek yong'og'i, do'lana, terak, tol, qayrag'och, tugancha, tut, qog'oz daraxti va boshqa bir qanchalarini. Bu zararkunanda hammaxo'r hisoblanadi. Bizning Respublikaimzdan tashqari Tojikiston, Qirg'iziston, Turkmaniston va Qozog'istonning Orol dengizidan to Xitoy chegarasining janubiy-sharqigacha va Afg'onistonning janubiy chegaralarida ham ...

Joylangan
18 Sep 2023 | 08:40:13
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
20.62 KB
Ko'rishlar soni
146 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:16
Arxiv ichida: docx
Joylangan
18 Sep 2023 [ 08:40 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
20.62 KB
Ko'rishlar soni
146 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:16 ]
Arxiv ichida: docx